Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish yo’llari
Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Subsidiyalar
Download 250.24 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Eksport kreditlari
Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Subsidiyalar
Litsenziyalashga qo’shimcha ravishda, davlat milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni bevosita va bilvosita subsidiyalar tizimi, ya’ni mamlakat byudjetidan ayrim korxonalarga va mahalliy hokimiyat organlariga dotatsiyalar berish orqali rag’batlantirishi mumkin. Bundan maqsad arzon import tovarlari raqobatidan himoya qilish, eng asosiysi - milliy sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini xorijga eksport qilishni rag’batlantirishdan iborat. Bu vaziyatda bevosita subsidiyalar pul ko’rinishidagi mablag’ni, bilvosita subsidiyalar esa imtiyozli shartlarda kreditlash, soliqqa tortish, xavf-xatarni sug’urtalash bo’yicha davlat tomonidan kafolatlash, davlat xazinasi hisobidan eksport qilinadigan tovarlarni tashqi bozorlarda reklama qilish kabilarni nazarda tutadi. GATT (UST) qoidalariga muvofiq, a’zo-mamlakatlar o’rtasidagi savdoda bevosita eksport subsidiyalaridan foydalanish ta’qiqlangan. Yevropa Ittifoqi doirasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga bevosita eksport subsidiyalari berish bundan mustasno. Yuqorida ko’rsatilgan qoidalarning buzilishi import qilayotgan mamlakatga kompensatsiyalovchi import bojlari olish orqali javob choralar ko’rishga asos bo’ladi. Bu bojlar UST arbitrajida bahs hal etilgunga qadar saqlanadi. Eksport subsidiyalari miqdori rivojlangan mamlakatlarning qayta ishlash sanoati eksporti qiymatining 1 foizidan oshmaydi, biroq ayrim tovar guruhlari uchun, ayniqsa, rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotli mamlakatlarda bu me’yor juda katta miqdorga yetishi mumkin. Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Eksport kreditlari Eksport kreditlari tashqi savdo siyosatining moliyaviy usuli bo’lib, u milliy firmalar eksporti rivojlanishini davlat tomondan moliyaviy rag’batlantirishni nazarda tutadi. Eksport kreditlari quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: • Milliy eksportyorlarga subsidiyalashgan kreditlar — davlat banklari tomonidan bozor stavkasidan past stavkada kreditlar berilishi; • Xorijiy importyorlarga davlat kreditlarini berilishi, ya’ni kredit bergan mamlakat tovarini sotib olish sharti bilan; • Milliy eksportyorlarni eksport risklaridan sug’urtalash. Eksport kreditlari: qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Eksport kreditlari bo’yicha eng yirik uyushmalardan biri Eksport krediti guruhi – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida eksportni kreditlash bo’yicha hukumat va agentliklar vakillari guruhi hisoblandi. Bu guruh 2 yil va undan ortiq muddatli eksport kreditlarini tartibga soladi. Ikkinchi yirik tashkilot Bern ittifoqi, ya’ni kreditlar va investitsiyalarni sug’urtalash bo’yicha xalqaro ittifoqdir. Eksport kreditlariga ba’zi hollarda boshqa davlatlarga tashqi yordam sifatida qaraladi. Download 250.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling