3-mavzu. Tеxnosfеra xavfidan himoya vositalari, usullari va himoya tеxnikasi. Insonning tеxnosfеra tizimi bilan muloqot xavfsizligi


Shamollatish, havoni mo''tadillash va isitish tizimlarining yong'inga


Download 34.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi34.59 Kb.
#1568784
1   2   3   4
Bog'liq
3-m Texnosfera xavfidan x v

Shamollatish, havoni mo''tadillash va isitish tizimlarining yong'inga 
qarshi himoyalanish vositalari. Shamollatish qurilmasini qurish va undan 
foydalanish qoidalari buzilganda undan portlash va yong'in chiqishi hamda shunday 
qurilmalarning umumiy tarmog'i vazifasida birlashgan boshqa xonalarga alanga 
tarqalishi manbaiga aylanishi mumkin. Toza havo kiritadigan shamollatish 
qurilmalari yong'in jihatdan xavfsizroqdir, chunki ularda havo almashinganda 
yong'in va portlash jihatidan xavfli aralashmalar o'z-o'zidan chiqib ketadi. 
Shamollatish qurilmalari va havoni mo''tadillash sistemalarining yong'in hamda 
portlash jihatidan xavfsiz ishlashini ta'minlash uchun «Yong'inga qarshi talablar», 
«Loyihalashning asosiy qoidalari» va «Loyihalash me'yorlari»ga muvofiq 
yong'inning oldini olishga doir ko'rsatmalarga qat'iy amal qilish zarur. 
Uyali tеlеfon va kompyutеrdan foydalanishning zararli tomonlari. Uyali 
telefonlarni ko'krak cho'ntaklarida olib yurish yoki tanamizning ma'lum bir qismiga 
uzoq vaqt davomida tegib turishi har xil funktsional o'zgarishlarga olib keladi. Uyali 
telefonga quloqchin (naushnik) ulab, quloqda olib yurish eshitish qobiliyatini 
pasayishiga, idrokning buzilishiga, parishonxotirlikka, bosh og'rishiga va diqqatning 
izdan chiqishiga olib keladi. Uyali telefonlarning uzoq vaqt davomida tanamizning 
ma'lum bir qismiga tegib turishi organizmda surunkali nurlanish kasalligini keltirib 
chiqarishi mumkin. 
Kompyuterdan foydalanishda ham bir qancha talablar qo'yiladi: 
bir soatdan ortiq ekran yonida turmaslik
maxsus ko'zoynaklar yordamida ishlash; 
ekran sirti tekis va silliq bo'lishi kerak; 


ekran sirtida himoya qobig'i bo'lishi shart; 
kompyuter yonida kaktus guli bo'lishi kerak. 
Yuqoridagi talablardan kelib chiqib organizm uchun zararli tomonlarini 
quyidagicha keltirishimiz mumkin: 
1.Uzoq vaqt davomida kompyuter ekrani yonida o'tirish asab tizimini izdan 
chiqishiga. Bosh og'rig'i, quloq og'rig'i, eshitish qobiliyatining pasayishiga olib 
keladi; 
2.Maxsus ko'zoynaksiz ishlash esa ko'rish qobiliyatining pasayishiga, ko'zdan 
yosh oqishiga, qizarishiga sabab bo'ladi; 
3.Ekran sirtida himoya qobig'i bo'lmasligi organizmda nurlanish kasalligini 
paydo bo'lishiga olib keladi
4.Kaktus guli ma'lum darajada himoya vazifasini bajarishi mumkinligi aytib 
o'tilgan. 
Nazorat savollari. 
1.Texnosfera xavfi to'g'risida tushuncha bering. 
2.Shovqin va titrashga qarshi kurash va himoya vositalari haqida tushuncha bering. 
3.Changlar va boshqa zaharli gazlar haqida ma'lumot bering. 
4.Shamollatish, havoni mo'tadillash va isitish tizimlarining yong'inga qarshi 
himoyalanish vositalari haqida ma'lumot bering. 
5.Uyali telefon va kompyuterdan foydalanishning zararli tomonlari bormi? 

Download 34.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling