Tashqi qurilmalar bilan bog‘lanishni ta’minlovchi interfeys qurilmalari


Download 47.89 Kb.
bet13/19
Sana05.05.2023
Hajmi47.89 Kb.
#1427728
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Tashqi qurilmalar bilan bog‘lanishni ta’minlovchi interfeys quri-kompy.info

NORMALrejimi

Bu eng sodda rejim. Bu rejimda hisobchi taymer TCNTx kelgan impulslarni (0 dan to FFgacha (16 lik sanoq sistemasida)) bittadan toto‘lguncha hisoblaydi. TCNTx qiymati FFga tengbo‘lganda u to‘ladi va uzilish jarayonini amalga oshiriladi. MK, qayta ishga tushganda bitlar tozalanadi va hisoblash jarayonini yana yangitdan boshlaydi. Bu rejim ba’zi bir 8 razryadli MKlar uchun yagona rejim hisoblanadi. Qolgan 8 va 16 razryadli MKlar bir nechta rejimda ishlaydi

Signalni qayd etish rejimi Capture (Rejim zaxvata)

Bu rejimni maqsadi hisobchi registrning qiymatini bir muncha vaqt o‘zgartirmay ushlab turishdir. Ogohlantiruvchi signal yo MKning maxsus kirish joyi orqali keladi, yoki komparatornig chiqish joyidan keladi. Bu rejim biror bir tashqi jarayon uzunligini (vaqt ma’nosida) o‘lchashda juda xam qulay. Masalan: kondensatordagi kuchlanishni biror qiymatga etguncha ketgan vaqt. Aytaylik kondensatorning bir oyoqchasi komparatorga ulangan. Ikkinchi oyoqchasi esa MKdagi mavjud tayanch kuchlanishga (masalan VCCga) ulangan. MK xar ikkala jarayonni ishga tushirishi kerak. YA’ni birinchidan kondensatorga kuchlanish berishi kerak. Ikkinchidan taymerni Capture rejimida ishga tushirishi kerak.

MK ikkala jarayonni ishga tushiradi. YA’ni xam kondensatorni zaryadlab turadi, xam xisobchi taymerni ishga tushiradi. U chiqayotgan impulslarni xisoblab turadi. Kondensatordagi kuchlanish MKdagi tayanch kuchlanishga teng bo‘lgan vaqtda, komparatorning chiqish joyidagi mantiqiy daraja qarama –qarshisiga o‘zgaradi. Bu signal natijasida hisobchi registr TCNTx shu vaqtdagi qiymati maxsus qayd etish registri ICRx da saqlanib qoladi. Va bir vaqtning o‘zida uzilishga talab ishlab chiqiladi.

Mos tushishiga ko‘ra” uzilish rejimi (STS)

Bu rejimda ishlash uchun maxsus registr mos tushish registriOCRishlatiladi. Agar MKda bir nechta taymerlar bo‘lsa ularning xammasi uchun alohida –alohida mos tushish registrlari mavjud. Agar taymer 8 razryadli bo‘lsa, u holda OCRxam bitta 8 razryadli bo‘ladi. Agar taymer 16 razryadli bo‘lsa, u holda OCR ikkita 8 razryadli bo‘ladi.ATmega8da OCRregistri TS1 va TS2 larda mavjud. TS0da esa yo‘q. TS1da 2 ta moslik registri mavjud. Bular: OCR1Hva OCR1L. TS1 16 razryadli bo‘lganligidan undagi moslik registrlari yana 2 ga bo‘linib 4ta 8 razryadli registrlar hosil qiladi. Bular OCR1AH, OCR1AL, OCR1BHva OCR1VL.


Download 47.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling