Fizika8 Uzb i-bob 1-26. pmd


Download 0.86 Mb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1155940
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil va mustaqil bo’lmagan gaz zaryadlari.


GAZLARDA ELEKTR TOKI

Gazda elektr razryad


Yassi kondensatorni elektrometrga ulab, elekrometrni zaryadlaylik (123-a rasm). Bunda ma’lum bir qiymatni ko‘rsatib turgan elektrometr
4– Fizika 8

ko‘rsatkichi deyarli qo‘zg‘almaydi, undagi zaryad kamaymaydi. Bu esa kondensator qoplamalari orasidagi havo orqali zaryad o‘tmayotganligini, ya’ni havodan tok deyarli o‘tmasligini ko‘rsatadi. Quruq havoni xona temperaturasida dielektrik deb hisoblash mumkin.
Sham yoqib, kondensator qoplamalari orasidagi havoni isitaylik. Shu zahoti elektrometr ko‘rsatkichi pasaya boshlaydi, ya’ni kondensator zaryadsizlanadi (123-b rasm). Demak, isitilgan havodan tok o‘tadi.

Gaz orqali elektr toki o‘tishi jarayoni gaz razryadi deb ataladi.

Gazlarning ionlashishi


Havo tarkibida azot, kislorod, vodorod, suv molekulalaridan tashqari bir foizga yaqin neon, argon kabi inert gazlar ham mavjud. Xona haroratida havodagi barcha atom va molekulalar neytral holatda bo‘ladi. Havo isitilganda neytral atomlar ionlarga aylana boshlaydi, ya’ni ionlashadi. Bu jarayon qanday kechishini neon va argon inert gazlari misolida ko‘rib chiqaylik.
Neon (Ne) yadrosi atrofida orbita bo‘ylab 10 ta, argon (Ar) yadrosi atrofida esa 18 ta elektron aylanib yuradi. Ularda tashqi elektron qobig‘ida 8 tadan elektron bo‘lib, tugallangan hisoblanadi. Neon yadrosining zaryadi +10e ga, elektronlarining jami zaryadi −10e ga teng. Argonniki esa mos ravishda +18e va −18e ga teng (124-a rasm). Alohida olingan Ne va Ar atomlari elektr neytraldir.
Havo isitilganda ulardagi atom va molekulalarning harakat tezligi, bir-biri bilan to‘qnashishi ortadi. Natijada ba’zi Ne atomlarining
35-§. Gazlarda elektr toki
tashqi elektron qobig‘ida aylanib yurgan elektronlardan biri atomni tark etadi. Bitta elektronini yo‘qotgan Ne atomi Ne+ ioniga, Ar atomi esa Ar+ ioniga aylanadi (124-b rasm).
Temperatura qancha yuqori bo‘lsa, havoda shuncha ko‘p ionlar hosil bo‘ladi.
Elektr maydon ta’sirida Ne+ va Ar+ ionlari kondensatorning manfiy zaryadlangan qoplamasi tomon, atomlardan ajralib chiqqan elektronlar esa musbat zaryadlangan qoplamasi tomon harakatlanadi (124-d). Natijada havodan tok o‘tadi.
Gazlarning elektr o‘tkazuvchanligida, bir tomondan, ionlar ishtirok etishi elektrolitlarning o‘tkazuvchanligiga o‘xshaydi. Ikkinchi tomondan, o‘tkazuvchanlikda elektronlarning ishtirok etishi metallarning elektr o‘tkazuvchanligiga o‘xshaydi.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling