Tаshqi sаrаlаsh аlgоritmlаri
I.Bob.Har bir saralash usullari haqida ma’lumot berish
Download 407.5 Kb.
|
16-Tashqi saralash algoritmlari mavzusini o‘qitish metodikasi
I.Bob.Har bir saralash usullari haqida ma’lumot berish1.1 Ma’lumotlar tuzilmasi elementlarini saralash usullari?Saralash – bu tuzilma elementlarini qandaydir kriteriya asosida tartiblash. Kriteriya sifatida odatda kalit deb ataluvchi sonli maydon qo’llaniladi. Elementlarni kalit maydonlarining har bir keyingisi o’zidan oldingisidan kichik bo’lsa, bunday saralash kamayish tartibida saralash deyiladi. Agarda har bir keyingi kalit maydoni o’zidan oldingisidan katta bo’lsa, o’sish tartibida saralash deyiladi. Saralash algoritmi – bu elementlarni saralash uchun qo’llaniladigan algoritm hisoblanadi. Saralash maqsadi – ma’lumotlarni qayta ishlashda berilgan qiymat (kalit) bo’yicha elementni qidirib topishni yengillashtirishdan iborat Saralashning barcha algoritmlari ikki guruhga bo’linadi: - ichki saralash algoritmlari (massivda (ichki xotirada) saralash uchun qo’llaniladi); - tashqi saralash algoritmlari (faylda (tashqi xotirada) saralash uchun qo’llaniladi). Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta xajmni egallasa, u holda ularni almashtirishlar ko’p vaqt va katta hajmdagi xotira sarfini talab qiladi. Ushbu sarfni kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda faqatgina ma’lumot ko’rsatkichlari almashtirilib, elementlar o’z joyida qoladi. Bu usul adreslar jadvalini saralash usuli deyiladi. Ma‟lumotlarni kompyuterda qayta ishlashda elementning informatsion maydoni va uning mashina xotirasida joylashishini bilish zarur. Shu maqsadda ma‟lumotlarni saralash amalga oshiriladi. Demak, saralash – bu ma‟lumotlarni kalitlari bo„yicha doimiy ko„rinishda mashina xotirasida joylashtirishdan iborat. Bu yerda doimiylik ma‟lumotlarni massivda kalitlari bo„yicha o„sishi tartibida berilishi tushuniladi. Ma‟lumotlarga qayta ishlov berilayotganda ma‟lumotning informatsion maydonini hamda uning mashinada joylashishini (adresini) bilish zarur. Saralashning ikkita turi mavjud: ichki va tashqi: ichki saralash bu operativ xotiradagi saralash; tashqi saralash – tashqi xotirada saralash. Saralash usullariga misollar keltiring, massivda saralash usullarining asosiy g’oyalarini ayting? Massivlar odatda tezkor xotirada tashkil etiladi. Bunda asosiy kriteriya sifatida saralash uchun sarflanadigan xotirani minimallashtirish hisobga olinadi. Elementlar o’rnini almashtirish ushbu tezkor xotiraning o’zida amalga oshirilishi kerak. Massivda saralash usullarini uchta sinfga ajratish mumkin: Qo’shish orqali saralash; Tanlash orqali saralash; Almashtirish orqali sarlash: qat’iy (to’g’ridan-to’g’ri) usullar; yaxshilangan usullar. Saralash samaradorligini bir necha mezonlar bo’yicha baholash mumkin: saralashga ketgan vaqt; saralash uchun talab qilingan tezkor xotira; dasturni ishlab chiqishga ketgan vaqt. Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling