Tasodifiy hodisalar, ularning klassifikatsiyasi
Download 28.04 Kb.
|
tasodifiy hodisalar ularning klassif
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet resurslar
Tasodifiy hodisalar, ularning klassifikatsiyasiDastlab ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri “tasodifiy hodisa” tushunchasini keltiramiz. Natijasini oldindan aytib bo‘lmaydigan tajriba o‘tkazilayotgan bo‘lsin. Bunday tajribalar ehtimollar nazariyasida tasodifiy deb ataladi. Tasodifiy hodisa(yoki hodisa) deb, tasodifiy tajriba natijasida ro‘y berishi oldindan aniq bo‘lmagan hodisaga aytiladi. Hodisalar, odatda, lotin alifbosining bosh harflari …lar bilan belgilanadi. Tajribaning har qanday natijasi elementar hodisa deyiladi va orqali belgilanadi. Tajribaning natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha elementar hodisalar to‘plami elementar hodisalar fazosi deyiladi va orqali belgilanadi. 1.1-misol. Tajriba nomerlangan kub(o‘yin soqqasi)ni tashlashdan iborat bo‘lsin. U holda tajriba 6 elementar hodisadan hodisalar lardan iborat bo‘ladi. hodisa tajriba natijasida ochko tushishini bildiradi. Bunda elementar hodisalar fazosi: . Tajriba natijasida albatta ro‘y beradigan hodisaga muqarrar hodisa deyiladi. Elementar hodisalar fazosi muqarrar hodisaga misol bo‘la oladi. Aksincha, umuman ro‘y bermaydigan hodisaga mumkin bo‘lmagan hodisa deyiladi va u orqali belgilanadi. 1.1-misolda keltirilgan tajriba uchun quyidagi hodisalarni kiritamiz: A={5 raqam tushishi}; B={juft raqam tushishi}; C={7 raqam tushishi}; D={butun raqam tushishi}; Bu yerda va hodisalar tasodifiy, hodisa mumkin bo‘lmagan va D hodisa muqarrar hodisalar bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati Asosiy adabiyotlar 1. B.V.Gnedenko «Kurs teorii veroyatnostey», Moskva, «Nauka» 1987 g. 2. A.A.Borovkov «Teoriya veroyatnostey», Moskva, «Nauka», 1987 g. 3. S.H.Sirojiddinov, M.Mamatov «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika», Toshkent, «O‘qituvchi», 1980 y. 4. B.A.Sevostyanov, V.I.Chistyakov, A.M.Zubkov «Sbornik zadach po teorii veroyatnostey», Moskva, «Nauka», 1989 g. 5. A.A.Abdushukurov, T.A.Azlarov, A.A.Djamirzayev «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan misol va masalalar to‘plami» Toshkent, «Universitet», 2003 y. Qo‘shimcha adabiyotlar Sevostyanov B.A. «Kurs teorii veroyatnostey i matematicheskoy statistiki», Moskva, «Nauka», 1982 g. Shiryayev A.N. «Veroyatnost», 2-ye izd., Moskva, «Nauka»,1989 g. Chistyakov R.P. «Kurs teorii veroyatnostey», Moskva, «Nauka», 1987 g. A.A.Abdushukurov «Ehtimollar nazariyasidan ma’ruzalar matni», Toshkent, «O‘zMU», 2000 y. Gmurman V.YE. «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan masalalar yechishga doir qo‘llanma», Toshkent, «O‘qituvchi», 1980 y. Internet resurslar:http://lib.mexmat.ru; http://www.mcce.ru, http://lib.mexmat.ru www.ziyonet.uz www.exponenta.ru Download 28.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling