Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini olib borishning me’yoriy asoslar
Download 34.24 Kb.
|
Abduqosimova Nargiza (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kundalik hisobot.
2. Ko'rgazmali: Bolalar ishlarini saqlash, tasviriy faoliyat bo'yicha bolalar ishlarini saqlash tarbiyachiga guruhdagi u yoki bu bolaga tasviriy malaka va ko'nikmalarni egalladimi, yo'qmi, tevarak-atrof go'zalligini, rang va shaklni ko'rishga o'rgandimi, yo'qmi? Shu masalalarni hal etishga yordam beradi. Har bir bolaning ishi belgilangan bo'lishi lozim. Bola chizgan yoki yopishtirgan ishining orqa tomonida uning ismi-familiyasi, mashg'ulot o'tkazilgan sanani ham yozish kerak. Bolalarning chizgan ishlarini alohida papkalarga solish yoki ularni albom holiga keltirib qo'yish mumkin. Eng qulayi ishlarni tikib qo'yish, ya'ni hamma mashg'ulotlarni yig'ib, o'rtasidan uzun tasmasimon qog'oz bilan bog'lab qo'yishdir. Bu tasmaning kengligiga, yoshi, mashg'ulot nomi, familiyasi, tarbiyachining o'tkazgan sanasi sig'ishi lozim. Shunga qarab, loy ishlarini (har bir bolaning 3 ta ishi 1 yil saqlanishi lozim) saqlashda ham o'quv yilining boshi, o'rtasi va oxiri bo'yicha ajratish maqsadga muvofiqdir. Bu esa malaka va bilimini tahlil qilishga yordam beradi.
Kundalik hisobot. Bu hisobot bolalar berilayotgan bilimlarni qay darajada egallayotganlarini aniqlashda yordam beradi. Tarbiyachi bu hisobotida bolalarning davomati va mashg'ulot davomida o'zini qanday tutganligi, ularda ro'y berayotgan sifat o'zgarishlar belgilab boriladi. Bu hisobot har kunning oxirida yozib boriladi. Kundalik hisobotda tarbiyachi mashg'ulotlardagi yutuq va kamchiliklarni aniq ko'rsatib bermog'i lozim. Bunda yangi berilgan bilimni bola qay darajada egallaganligi, individual bolaning ismi, familiyasi aniq ko'rsatib, olib borilishi lozim. Masalan, o'rta guruhda loy mashg'ulotida Tolipov Husan qushlarning shaklini obrazli yaratishga harakat qildi, kaftlari orasida loyni to'g'ri eshdi. Komilov Shuhrat bugungi mashg'ulotda passiv qatnashdi. Shaklning qismlarini proportsiyalarga bo'lishda xatoliklarga yo'l qo'ydi, deb yozish mumkin. Tarbiyachi bu hisobot yordamida qaysi bolada berilgan bilimlarni egallashda sustlik sezilganligini aniqlab oladi, So'ngra esa bu bolalar bilan alohida mashg'ulotlardan tashqari vaqtda individual ishlaydi. Download 34.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling