2. Tishli sektorning ish chizmasi 16-shaklda keltirilgan.
Parametrlar jadvalida, to`la aylanadagi tishlar soni z ko`rsatilgan. Sektordagi tishlar soni zs tasvirda ko`rsatilgan sektor burchagi aniqlanadi.
3. Tishli reykaning ish chizmasi 17-shaklda ko`rsatilgan.
Tishli reykalar tasvirida GOST 2.404-68 ga muvofiq qo`yidagilar ko`rsatiladi:
a) yassi reyka tishli qismining eni;
b) tishli reyka balandligi;
v) reyka tishlari kesilgan qismining uzunligi;
g) qiyshiq tishli reykalarda og`ma tishlarning yo`nalishi va og`ish burchagining qiymati.
4. Konusaviy tishli g`ildiraklarning ish chizmasi 18-shaklda keltirilgan.
Konusaviy tishli g`ildirak tasvirida GOST 2.405-68 ga muvofiq quyidagilar ko`rsatilgan:
a) cho`qqilar konusi katta asosining diametri:
b) cho`qqilar konusi katta asosida gupchagining tayanch tekisligiga qadar bo`lgan masofa;
v) cho`qqilarning konus burchagi;
g) tashqi qo`shimcha konus burchagi;
d) tishli tojsimon qismining eni bo`luvchi konus yasovchisi bo`yicha;
ye) bo`luvchi konus yasovchisining uzunligi;
j) bo`luvchi konus uchidan gupchakning tayanch tekisligiga qadar bo`lgan masofa;
z) sirtlarning g`adir-budurligi;
i) tishlar chekkalarida faskalar o`lchamlari yoki yumaloqlash radiuslari.
Qolgan o`lchamlari va belgilar qildirak konstruksiyasiga muvofiq holda qo`yiladi.
17-shakl
18-shakl
9. Tishli uzatmalarning tasvirlanishi.
1. Tashqi ilashmali silindrik tishli g`ildirak juftini tasvirlash. Aylanma harakat shesternya bilan tishli g`ildirak orqali uzatiladi (19-shakl, b).
19-shakl
Ilashmani chizish uchun beriladigan ma`lumotlar:
G`ildirak – to`g`ri tishli;
Modul m;
Tishlarning soni z1; z2
Tish tojsimon qismining dB1q dB2q dB2qmm.
Avvalo 24-jadval formulalar bo`yicha ilashmaning geometrik parametrlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |