5-Mavzu: Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari Mavzu rejasi
Faoliyatni tashkil etish metodlari
Download 48.13 Kb.
|
5-Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari
Faoliyatni tashkil etish metodlari
Inson mehnat, bilish va muomalaning subhekti sifatida haqiqatning ilmiy o’zlashtirilishini tahminlaydigan faoliyat jarayonida shakllanadi. Mehnat, bilim, muomala shaxsning rivojlanishi va shakllanishi uchun qurilish materiali bo’lib xizmat qiladigan iroda va quvvatni faollashtiradi, qiziqish, his-tuyg’uni uyg’otadi, yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Faoliyat sog’lom turmush tarzining asosiy sifatida o’quvchilarda ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy xulq tajribalarini boyitishda muhim manba hisoblanadi. Har qanday faoliyat operatsiya va harakatdan tashkil topadi. Operatsiya yaxlit, bir butun faoliyatni tashkil etishga yordam beruvchi kichik jarayonlar, qisqa muddatli holatlardir. Harakatlar - jarayonlar bo’lib, ularning motivlari o’sha faoliyatda mavjud va harakatlar faoliyat tarkibiga kiradi. Tarbiya jarayonida tarbiyachining o’rni shundan iboratki, pedagogik operatsiyalarni boshqarishdan harakatlarni boshqarishga o’tadi, keyinchalik o’quvchilarning faoliyatini boshqarish tomon boradi. Pedagogika nazariyasida qator umumiy qonuniyatlar aniqlanganki, bular o’quvchilar faoliyatiga pedagogik rahbarlik metodini va ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishni belgilab beradi. 1. Ijtimoiy faoliyatlar mahlum tarbiyaviy imkoniyatlarga ega. Lekin bitta ko’rinishdagi faoliyat qolganlarning o’rnini bosa olmaydi. SHuning uchun tarbiyada faoliyatning kompleks ko’rinishlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. «SHaxsiy mahno» kasb etmagan har qanday faoliyat ijtimoiy ta’sir ko’rsata olmaydi. Tarbiyaviy ta’sir natijasida o’quvchilarda faoliyat, maqsad va usullarni tanlashga tayyor bo’lish sifatlari shakllanadi. 4. Agar pedagogik ko’rsatmaning kerakli usullari topilmagan va amalga oshirilmagan bo’lsa, o’quvchi shaxsining shakllanishiga nisbatan faoliyat neytral jarayon bo’lib qoladi. Ushbu ko’rsatmada turlicha metod va usullar o’z aksini topishi, ularda qo’zg’atuvchi va mashq, ijtimoiy xulq tajribalarining shakllanishi tahminlanishi zarur. Kuzatuvchi, harakatlantiruvchi vazifani bajaruvchi metodlar ichida pedagogik talablar eng ahamiyatlilaridan biri hisoblanadi. Talablarda tarbiya jarayonining ichki va tashqi dialektikasi aniq o’z ifodasini topgan. Pedagogik talablar shaxs rivojlanishidan nafaqat ilgarilab ketishi, balki keyinchalik tarbiyalanuvchining o’z-o’ziga talablar qo’yishiga zamin bo’lib xizmat qilishi kerak. Download 48.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling