Tashqi savdoni tartibga solish zarurati va boshqarish yo‘llari. Tashqi savdoni tartibga solishning notarif usullari
Download 29.63 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-mavzu
Tashqi savdoni tartibga solish zarurati va boshqarish yo‘llari. Tashqi savdoni tartibga solishning notarif usullari. Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chikarish (eksport) va mamlakatga tovarlar kiritish importdan tashkil topadi. Eksport va import yigʻindisi mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar oʻrtasida savdosotiqni rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi. Tashqi savdo mamlakatlararo iktisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng kad, shaklidir. Kds.. Misr, Yunoniston va Rim quldorlik tuzumi davridayoq boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdosotiq munosabatlarini amalga oshirgan. Insoniyat tarixida birinchi marta Sharq va Gʻarb dunyosini bir-biri bilan bogʻlagan Buyuk Ipak yoʻli kitalararo savdoni yoʻlga qoʻydi. Bu yoʻl hozirgi Oʻzbekiston hududida joylashgan shaharlarda savdosotiqning keng kuloch yoyishiga olib kelgan edi. T.sning rivojlanishiga Buyuk geografik kashfiyotlaraan soʻng yangi dengiz yoʻllarining ochilishi kuchli turtki boʻldi. Ayniqsa, sanoat, mashinalashgan ishlab chiqarish. xalqaro xoʻjalik aloqalarini yanada rivojlantirib yubordi. Yangi tarmoklar, ishlab chiqarish. turlarining paydo boʻlishi, mehnat unumdorligining oshishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki isteʼmoldan tashqari qismini chet ellarga chiqarish va sotish imkonini berdi. Ayni paytda kupchilik mamlakatlarda xom ashyo resurslariga ehtiyoj keskin oshdi. Natijada tashqi oldisotdi harakatlarini amalga oshirishni uygunlashtiradigan xalqaro bozor qaror topdi. Tashqi savdoning rivojlanishi asosida xalqaro mehnat taqsimoti va D. Rikardo asoslab bergan qiyosiy ustunlik qoidasi yotadi. Bu kridaga koʻra alohida sharoitlarning mavjudligi, xususan, qulay geografik joylashuv, noyob tabiiy resurslar ayrim mamlakatlarga tovar va xizmatlarning ayrim turlarini i. ch.da muayyan ustunliklar beradi. Mamlakat oʻzining qiyosiy ustunligidan foydalanib ayrim tovar turlarini ishlab chiqarish.ga ixtisoslashadi, mahsulotlarini boshqa mamlakatlarga ham sotish maqsadida katta miqdorda va yuqori sifatda ishlab chiqarish.ga xarakat qiladi. Bunday tovar va xizmatlarni uzlarida ishlab chiqarmaydigan boshqa mamlakatlar, ishlab chiqarganda ham ularga ketadigan sarfxarajatlarning nisbatan yuqoriligini hisobga olib, tashqaridan tovar va xizmatlarni kiritish yoʻlini tutadilar. Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan savdosotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2002-yilga nisbatan 17,3% kupdir. Uning Tashqi savdoda jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hissasi ortib bormoqda. Oʻzbekiston savdo aylanmasining 62% uzoq xorij mamlakatlariga, 38% esa MDH mamlakatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Oʻzbekistonning hozirgi asosiy savdo hamkorlari — Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy va boshqa davlatlar. Respublika Tashqi savdoning 60%dan ziyodrogʻi Yevropaga, 33% Osiyo, 6,5% Amerika qitʼasi mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi (2003). Tashqariga tovar chiqarish tarkibida mashina va asbobuskunalar, rangli metallar va energiya vositalari oʻrin olmoqda. Asosiysi — Oʻzbekistonning Tashqi savdoda faqat xom ashyo vositalari bilan qatnashuviga barham berilmoqsa, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qoʻshimcha moddiymoliyaviy resurslarni jalb kilish, ishlab chiqarish.ga ilgor