— RISC tipidagi (Redused Instruction Set Sommand) qisqartirilgan to’plamli buyruqlar tizimi bilan MP; — MISC tipidagi (Minimum Instruction Set Sommand) minimal to’plamli buyruqlar tizimi bilan va yetarlicha yuqori tezkor MP (xozirgi vaqtda bu modellar ishlab chiqish bosqichida turibdi). Mikrokontroller tarkibidagi taymerlar. Taymer – hisoblagichlar haqida umumiy tushuncha AVR turidagi MKlarda 2 xil taymer/hisoblagichlar mavjud. Bular umumiy taymer/hisoblagichlar va qo‘riqchi taymerlardir. Qo‘riqchi taymer Qo‘riqchi tamer dastur osilib qolganda MKni o‘chirib – yoqish uchun ishlatiladi. Masalan u 0 dan 255 gacha hisoblab turadi. Agar hisoblash tugaguncha dastur ishga tushsa, u hisoblash jarayonini to‘xtatib turadi. Dastur tugagandan keyin yana taymer ishlaydi va 0dan boshlab hisoblay boshlaydi. Bu jarayon MK qancha ishlatilsa shuncha davom ettiriladi. Agar taymer 0 dan 255 gacha hisoblab bo‘lguncha dastur ishga tushmasa, u MKni o‘chirib – yoqadi va hisoblash jarayonini yana yangitdan boshlaydi.
Umumiy taymer/hisoblagichlar
Umumiy taymer/hisoblagichlar MKda quyidagi funksiyalarni bajarish uchun ishlatiladi: Berilgan chastota bo‘yicha to‘g‘ri burchakli impulslar tashkil etish funksiyasi; Hisoblagich sifatida berilgan chastota asosida takt impulslarini hisoblash funksiyasi. Bu holda tashqi signallar uzunligini hisoblash mumkin. Kerak bo‘lsa tashqi signallar sonini xam hisoblash mumkin. Umumiy taymer/hisoblagichlar MKda 4 tagacha bo‘lishi mumkin. Bular TS0, TS1, TS2, TS3. Xar bir taymer/hisoblagich kirish –chiqish signallarini hisoblovchi, hisobchi registriga (HR) ega. Bular TCNT0, TCNT1, TCNT2, TCNT3. Bu registrlar taymerning shu momentdagiqiymatini saqlab turish uchun ishlatiladi. 8 razryadli taymer 8 razryadli hisobchi registrga ega. 16 razryadli taymer 2 ta 8 razryadli hisobchi registrga ega. Ular TCNT1N va TCNT1L.TCNT1Nregistr sonning katta bitlarini saqlash uchun mo‘ljallangan. TCNT1L registr sonning kichik bitlarini saqlash uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |