Тасвирий санъат дарсларида ўқувчиларда табиатга эстетик муносабатни шакллантириш”


Estetik tarbiya usullari va vositalari


Download 245.5 Kb.
bet7/18
Sana16.06.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1503060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
16.06.18 БМИ Ш. Рўзалиева

Estetik tarbiya usullari va vositalari
Estetik tarbiya shaxsning estetik kamolotiga ta’sir o’tkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga bog’liqdir
Estetik tarbiya vositalari deb , shaxsning voqelikka estetik munosabatini rivojlantirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat shakllariga aytamiz.Estetik tarbiya omillari va vositalari o’rtasidagi chegara nisbiy va shartlidir.
Muayyan sharoitlarda estetik tarbiya omillari estetik tarbiya vositalari vazifasini o’tashi va aksincha bo’lishi ham mumkin.
Yoshlarni go’zallikka oshno qilish , ularda hayotiy voqealarni to’g’ri tushunish ,oliyjanob his- tuyg’ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Yoshlarda go’zallikni idrok etishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish , kishilarning xursandchiliklariga sherik bo’lish,qayg’usini birga baham ko’rish kabi xususiyatlar shakllantiriladi.
Ayrim yoshlar yasama , sun’iy go’zallik bilan o’zlarini badbashara qilib qo’yadilar, uylar haqiqiy go’zallik yuzning tabiiy latofatida, soda va hushbichim kiyimda ekanligini unutib qo’yadilar.
Kishining tashqi go’zalligi kiyim ranglarining bir-biriga mos kelishida, tabiiylik va soddalikda yaqqol ko’rinadi.Ko’zga tashlanmagan holda husniga tabiiy latofat va nafosat beradigan,ayrim kamchiliklarini bilintirmay ketadigan ust bosh kiygan inson ko’rkam va go’zaldir
Insonning did farosati kiyim- boshida,xatti-harakatlarida,o’zini tuta bilishida ko’zga tashlanadi.Samimiy oqko’ngil,o’ziga talabchan qilib tarbiyalangan inson tashqi ko’rinishida sun’iylik,qalbakilikni ko’rsatuvchi biron –bir bemanilikka yo’l qo’ymaydigan tarzda kiyinishga,o’zini shunga munosib tutishga harakat qiladi.Didli-farosatli kishi hamisha ana shu qiyofani saqlab qoladi. Tashqi qiyofaga e’tibor berish ichki,ma’naviy go’zallikning ifodasi hisoblanadi.
Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi va estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir.Shaxsning estetik taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o’zlashtirish natijasida yuzaga keladi.Bu har xil yo’llar va shakllar orqali amalgam oshiriladi.Shaxsning estetik jihatdan jihatdan rivojlanishida ta’lim va tarbiya hal etuvchi rol o’ynaydi.
Xalq pedagogikasi estetikaning ,,go’zallik-hayot demakdir’’ degan qoidasidan kelib chiqib,o’sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi,mehnatdagi,turmushdagi,kishilar munosabatidagi go’zallikda ishtirok etishini,uning hayotni,san’atni idrok eta bilish qobilyatini shakllantirishni o’zining bosh vazifasi deb hisoblaydi
Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangab bo’lsa,u har qanday ishda ham go’zallikni ko’ra oladi va uni zavq –shavq bilan bajaradi.3
Estetik kechinmalarda har doim xayol ishtirok etadi,busiz go’zallikni idrok etish ham,ijodiy faoliyatni rivojlantirish ham mumkin emas.Xayol faoliyat jarayonida shakllanadi.O’yin, rasm chizish,ertaklarni eshitish xayolning ishlashini talab etadi.Dastlabki vaqtlarda xayol faoliyat jarayonida narsalar bilan ta’sir etish natijasida yuzaga keladi.Keyingi bosqichlarda esa ijodiy faollikning tashqi shakllaridan sekin –asta fikrlashga o’tadi
Estetik tarbiya-o’quvchining estetik faoliyati orqali amalgam oshiriladigan bilim,malaka va ko’nikmalarni,estetik hissiyot,qiziqish,estetik ehtiyoj,estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o’zichiga oladi.
Bular o’yin,mehnat jarayonida,maishiy faoliyatda,ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish orqali,san’at asarlari(badiiy tarbiya)vositasida estetik tarbiya berishdan iborat.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari quyidagilardir:
-badiiy adabiyot,tabiat,mehnat;
-insonlarni o’rab turgan muhit,turmush estetikasi;
-tabiat manzaralaridan olingan taassurotlar;
-san’at asarlari;
-O’quvchilarning tasviriy faoliyatlari;
-Bayramlar,ko’ngilochar tadbirlar,urf-odatlar va an’analar;
-ma’lum maqsadga qaratilgan va rejali ravishda amalga oshiriladigan tadbirlar
Bunday ta’lim tarbiya va go’zallik muhiti insonlarning har tomonlama kamol topishiga,estetik didlarning tarbiyalanishiga yordam beradi.

Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling