Tasodifiy miqdor tushunchasi va uning turlari. Diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni. Ayrim diskret taqsimotlar
Download 105.75 Kb.
|
Diskret tasodifiy miqdor ehtimollarining taqsimot qonuni.Binomal va Pausson qonunlari
4-misol. Pul lotereyasida 100 ta bilet chiqarilgan. Bitta 5000 so’mlik, beshta 1000 so’mlik va o’nta 500 so’mlik yutuq o’ynalmoqda. Bitta lotereya bileti egasining mumkin bo’lgan yutu-g’idan iborat bo’lgan X tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni topilsin.
Echish. X ning mumkin bo’lgan qiymatlarini yozamiz: , , , . Bu mumkin bo’lgan qiymat-larning ehtimolliklari quyidagicha: , , , . U holda izlanayotgan taqsimot qonuni quyidagi ko’rinishda 5.2 – j a d v a l
Yaqqollik uchun diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qo-nunini grafik ko’rinishda ham tasvirlash mumkin, buning uchun to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasida nuqtalar belgilanadi, so’ngra ular kesmalar bilan birlashtiriladi. Ho-sil bo’lgan shakl taqsimot ko’pburchagi deb ataladi. 5.1-rasmda 3-misoldagi X tasodifiy miqdorning taqsimot ko’pburchagi kelti-rilgan. Endi formulalar orqali berilgan ayrim diskret taqsimot-lar — binomial, geometrik va Puasson taqsimotlarini ko’rib chiqaylik. 5.1 - rasm. n ta bog’liqmas tajriba o’tkazilayotgan bo’lib, ularning har birida A hodisa ro’y berishi (muvaffaqiyat)ning ehtimolligi doimiy va p ga teng bo’lsin (demak, ro’y bermaslik (muvaffaqiyatsizlik)-ning ehtimolligi q=1–p ga teng). X diskret tasodifiy miqdor sifatida A hodisaning shu tajribalarda ro’y berishlarining soni-ni ko’rib chiqaylik. X ning mumkin bo’lgan qiymatlari bunday: 0, 1, 2, ..., n. Bu mumkin bo’lgan qiymatlarning ehtimolliklari (4.1) Bernulli formulasi bo’yicha topiladi: , bu yerda k= 0, 1, 2, ..., n. Ehtimolliklarning binomial taqsimoti deb Bernulli formulasi bilan aniqlanadigan ehtimolliklar taqsimotiga ay-tiladi. Bernulli formulasining o’ng tomonini Nьyuton binomi yoyilmasining umumiy hadi sifatida qarash mumkin bo’lgani uchun bu taqsimot qonuni «binomial» deb ataladi: . p + q = 1 bo’lgani uchun tasodifiy miqdorning mumkin bo’lgan qiymatlari ehtimolliklarining yig’indisi 1 ga teng. SHunday qilib, binomial taqsimot qonuni quyidagi ko’ri-nishga ega 5.3 – j a d v a l
Binomial taqsimotga misol sifatida 3-misoldagi tasodi-fiy miqdorning taqsimotini keltirish mumkin. Faraz qilaylik, bog’liqmas tajribalar o’tkazilib, ularning har birida A hodisaning ro’y berishi (muvaffaqiyat)ning ehtimolli-gi r ga ( ), binobarin, uning ro’y bermasligi (muvaffa-qiyatsizlik)ning ehtimolligi q=1–p ga teng bo’lsin. Tajribalar birinchi muvaffaqiyatgacha davom etadi. SHunday qilib, agar A hodisa k-tajribada ro’y bersa, u holda avvalgi k – 1 ta tajribada u ro’y bermaydi. Agar X orqali birinchi muvaffaqiyatgacha bo’lgan tajribalar soniga teng bo’lgan diskret tasodifiy miqdorni belgilasak, u holda uning mumkin bo’lgan qiymatlari 1, 2, 3, ... natural son-lardan iborat bo’ladi. Faraz qilaylik, birinchi k – 1 ta tajribada A hodisa ro’y ber-masdan, k-tajribada ro’y berdi. Bu «murakkab hodisaning» ehti-molligi, bog’liqmas hodisalarning ehtimolliklarini ko’paytirish haqidagi 3.3-teoremaga asosan (5.1) ga teng. Ehtimolliklarning geometrik taqsimoti deb (5.1) formu-la bilan aniqlanadigan ehtimolliklar taqsimotiga aytiladi, chunki bu formulada k = 1, 2, ... deb faraz qilsak, birinchi hadi r ga va maxraji q ga ( ) teng bo’lgan geometrik progressiyaga ega bo’lamiz: CHeksiz kamayuvchi geometrik progressiyaning yig’indisini topsak, tasodifiy miqdorning mumkin bo’lgan qiymatlari ehti-molliklarining yig’indisi 1 ga teng ekanligini oson ko’rish mumkin: . SHunday qilib, geometrik taqsimot qonuni quyidagi ko’ri-nishga ega: 5.4 – j a d v a l
Download 105.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling