NORMALrejimi Bu eng sodda rejim. Bu rejimda hisobchi taymer TCNTx kelgan impulslarni (0 dan to FFgacha (16 lik sanoq sistemasida)) bittadan toto‘lguncha hisoblaydi. TCNTx qiymati FFga tengbo‘lganda u to‘ladi va uzilish jarayonini amalga oshiriladi. MK, qayta ishga tushganda bitlar tozalanadi va hisoblash jarayonini yana yangitdan boshlaydi. Bu rejim ba’zi bir 8 razryadli MKlar uchun yagona rejim hisoblanadi. Qolgan 8 va 16 razryadli MKlar bir nechta rejimda ishlaydi Signalni qayd etish rejimi Capture (Rejim zaxvata) Bu rejimni maqsadi hisobchi registrning qiymatini bir muncha vaqt o‘zgartirmay ushlab turishdir. Ogohlantiruvchi signal yo MKning maxsus kirish joyi orqali keladi, yoki komparatornig chiqish joyidan keladi. Bu rejim biror bir tashqi jarayon uzunligini (vaqt ma’nosida) o‘lchashda juda xam qulay. Masalan: kondensatordagi kuchlanishni biror qiymatga etguncha ketgan vaqt. Aytaylik kondensatorning bir oyoqchasi komparatorga ulangan. Ikkinchi oyoqchasi esa MKdagi mavjud tayanch kuchlanishga (masalan VCCga) ulangan. MK xar ikkala jarayonni ishga tushirishi kerak. YA’ni birinchidan kondensatorga kuchlanish berishi kerak. Ikkinchidan taymerni Capture rejimida ishga tushirishi kerak. MK ikkala jarayonni ishga tushiradi. YA’ni xam kondensatorni zaryadlab turadi, xam xisobchi taymerni ishga tushiradi. U chiqayotgan impulslarni xisoblab turadi. Kondensatordagi kuchlanish MKdagi tayanch kuchlanishga teng bo‘lgan vaqtda, komparatorning chiqish joyidagi mantiqiy daraja qarama –qarshisiga o‘zgaradi. Bu signal natijasida hisobchi registr TCNTx shu vaqtdagi qiymati maxsus qayd etish registri ICRx da saqlanib qoladi. Va bir vaqtning o‘zida uzilishga talab ishlab chiqiladi. “Mos tushishiga ko‘ra” uzilish rejimi (STS) Bu rejimda ishlash uchun maxsus registr mos tushish registriOCRishlatiladi. Agar MKda bir nechta taymerlar bo‘lsa ularning xammasi uchun alohida –alohida mos tushish registrlari mavjud. Agar taymer 8 razryadli bo‘lsa, u holda OCRxam bitta 8 razryadli bo‘ladi. Agar taymer 16 razryadli bo‘lsa, u holda OCR ikkita 8 razryadli bo‘ladi.ATmega8da OCRregistri TS1 va TS2 larda mavjud. TS0da esa yo‘q. TS1da 2 ta moslik registri mavjud. Bular: OCR1Hva OCR1L. TS1 16 razryadli bo‘lganligidan undagi moslik registrlari yana 2 ga bo‘linib 4ta 8 razryadli registrlar hosil qiladi. Bular OCR1AH, OCR1AL, OCR1BHva OCR1VL.
Do'stlaringiz bilan baham: |