texnika va texnologiyani joriy etish, ichki isteʼmol bozorini turlituman keng xalq isteʼmoli tovarlari bilan toʻldirish, xizmat koʻrsatish sohasida xorij tajribasidan foydalanish, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratihda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida" (1991, 14 iyun), "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida" (1993, 7 may), "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida" (1997, 29 avgust) qonunlari, "Bojxona kodeksi" (1997, 27 dekabr) va boshqa qonun va qarorlar, meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mamlakatlar oʻrtasida Tashqi savdoni tartibga solishda Jahon savdo tashkiloti muhim rol oʻynaydi. Tashqi savdo siyosati davlat tashqi iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, milliy iqtisodiyotning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish va tashqi raqobatdan maxalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga ko‘maklashuvchi chora-tadbirlar yigindisidir. Tashqi savdo siyosati quyidagi ikki yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: eksport siyosati; import siyosati; Eksport siyosati eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish modeli doirasida rivojlanadi. Import siyosatining turlaridan biri import o‘rnini qoplash siyosati hisoblanib, bu siyosat ko‘pchilik malakatlar iqtisodiyotining sanoatlashishida katta rol uynagan. Tashqi savdo siyosatining asosida mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi yotadi. Tashqi siyosati milliy, ikki tomonlama, hududiy, xalqaro darajalarda amalga oshiriladi. Qayd etib o‘tilgan har bir daraja o‘z xususiyatlariga ega. Davlatning tashqi savdoga aralashish miqyosida va tartibga solish darajasiga qarab tashqi savdo siyosati proteksionistik va erkin savdo xarakteriga ega bo‘ladi. Erkin savdo munosabatlari, talab va taklif asosida rivojlanadigan erkin savdo davlatning eng kam aralashuvi siyosatini aks ettiradi. Proteksionizm-tarif va notarif instrumentlarni qo‘llash yo‘li bilan ikki bozorni xorijiy raqobatchilardan himoya qilish davlat siyosatidir. Qaysi siyosat afzal, degan savol iqtisodchilarning doimo diqqat markazida bo‘lib kelgan. Milliy sanoat rivojlanishiga imkon beruvchi proteksionizm afzalmi yoki milliy ishlab chiqarish ustivorliklarini xalqaro ustivorliklar bilan qiyosiy taqqoslash imkonini beruvchi savdo erkinligimi? Tarixning turli davrlarida tashqi savdo amaliyoti goh u tomonga, goh bu tomonga qayishib kelgan, to‘gri, u xech qachon ekstremal shakllardan birortasini qabul qilmagan. XX asrning 50-60 yillarida xalqaro iqtisodiyot uchun proteksionizmdan tashqi savdoni yanada liberallashtirish tomonga qaytish xos bo‘lgan bo‘lsa, 70-yillarning boshidan teskari tamoyil ko‘zga tashlandi-mamlakatlar o‘z ichki bozorini tarif va notarif to‘siqlar yordamida xorijiy raqobatdan ximoya qilishni boshladilar. Zamonaviy proteksionizm nisbatan tor soxalarda – qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, kiyim-kechak va po‘lat tarmoqlarida mujassamlangan. Proteksionistik tamoyillar rivojlanishining quyidagi shakllarini ajratish mumkin. selektiv proteksionizm –ayrim mamlakatlar yoki tovarlar guruxida nisbatan qo‘llaniladi; tarmoq proteksionizmi – muayyan tarmoqlarni, avvalo agrar proteksionizm doirasida qishloq xo‘jaligini himoyalaydi; jamoaviy proteksionizm – mamlakatlar birlashmalari tomonidan ushbu birlashmaga kirmaydigan mamlakatlarga nisbatan qo‘llaniladi; yashirin proteksionizm – ichki iqtisodiy siyosat usullari yordamida amalga oshiriladi. Download 29.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling