Тасвирий санъат дарсларида ўқувчиларда табиатга эстетик муносабатни шакллантириш”


Download 245.5 Kb.
bet6/18
Sana16.06.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1503060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
16.06.18 БМИ Ш. Рўзалиева

Birinchidan, mustaqillik sharoitida inson omili ortib bormoqda,hayotning barcha jabhalarida faoliyat ko’rsatayotgan insonlarning ezgu xislat-fazilatlari,ongliligi ,faolligi,ijodiy qobilyatlari o’smoqda.
Ikkinchidan,O’zbekiston aholisi ko’pchiligining umumiy madaniyati yuksalib borishi jarayonida yangi texnika va texnologiyalar,ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari tobora takomillashib boryapti.
Uchinchidan,yangi ishlab chiqarish munosabatlari,bozor iqtisodiyotning keng o’rin egallab borayotganligi,qonunchilikning yanada rivojlanib,amal qilayotganligi fuqarolarning umumiy madaniyati darajasining yuksalib borishini taqozo etmoqda.
To’rtinchidan,hozirgi davr ilmiy-texnika inqilobi sharoitida elektronika,avtomatika,kibernetika,informatika kabi fanlar ishlab chiqarish sohasini tubdan qayta qurishga imkoniyatlar yaratib bermoqda.Bu hol ishlab chiqarishda band bo’lgan odamlarning ruhiy holatini ham tubdan o’zgarishini, ijtimoiy-ruhiy,axloqiy estetik saviyasini oshirishni taqozo etmoqda.
Beshinchidan,radio matbuot ,ayniqsa, ,,oynayi jahon’’ kabi ommaviy axborot vositalarini turmushdan keng o’rin olishi natijasida axborot hajmining ham keskin ortib borishi estetik tarbiyaga yanada ko’proq e’tibor berishni talab etmoqda.
Avvalari estetik tarbiya o’ta tor va bir tomonlama talqin qilinar,ya’ni uni san’at asarlarini to’g’ri idrok etish,bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror san’at turini bilib olib,muayyan badiiy ko’nikmalarga ega bo’lish doirasida in’ikos etilar edi.
Badiiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibiy qismi bo’lib,u estetik tarbiyaning asosiy mazmuni va maqsad yo’nalishlarini to’la ifodalamaydi.Badiiy tarbiyaning asosiy maqsadi munosabatlarni san’at vositalari yordamida shakllantirishdir.Estetik tarbiya bilan badiiy tarbiyani bir-biriga tenglashtirish ham,qorishtirish ham, qarama-qarshi qo’yish ham xato bo’lardi.Shuni esda tutish lozimki, estetik tarbiya san’at bilan chegaralanib qolmaydi,balki uning asosiy mazmuni insonning voqelikka estetik munosabatini faollashtirish va rivojlantirishdan iboratdir.
Estetik tarbiya insonning estetik ongini shakllantirish jarayonida uni axloqiy,mehnatsevarlik,ekologik jihatlardan ham tarbiyalash vazifalarini qamrab oladi.Estetik tarbiyaning axloqiy tarbiyaga ta’siri shundaki,nafosat olami ezgulik va yaxshilikdan,beg’arazlikdan ajralmagan holda amal qiladi.Estetik tarbiyaning mehnat tarbiyasi bilan birlashib ketishi, mehnat qilish shaxsning tabiiy ehtiyojiga aylanib borishida o’z ifodasini topadi.
Estetik tarbiya bilan ekologik tarbiya bog’liqligi esa tabiatga beg’araz ,insoniy munosabatda bo’lishda jamiyat bilan tabiat o’rtasida hamohang aloqadorlik munosabatlarini o’rnatishda namoyon bo’ladi.
Shunday qilib,estetik tarbiya-estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo’lgan inson shaxsini shakllantirish demakdir.Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga ,estetik orzu mos keladigan voqelikni idrok etish,baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo’lgan inson shaxsini shakllantirishga mo’ljallangan ta’lim-tarbiya sohasidir.
Estetik tarbiyaning eng muhim vositasi sifatida san’at nafaqat badiiy qadruyatlarni idrok qilish,balki,ularni yaratishni ham o’z ihiga oladi.Badiiy qadriyatlarni yaratishda jamiyat a’zolarining ayniqsa, yosh avlodning faol ishtirok etishi muhimdir.Buning uchun esa ularda estetik did farosat va estetik talab ehtiyojlarning rivojlangan bo’lishi zarur.
Estetik tarbiya ijtimoiy faol,har tomonlama va hamohang rivojlangan shaxsni tarbiyalash maqsadiga xizmat qiladi.Yoshlarni har tomonlama ham aqlan,ham jismonan barkamol,axloqan yetuk,ma’naviy pok,estetik idrokli qilib tarbiyalashdek muhim va dolzarb muammolarni hal etishni taqozo qiladi.

Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling