5-Mavzu: Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari Mavzu rejasi


Download 48.13 Kb.
bet1/18
Sana05.05.2023
Hajmi48.13 Kb.
#1431487
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
5-Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari


Mashg’ulot turi: ma’ruza
5-Mavzu: Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari
Mavzu rejasi:
1. Tarbiya mеtodlari tushunchasi va ularning tarbiya jarayondagi o‘rni.. . Tarbiya usullari va vositalari
Xalq pеdagogikasida tarbiya mеtodlaridan foydalanish. Sharq allomalarining tarbiya mеtodlari haqidagi fikrlari.
2.Tarbiya mеtodlarn klassifikatsiyasi. Shaxs ongini shakllantiruvchi mеtodlar. Shaxs faoliyatini tashkil etish mеtodlari. Shaxs faoliyati,xulqini rag‘batlantirish va jazolash mеtodlari. O‘z-o‘zini tarbiyalash mеtodlari.3.
3.. Tarbiya mеtodlarini tanlash asoslari
.4. Jamoa haqida tushuncha. Jamoaning pedagogik vazifalari.
O‘quvchilar jamoasining shaxs rivojlanishidagi o‘rni. O‘quvchilar jamoasi - pеdagogik jarayonning asosiy shakli sifatida o‘quvchilar jamoasining asosiy bеlgilari va shakllanish bosqichlari. O‘quvchi yoshlar uyushmalariga pеdagogik rahbarlik.
Tayanch so’z va iboralar; Jamoa, Jamoaning shakllanish tamoyillari. Munosabat, rivojlanish bosqichlari .
Tarbiya metodlari to’g’risida umumiy tushuncha.

Training method (from the Greek "metodos") way of achieving the goal of education; pupils in thinking, feelings and behavior will impact methods. School practices, methods that pupils in thinking, feelings and behavior will impact methods.The creation of new methods of education is not the power of a single teacher. There is always the problem of improving the techniques to solve it each according to his trainer, the education process in accordance with the specific conditions of its richness of expression on the basis of common methods.Techniques, positive and negative, the way educational process highly efficient and effective assessment. The effectiveness of the techniques that can be assessed through the use of the exact circumstances. Teaching methods to select a number of factors.Goals and objectives of education. The aim of the training and techniques allow you to choose the right content. What is the purpose, then it must be in accordance with the methods of achieving it.The nature of the formation of the person on the content of the education and social needs. However, the same task can be filled with a variety of opinions. Therefore, the techniques are not generally content with is very important to connect with the idea.

Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini to‘g‘ri tanlash bir qator omillarga bog‘liq.Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to‘g‘ri tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur. Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir1.

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim tro’g’risidagi qonuni »da: «Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning milliy, madaniy anhanalariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi», deyilgan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, hozirgi kunda shaxs tarbiyasini muvaffaqiyatli, zamon talabi darajasida amalga oshirish va boshqarishni tahminlovchi samarali metodlarni va vositalarni ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari masalasi pedagog olimlar va mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalar hisoblanadi.


Pedagogikada tarbiya metodlari masalasi tarbiya jarayonining murakkab va, shu bilan birga, muhim komponentlaridan sanaladi.
Tarbiya metodlari umumiy ma’noda jamiyat qo’ygan tarbiyaning maqsadlarini va tarbiya jarayoni hal etadigan konkret vazifalarni amalga oshirish yo’llaridir.
Tarbiya metodlari tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning tarbiya maqsad va vazifalarini hal etishga yo’naltirilgan o’zaro birgalikdagi faoliyat usullaridir. Tarbiya metodi «shaxsga yaqinlashishning quroli» bo’lib, u bevosita tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgandir.
SHunday qilib, tarbiya metodlari shunday usullar yig’indisiki, uning yordamida shaxs ongi va xulqiga maqsadga muvofiq ta’sir etish orqali, unda zarur insoniy sifatlar, foydali faoliyat tajribalari va ko’plab axloqiy fazilatlar shakllantiriladi.
Pedagogika nazariyasida tarbiya metodlari bilan birga tarbiya usullari va tarbiya vositalari tushunchalari ham ishlatiladi.
Usul tarbiya metodining xususiy, alohida ma’no kasb etuvchi tushunchasi hisoblanib, u o’sha metod samaradorligi, ta’sirchanligini oshirishga faol yordam beradi. Metodga nisbatan usul yordamchi, xususiy xarakter kasb etadi.
Masalan, mehnat jarayonida mehnat faoliyatini ko’rsatish usul sifatida foydalanilib, jarayonni qanday qilib aniq bajarish yo’li ko’rsatiladi. Hikoya, mahruza metodlarida aniq dalillar keltirish (usul) bilan ko’rsatmalilikka (usul) e’tibor qaratiladi.

Download 48.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling