Tashqi standartlardan foydalanish (Use of External Standards)


Download 307.5 Kb.
bet1/11
Sana16.01.2023
Hajmi307.5 Kb.
#1094894
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

5-BOB. KONSTRUKSIYALASHNING ASOSIY ELEMENTLARI



  • 5.1. Murakkablikni kamaytirish

Dasturiy ta’minotni konstruktsiyalash (“Software Construction”) bilim sohasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:



  • murakkablikni kamaytirish (Reduction in Complexity),




  • uslubdan og’ishning oldini olish (Anticipation of Diversity),




  • sinovlarni tuzilmalashtirish (Structuring for Validation),




  • tashqi standartlardan foydalanish (Use of External Standards).

Murakkablikni kamaytirish - bu konstruktsiyalashdagi murakkablikni minimallashtirish, kamaytirish va alohida qismlarga bo’lish. Murakkablikni minimallashtirish, ijrochilarning murakkab tuzilmalarni va uzoq vaqt davomida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash qobiliyatining cheklanganligi bilan belgilanadi. Murakkablikni minimallashtirishga, xususan, konstruktsiyalash jarayonida modullar va boshqa sodda elementlardan foydalanish, shuningdek, standartlarning tavsiyalari yordamida erishiladi.


Dasturiy ta’minot konstruktsiyalashning murakkabligini kamaytirish uchun oddiy va oson o’qiladigan kodni yaratish orqali erishiladi. Bunda kodning samaradorligini oshirish, kodning sinov qulayligini ta’minlash, kodning ishlashi va belgilangan mezonlarga javob berishiga e’tibor beriladi. Bu loyihaning funktsionalligi, xususiyatlari va cheklovlariga ta’sir qiladi. Murakkablikni kamaytirish zarurati konstruktsiyalashning barcha jihatlariga ta’sir qiladi va ayniqsa dasturiy komponentlarning konstruktsiyalash natijalarini tekshirish va sinovdan o’tkazish uchun juda muhimdir.




Murakkablikni lokalizatsiya qilish - bu ob’ektga yo’naltirilgan yondashuvdan foydalangan holda konstruktsiyalashning usuli bo’lib, bu ob’ektlarning interfeysini cheklaydi, ularning o’zaro ta’sirini soddalashtiradi, shuningdek ob’ektlarning to’g’riligini va ular o’rtasidagi munosabatlarni tekshirishni soddalashtiradi. Lokallashtirish kodda aniqlangan xatolarga o’zgartirishlarni osonlashtiradi.

74


Dasturiy ta’minotning murakkabligi - bu dasturlashning ajralmas xususiyati bo’lib, u dasturlarni yaratish vaqti va xarajatlarida, dastur matnining hajmida yoki uzunligida, boshqaruvni uzatuvchi operatorlari (tarmoqlanish operatorlari, davriy operatorlar, funktsiyalarni chaqirish) tomonidan o’rnatilgan mantiqiy tuzilishining xususiyatlarida namoyon bo’ladi. Dasturlash murakkabligining 5 ta manbasi mavjud:



  • hal qilinishi kerak bo’lgan masala;




  • dasturlash tili;




  • dasturni bajarish muhiti;







  • algoritmlar va ma’lumotlar turlarining ko’p qirraliligi va samaradorligiga intilish.

Murakkablikni yo’q qilib bo’lmaydi, lekin uning namoyon bo’lish xususiyatlarini o’zgartirish mumkin. Murakkablik to’rtta asosiy sababga bog’liq:





  • ishlab chiqishga buyurtma kelib chiqadigan sohaning murakkabligi;




  • ishlab chiqish jarayonini boshqarishning qiyinligi;




  • dasturda yetarlicha moslashuvchanlikni ta’minlash zarurati;




  • katta diskret tizimlarning xatti -harakatlarini tavsiflashning qoniqarsiz usullari.




Download 307.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling