Tashqi ta'sirlarni yumshatish bo'yicha davlat siyosati
Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar
Download 179 Kb.
|
Tashqi ta`sirlar va davlat siyosati
Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar
Tashqi ta’sirga javoban xatti-harakatni tartibga solish o`rniga, davlat ijtimoiy samaradorlik bilan xususiy rag`batlantirishlarni moslashtirishda bozorga asoslangan siyosatdan foydalanishi mumkin. Masalan, biz avval ko`rganimizdek, hukumat salbiy tashqi ta’siri bor faoliyatni soliqqa tortish va ijobiy tashqi ta’siri bor faoliyatni subsidiya qilish orqali tashqi ta’sirlarni o`zlashtirishi mumkin. Salbiy tashqi ta'sirlar bilan shug`ullanish uchun kuchga kirgan soliqlar tuzatuvchi soliqlar deyiladi. Ular, shuningdek, ulardan foydalanish tarafdori bo`lgan iqtisodchi Artur Pigu (1877-1959) nomiga Pigu soliqlari deb ham yuritiladi. Ideal tuzatuvchi soliq salbiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi harajatlariga teng bo`ladi va ideal tuzatuvchi subsidiya ijobiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi foydasiga teng bo`ladi. Iqtisodchilar odatda ifloslanishni bartaraf qilish yo`li sifatida tuzatuvchi soliqlarni afzal ko`rishadi, chunki ular jamiyat uchun kam harajatda ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Nima uchunligini ko`rish uchun, keling bir misolni ko`rib chiqaylik. Faraz qilaylik, ikkita korxona – qog`oz ishlab chiqaruvchi va po`lat ishlab chiqaruvchi, har yili bir daryoga 500 tonna chiqindi chiqaradi. EPA bu ifloslanish darajasini kamaytirishni xohlaydi. U ikki yechimni ko`rib chiqadi: Tartibga solish: EPA ifloslanishini kamaytirish uchun har bir zavodga yiliga 300 tonna chiqindi chiqarishini aytishi mumkin. Tuzatuvchi soliq: EPAhar bir zavod chiqaradigan chiqindining har bir tonnasi uchun so`m50,000 dan soliq undirishi mumkin. Tartibga solish ifloslanish darajasini belgilaydi, soliq esa ifloslanishni kamaytirish uchun zavod egalariga qaratilgan iqtisodiy tayanch bo`ladi. Qaysi yechimni yaxshiroq deb, o`ylaysiz? Ko`pchilik iqtisodchilar soliqni afzal ko`radi. Bu afzallikni tushuntirish uchun, ular birinchi soliq ifloslanish umumiy darajasini kamaytirishda tartibga solish kabi samarali ekanligiga ishora qilishadi. EPA tegishli darajada soliq joriy etish orqali o`zi istagan ifloslanish darajasiga erishishi mumkin. Soliq qancha yuqori bo`lsa, ifloslanishni kamaytirish shuncha katta bo`ladi. Soliq yetarlicha yuqori bo`lsa, fabrikalar ifloslanishi nolga tushirib umuman zavodni yopadilar. Tartibga solish va tuzatuvchi soliqlar ifloslanishni kamaytirishga qodir bo`lsa-da, soliq bu vazifani yanada samaraliroq amalga oshiradi. Tartibga solish har bir zavoddan bir xil miqdorda ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Ammo teng kamaytirish suvni tozalash uchun arzon yo`l emas. Qog`oz zavodi po`lat zavoddan ko`ra ancha past harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Agar shunday bo`lsa, qog`oz zavodi soliq to`lashning oldini olish uchun ifloslanishni katta miqdorda kamaytirishi mumkin, po`lat zavodi ifloslanishni kamaytirishga kam harakat qilib, soliqni to`lab qo`ya qoladi. Odatda, tuzatuvchi soliq ifloslantirishga narx qo`yadi. Bozorlar tovarlarni eng yuqori baholaydigan xaridorlarga sotgani kabi, tuzatuvchi soliq ham ifloslanishni kamaytirishda eng yuqori narxga ko`nadigan fabrikalar ifloslantirish stavkalarini ajratadi. EPA qaysi ifloslanish darajasini tanlashidan qat’iy nazar, u soliq yordamida eng past umumiy harajat bilan bu maqsadga erishishi mumkin. Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling