MST-83 guruh talabasi Musayev Samariddin Tashqi savdoni o’rganishni statistik usullari Tashqi savdo - O'zbekistonning 1991- yil 1- sentyabrda Mustaqillikka hamda 1992- yil 2- martda BMTga a’zo bo‘lishi Respublikamizni jahon davlatlari bilan tashqi iqtisodiy faoliyatda yanada faolroq qatnashishiga olib keldi. O‘tgan davr mobaynida Respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha bir qancha islohotlar amalga oshirildi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston 2021 yilda 182 davlat bilan jami 42,1 milliard dollarlik savdo qilgan. Bu 2020 yil – 36,2 milliard dollarga nisbatan yuqoriroq ko‘rsatkich hisoblansa-da, lekin pandemiyadan avval – 2019 yilda tashqi savdo aylanmasi 41,7 milliard dollar bilan solishtirganda o‘sish unchalik yuqori bo‘lmaganini ko‘rishimiz mumkin. 2021 yil davomida tashqi savdodagi eng faollik noyabr oyida kuzatilgan, 5 milliard dollardan ortiq savdo bo‘lgan. O‘zbekiston 2021 yilda 16,6 milliard dollari eksport qilgan bo‘lsa, uning asosiy qismini sanoat tovarlari, oltin, xizmatlar va oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. 2021 yildagi meva-sabzavotlar eksportida esa uzum, mosh, gilos, pomidor, shaftoli va xurmo yetakchilik qilmoqda. Statistik ma’lumotlar, 2021 yil O‘zbekiston importida eng ko‘p ulush mashinalar va transport asbob uskunalariga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatmoqda – 32,4 foiz. Bu 8 milliard dollardan ortiq degani. Import tarkibi - O‘zbekiston eng ko‘p sotib oladigan mashinalar va asbob-uskunalar Xitoy, Koreya, Rossiya, Turkiya va Germaniya hisobiga to‘g‘ri keladi.Shuningdek, sanoat tovarlari, kimyoviy vositalar, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar hamda xizmatlar hissasi ham importimizda yuqori o‘rinlarga ega.
Rossiya yil yakunlari bo‘yicha so‘nggi 3 yildan buyon tashqi savdodagi eng yirik hamkorimiz Xitoyni quvib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.Demak, 7,5 milliard dollarlik savdo aylanmasi bilan Rossiya 2021 yilda O‘zbekistonning eng katta sherigi bo‘lib turibdi
Do'stlaringiz bilan baham: |