5-Mavzu: Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari Mavzu rejasi


Tarbiya metodlari tasnifida quyidagi nazariy jihatdan muhim deb hisoblangan asosga tayanish mumkin


Download 48.13 Kb.
bet4/18
Sana05.05.2023
Hajmi48.13 Kb.
#1431487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
5-Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari

Tarbiya metodlari tasnifida quyidagi nazariy jihatdan muhim deb hisoblangan asosga tayanish mumkin.1. Falsafaning, undan so’ng pedagogikaning har qanday metodi (jumladan, tarbiya metodlari ham) haqiqatni bilish va uni o’zgartirish yo’li sifatida talqin etildi.
2. O’quvchini tarbiyalash jarayoni alohida murakkab faoliyat bo’lib, uning markazida bola xulqi, dunyoga va odamlarga munosabati, murakkab ichki dunyosi, yosh va o’ziga
xos xususiyatlari bilan, maxsus va stixiyali tarzda egallagan bilim va tajribalari bilan ajralib turuvchi shaxs yotadi.
3. Tarbiya metodlari yuqoridagilar bilan birga tarbiya jarayonining murakkab komponenti hisoblanib, u tarbiya maqsadi, mazmuni, shuningdek, tarbiyachi oldiga qo’yiladigan vazifalarni hal etishga yo’naltirilgan. Tarbiya metodlari o’z o’rnida tarbiyalanuvchi shaxsining shakllanishida uning
barcha o’ziga xos tomonlarini hisobga olishi kerak: tarbiyalanuvchining tarbiyalanganlik darajasi, kelajakdagi rivojlanishi va keyingi turmush tarzidagi o’rni hisobga olinishi zarur.
4. Tarbiya jarayoni shaxs shakllanishi kabi turli qarama-qarshiliklardan iborat bo’lib, tarbiya metodlari shaxs faoliyatidagi o’zgarishlarni korrektirovka qiladi, noqulay sharoit va stixiyali ta’sir tufayli yuzaga kelgan salbiy qarashlar, usullarni, sifatlarni tuzatish bilan ham shug’ullanadi.

  1. Tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Shaxs ongini shakllantirish metodlari.

  2. Faoliyat, muomala, ijtimoiy xulq tajribalarini tashkil etish metodlari.

  3. Faoliyat va xulqni rag’batlantirish va motivlarni chuqurlashtirish metodlari.

  4. Faoliyat va xulqni nazorat qilish, o’z-o’zini nazorat qilish, o’z-o’zini baholash metodlari.

Ushbu metodlarni ajratishga shaxs faoliyatining yaxlit tizimi asos qilib olingan bo’lib, u faoliyat jarayonini anglab yetish, uni tashkil etish, faoliyatni rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil etishni o’z ichiga oladi.
Pedagogik jarayonning rivojlanish dialektikasida tarbiya metodlari murakkab va ziddiyatli birlikda ishtirok etadi. Hal qiluvchi ahamiyatga bu o’rinda ayrim birlashgan vositalar mantiqi emas, balki ularning tizimini o’zaro uyg’un tarzda tashkil etish ega bo’ladi. Albatta, tarbiya jarayonining mahlum bosqichida bu metod alohida ajratilgan holda qo’llanilishi mumkin. Lekin boshqa metodlar yordamida, ular bilan bevosita bog’liq holda qo’llanilmasa, o’zining ahamiyatini yo’qotadi, ko’zlangan maqsad sari borish jarayonini sekinlashtiradi.

Download 48.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling