Tashqi qurilmalar bilan bog‘lanishni ta’minlovchi interfeys qurilmalari


Download 47.89 Kb.
bet12/19
Sana05.05.2023
Hajmi47.89 Kb.
#1427728
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Tashqi qurilmalar bilan bog‘lanishni ta’minlovchi interfeys quri-kompy.info

Umumiy taymer/hisoblagichlar MKda 4 tagacha bo‘lishi mumkin. Bular TS0, TS1, TS2, TS3. Xar bir taymer/hisoblagich kirish –chiqish signallarini hisoblovchi, hisobchi registriga (HR) ega. Bular TCNT0, TCNT1, TCNT2, TCNT3. Bu registrlar taymerning shu momentdagiqiymatini saqlab turish uchun ishlatiladi. 8 razryadli taymer 8 razryadli hisobchi registrga ega. 16 razryadli taymer 2 ta 8 razryadli hisobchi registrga ega. Ular TCNT1N va TCNT1L.TCNT1Nregistr sonning katta bitlarini saqlash uchun mo‘ljallangan. TCNT1L registr sonning kichik bitlarini saqlash uchun mo‘ljallangan.

- 8 razryadli taymer hisoblagich 28= 256 0dan 255gacha sanaydi. 16 razryadli taymer hisoblagich 216= 65536 0dan 65535gacha sanaydi.

MK ihtiyoriy vaqtda ihtiyoriy hisobchi registrga ihtiyoriy sonni yozishi mumkin. Ihtiyoriy vaqtda registr ichidagi sonni o‘qishi mumkin.

Taymer hisoblash rejimiga o‘tganda uning kirish joyiga impulslar kelib tusha boshlaydi. Taymerga xar bir impuls tushganda hisobchi registrning qiymati 1 birlikka ortadi. Impulslar MKning ichki generatorida ishlab chiqarilgan takt impulslar bo‘lishi mumkin yoki tashqi takt generatori ishlab chiqargan takt impulslar bo‘lishi mumkin. Tashqi impulslar MKning maxsus oyoqchalariga keladi. Ulardan hisobchi registrga tushadi. Agar hisobchi registr to‘lsa, uning ichi bo‘shatiladi va hisoblash jarayoni yangitdan boshlanadi.

Ihtiyoriy taymer MK uzilishlari bilan chambar – chas bog‘langan. Taymer bilan bog‘liq turli hodisalar MK uzilishlarini keltirib chiqaradi.

Taymerlarning ish rejimlari

MK taymerlari turli rejimlarda ishlashi mumkin. Bular: NORMAL rejimi, Signalni qayd etish rejimi Capture, “Mos tushishiga ko‘ra” uzilish rejimi (STS). Taymer rejimlarini tanlab olish uchun maxsus registr ajratilgan. Bu registrlar TSSRx lari. Ular boshqarish registrlari deb ataladi. Oddiy taymerlarda (masalan TS0da) bitta boshqarish registri bo‘ladi. Murakkab taymerlarda esa 2 ta (masalan TS1da) boshqarish registrlari bo‘ladi: TSSR1A va TSSR1V. Bular yordamida nafaqat ish rejimi tanlanadi, balki taymerni oqilona sozlash mumkin


Download 47.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling