Tashqi ta'sirlarni yumshatish bo'yicha davlat siyosati


Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlar


Download 179 Kb.
bet8/9
Sana22.02.2023
Hajmi179 Kb.
#1223217
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tashqi ta`sirlar va davlat siyosati

Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlar
Qog`oz zavodi va po`lat zavodi misoliga qaytadigan bo`lsak, keling tasavvur qilaylik, iqtisodchilar maslahatiga qaramay, EPA
tartibga solishni joriy qiladi va har bir zavoddan yiliga 300 tonna chiqindi miqdorida ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Keyin bir kuni, tartibga solish amalda va har ikki zavod unga rioya qilgan paytda, ikkala firma EPAga taklif bilan murojaat qiladi. Po`lat zavod 100 tonna chiqindi miqdorida chiqindi chiqarishni oshirishni istaydi. Qog`oz zavodi po`lat zavodi unga so`m5 million to`lasa, o`sha miqdorda o`z chiqindi chiqarishini kamaytirishga rozi bo`ladi. EPA bu ikki fabrikalar ushbu shartnomani amalga oshirishiga ruxsat berishi kerakmi?
Iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan, shartnomaga ruxsat berish yaxshi siyosat. Ular ixtiyoriy ravishda rozi bo`layotgani bois, shartnoma ikkala zavod egalariga foydali bo`lishi kerak. Bundan tashqari, shartnoma hech qanday tashqi ta'sirga ega emas, chunki ifloslanish umumiy miqdori bir xil bo`lib qolmoqda. Shunday qilib, qog`oz zavodining po`lat zavodiga ifloslantirish huquqini sotish uchun ruxsat berish orqali ijtimoiy farovonlik kelib chiqadi.
Ushbu mantiq bir firma tomonidan ifloslantirish huquqini boshqa firmaga har qanday ixtiyoriy o`tkazish uchun amal qiladi. Agar EPA firmalarga bunday shartnomalar qilish imkonini beradigan bo`lsa, u, o`z mohiyatiga ko`ra, yangi noyob resurs, ya’ni ifloslantirishga ruxsatnoma, yaratadigan bo`ldi. Bu ruxsatnomalar savdosini oxir-oqibat amalga oshiradigan bozor paydo bo`ladi va bu bozor talab va taklif kuchlari tomonidan boshqariladigan bo`ladi. Ko`rinmas qo`l bu yangi bozor ifloslantirish huquqini samarali taqsimlashiga ishonch hosil qiladi. Ya'ni, to`lashga o`z tayyorligi bilan aniqlanadigan ruxsatni eng yuksak baholaydigan firma qo`lga kiritadi.
Ikki siyosat o`xshashligini ifloslantirish bozorini tahlil qilish orqali kor’rish mumkin. 4-rasmdagi ikkala chizmalar ifloslantirish huquqi uchun talab chizig`ini ko`rsatadi. Bu chiziq ifloslantish narxlari qanchalik past bo`lsa, firmalar ifloslantirishni shunchalik ko`proq tanlashini ko`rsatadi. (a) chizmada EPA ifloslantirish uchun narx belgilash uchun tuzatuvchi soliqdan foydalanadi. Bu holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal elastik (chunki firma soliq to`lash orqali ular istaganicha ko`p ifloslantirishi mumkin) va talab chizig`i vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada, EPK ifloslantirish ruxsatini joriy etish orqali ifloslanish miqdorini belgilab beradi. Bu holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal noelastik (chunki ifloslantirish miqdori ruxsatnomalar soni bilan belgilanadi), va talab egri chizig`i vaziyati ifloslanish narxini belgilaydi. Demak, EPA tuzatuvchi soliq bilan narx belgilash orqali, yoki ifloslantirish ruxsatnomalari bilan miqdorni o`rnatish orqali berilgan talab egri chizig`ining har qanday qismiga erishishi mumkin.
Ba'zi hollarda esa, ifloslantirish ruxsatini sotish tuzatuvchi soliq undirishdan ko`ra yaxshiroq bo`lishi mumkin. EPA daryoga 600 tonna dan kam chiqindi tashlanishini istaydi. Lekin EPK ifloslanish talab chizig`ini bilmasligi tufayli, bu maqsadga erishish uchun qanday hajmda soliq joriy etishni bilmaydi. Bu holda, u shunchaki 600 ifloslantirish ruxsatini kim oshdi savdosiga qo`yishi mumkin. Kim oshdi savdosi narxi tuzatuvchi soliq tegishli hajmini hosil qiladi.


Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling