Tashqi xotira. Tayanch iboralar
Xotiraga bevosita ega bo‘lish (XBEB) kontrolleri
Download 257.5 Kb.
|
Xotiraga bevosita ega bo‘lish (XBEB) kontrolleri. Xotiraga bevosita ega bo‘lish kontrolleri uzilish kontrolleriga nisbatan tarkibi ancha murakkab bo‘lib, uning sababi bajaradigan vazifalarining murakkabligi bilan bog‘liqdir. Xotiraga bevosita ega bo‘lish vaqtida, xotiraga bevosita ega bo‘lish kontrolleri tizimli shinaning asosiy signallarini mustaqil ravishda berib, shinaning faol qurilmalaridan bo‘lib qoladi. Biroq xotiraga bevosita ega bo‘lish kontrollerining barcha ish tartiblari, uning barcha ko‘rsatgichlari protsessor tomonidan kontrollerni ishga taeyorlash (initsializatsiya) bosqichida o‘rnatiladi. Xususan, protsessor yechiladigan masala turini aniqlaydi, axborotlar massivini uzatiladigan yoki qabul qilinadigan boshlang‘ich manzilini o‘rnatadi va shuningdek shu massiv o‘lchamini ham belgilab beradi.
Shaxsiy kompyuterda i8237 turidagi ikkita to‘rt kanalli xotiraga bevosita ega bo‘lish kontrolleri ishlatiladi, u 7 ta XBEB kanalini ta’minlaydi (bitta kanal kontrollerlarni uzilish kontrolleridagi kaskadlash tamoyil asosidagidek kaskadlash uchun band qilingan). XBEB kontrolleridan tashqari XBEB tizimostisiga yana dastur egalik qila oladigan manzilning katta bayt registri va XBEB sahifalar registri kiradilar. XBEB ish tartibida almashuv sikllari haqida 2.2 bo‘limda so‘z yuritilgan. DRQ yo‘llarining biridan XBEB ga so‘rov signalini olib, kontroller shinani egallash uchun protsessorga so‘rovni hosil qiladi, protsessordan ruxsat olgach, bevosita ega bo‘lishni so‘ragan qurilmaga tegishli DASK yo‘lidan XBEB ni havola qilinganligi haqida xabar beradi. Shundan so‘ng XBEB sikli amalga oshiriladi, axborotlarni kiritish/chiqarish qurilmasidan xotiraga yoki teskarisiga joʻnatiladi. XBEB kontrollerining o‘zi xotira manzilining faqat kichik 16 razryadini hosil qiladi, katta 8 razryadi esa saxifalar registrida saqlanadi. XBEB kanallarining har biri uchun o‘zining shahsiy saxifalar registri mavjud. XBEB bo‘lgan holda axborotlarni uzatish quyidagi ish tartiblaridan birida bo‘lishi mumkin: -Bittalab uzatish ish tartibi (sikl bo‘yicha, potsiklovoy). Bu holda XBEB havola qilingan vaqt ichida faqat bitta axborot uzatish sikli bajariladi va keyingi uzatish uchun yana XBEB so‘rash kerak bo‘ladi. Biroq almashuv amalga oshirilgan xotira manzili har bir sikldan so‘ng avtomatik ravishda o‘zgaradi. Bu ish tartibi protsessorga har bir XBEB siklidan so‘ng o‘zining almashuv siklini kiritishga imkon yaratadi. -Blokni uzatish ish tartibi (bloklab uzatish ish tartibi). Bu ish tartibida bir marotabada ma’lum uzunlikdagi yaxlit axborotlar bloki uzatiladi (64 Kbayt gachan). Bu ish tartibida bittalab uzatish ish tartibiga nisbatan ancha yuqori uzatish tezligi ta’minlanadi, lekin tizimli shinani uzoq vaqtgacha band qilib turishi va protsessorni shinani boshqarishga yo‘l qo‘ymay turishi mumkin. -Talab bo‘yicha uzatish ish tartibi. Bu ish tartibi XBEB so‘ragan qurilma kerak bo‘lgan barcha axborotni olib bo‘lguncha XBEB ni davom ettirishga imkon beradi. -Kaskadli ish tartibi XBEB kanallar sonini oshirish uchun kontrollerlarni birlashtirishga imkon beradi. - XBEB ish tartibida xotiradan xotiraga uzatish imkoni bor, lekin bu kompyuterda ishlatilmaydi. Uzilish kontrolleri holidagi kabi, XBEB kanallarining ikkita ustunlik sxemasi bo‘lishi mumkin, dasturiy tanlanadigan – qayd qilingan va siklik. Dastlabki sxema – qayd qilingan ustunliklar, nolinchi kanal maksimal ustunlikka ega bo‘lib, yettinchisi esa – minimal ustunlikka ega bo‘ladi. Har qanday XBEB so‘roviga xizmat ko‘rsatish vaqtida boshqa so‘rovlar aralasha olmaydilar, ammo ushbu so‘rovga xizmat ko‘rsatish tugagach ustunligi yuqori bo‘lgan so‘rovga xizmat ko‘rsatish boshlanadi. Xuddi uzilishlar kontrolleri holidagi kabi, XBEB kanalining har birini dasturiy maskalash mumkindir. Ish boshlashdan oldin kontrollerning har bir kanaliga protsessor u ishlaydigan ish tartibini ko‘rsatishi kerak, almashuv boshlanadigan xotiraning asos manzilini, uzatiladigan bayt yoki so‘zlarning sonini, xotiraga yozish yo‘nalishini yoki xotiradan o‘qishni (katta manzillardan kichigiga qarab yoki teskarisi). Avtoinitsializatsiyalash ish tartibi ham bo‘lishi mumkin, unda axborot massivini hammasini uzatib bo‘lgach kontroller avtomatik ravishda barcha ko‘rsatgichlarni tiklaydi va buning uchun protsessorning aralashuvi talab etilmaydi. Shuningdek XBEB ni dasturiy so‘rash ham inobatga olingan, uni xuddi apparat so‘rovga xizmat ko‘rsatilgani kabi amalga oshiriladi. Download 257.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling