Tasviriy faoliyat metodikasi fanidan 2-kurs( Maktabgacha ta`lim) maxsus sirtqi talabalari uchun 1-mustaqil ish


Download 91.5 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1777418
  1   2
Bog'liq
Tasviriy faoliyat metodikasi


Tasviriy faoliyat metodikasi fanidan 2-kurs( Maktabgacha ta`lim) maxsus sirtqi talabalari uchun 1-mustaqil ish

  1. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyat metodikasining ilmiy-nazariy asoslari” mavzusi asosida 10 ta test tuzing. To`g`ri javobini qoraytirib qo`ying (жирный). 2ball

1.Naqshlar shakli qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?


A)doira kvadrat yo’l-yo’l
B)* yo’l-yo’l, kvadrat, to’g’ri to’rt burchak, kup burchak,doira
C)uchburchak, to’g’ri to’rt burchak, olti burchak
D)kvadrat, uchburchak, doira

2.Jahonda bo’lmasa muallim agar,Hayot ham bo’lmasdir go’zal bu qadar


She’rning aftori kim?
A)*A.Oripov
B)I.Vohidov
C)A.Jomiy
D)G’.G’ulom

3.Qurish-yasash mashg’ulotlari uchun (kichik guruhlarga) har-xil mayda nimalr kerakligini aniqlash?


A) qurilish materiallari
B)o’yincholar
C)*konstruktorlar
D)tashlandiq materiallar

4.Tasviriy faoliyat dasturining tuzilish prensiplari nechta?


A) 6 B)5 C)*7 D)8

5.Badiiy obrazlarini ifodali yaratishda asosiy vosita


A)na’muna
B)* rang
C)personaj
D)qog’oz

6.Tasviriy san’at janrlari?


A)natyumort
B)portert
C)*tarixiy jon manzalarini aks ettiruvchi manzara portret
D)animal maishiy

7.Loy yoki plastilinga kaftlarga ishlov berish usullarini ayting?


A)aylantirish, yalpoqlash, g’ildiratish
B)dumalattirish,yalpoqlash,g’ildiratish
C)bosib yalpaytirish, izish, dumalattirish
D)* dumalattirish,yalpoqlash,g’ildiratish aylantirish

8. Bolalar o’yinlari uchun mo’lajallangan buyum?


A)qog’oz,qalam
B)* o’yinchoq
C)loy,plastin
D)tarqatma material

9.Mevalar sabzavotlar va ruzg’or buyimlarining bir nechtasini birgalikda tasvirlanishi….. deb ataladi?


A)rasm
B)portret
C)kartina
D)*natyumort

10. Qavariq o’yinchoqlar deb nimaga aytiladi?


A)hajmga ega bo’lgan o’yinchoqlar
B)burtib chiqqan o’yinchoqlar
C)*hajmga ega bo’lgan o’yinchoqlar va burtib chiqqan o’yinchoqlar
D)dedaktik o’yinchoqlar

  1. “Buyuk san’atshunos olimlarning tasviriy san’atga qo’shgan xissasi” mavzusi asosida

Tasviriy sanʼat — rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi; voqelikni uning osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy sanʼat turlari oʻz xususiyatlariga qarab real borlikni obyektiv mavjud sifatlari — hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va oʻzgarishlari hissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmga. oʻtish mumkin. Tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin boʻlgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi (fabula), erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni gʻoyaviy oʻzlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tasviriy sanʼat insonning ruhiy qiyofasini, uning oʻzgalar bilan oʻzaro munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi. Baʼzan mavjud boʻlmagan, rassom tasavvurining mahsuli boʻlgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks ettiradi. Davrning faqat hissiy holatigina emas, balki uning gʻoyaviy mohiyati, siyosiy, falsafiy, estetik va etik gʻoyalari ham Tasviriy sanʼatning mazmuniga aylanadi. Tasviriy sanʼat obrazlarining koʻrgazmaliligi rassomga hayotning muayyan hodisasiga oʻz munosabatini yuksak darajada ifodalashiga imkon beradi; shu tufayli hayotni bilishning faol shakli sifatida jamiyatning ijtimoiy hayotida, maʼlum tizimning ommaviy ongini qaror topishida muhim rol oʻynaydi. Olamni bilishning shakllaridan biri sifatida ijtimoiy ongni shakllantiradi hamda xalq orzu-umidlarini ifodalash shakli sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy sharoitda umumgʻoyaviy kurashlarning bir boʻlagi sifatida namoyon boʻladi.

Insoniyatning mehnat faoliyati, eʼtiqodlari, diniy qarashlari zaminida Tasviriy sanʼat paydo boʻlgan va rivojlangan. Qad. tosh asrining ilk bosqichidayoq inson oʻz ehtiyoji uchun zarur boʻlgan buyumlarni yaratish, libos, turar joylar tayyorlash jarayonida qulaylik, maqsadga muvofiqlik tushunchalari rivojlanib, ritm, simmetriya hissi ortdi. Marhumlar bilan vidolashuv, dafn marosimlarida marxumlar qabriga turli buyumlar qoʻyish odatlarida Tasviriy sanʼatning fazoviy fikr yuritish, fazoviylik, kenglik, olam tushuncha va tasavvurlari shakllanib bordi. Tosh, suyak, keyinchalik sopoldan ishlangan turli shakl va haykallarda, qoyatoshlarga, gʻor devorlariga chizilgan, rangda ishlangan rasmlarda ibtidoiy insonning mehnat faoliyati, dunyo, borliq haqidagi oʻy-xayollari, oʻzga dunyo toʻgʻrisidagi tasavvurlari mujassamlashgan (qarang Ibtidoiy sanʼat).

Ijtimoiy jamoa tuzumining inqirozi hamda mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralishi Tasviriy sanʼat rivojida muhim oʻrinni egallaydi. Tasviriy sanʼat inson faoliyatining maʼlum sohasiga aylanib davr ruhiyati, uning siyosiy, maʼnaviy va nihoyat estetik qarashlarini aks ettiruvchi manbaga aylandi. Qad. Sharq mamlakatlarida, jumladan Qad. Misrda Tasviriy sanʼat insonning dunyo, borliq toʻgʻrisidagi tushuncha va tasavvurlarini, xudolar darajasiga koʻtarilgan firʼavnlarni ulugʻlash quroliga aylandi. Yunonistonda Tasviriy sanʼat jamiyatning erkin fuqarosiga qaratilgan va antik mifologiyaning gʻoyalarini plastik moddiylashtirilgan koʻrinishida kamol topdi, Qad. Rim realizmida murakkab inson jismi namoyon boʻldi.

Insoniyat sivilizatsiyasining muhim oʻchoqlaridan hisoblangan Oʻrta Osiyo, uning ajralmas qismi Oʻzbekiston hududida ham Tasviriy sanʼat ijtimoiy hayotda muhim oʻrin egallab, davr hamda inson tafakkuridagi nozik oʻzgarishlarni oʻzida aks ettiradi. Zarautsoy rasmlari, Xorazm, Sugʻd, Baqtriya mahobatli haykal va rangtasvirlari shuning dalilidir.

O‘rta asrlar Tasviriy sanʼati uslub jihatidan rang-barang, turlari keng va xilma-xil, bu davrda mahobatli haykaltaroshlikning nodir namunalari yuzaga keldi. Hindiston, Indoneziya, HindiXitoy o‘lkalarida betakror haykaltaroshlik asarlari yaratildi. O‘rta Sharq mamlakatlarida miniatyuraning o‘ziga xos turi yaratilgan bo‘lsa, O‘rta asr Yevropa madaniyatida haykaltaroshlik va rassomlik diniy eʼtiqod va dunyoqarashlar zaminida o‘ziga xos yo‘nalish va, mazmun kashf etdi, ikona sanʼati ravnaq topdi. Roman uslubi va gotikaaa barpo etilgan meʼmoriy obidalarda sanʼatlar sintezining ajoyib namunalari yaratildi.

13—16-asrlar Tasviriy sanʼatida dunyoviy mavzu va qarashlarning kuchayib borishi tasvirlarda borlikda mavjud shakl va ko‘rinishlarning ortishi bilan belgilanadi. Shu harakat va taraqqiyotda Tasviriy sanʼatning qonun-qoidalarini ilmiy asosda o‘rganishga qiziqish ortdi. Optika, anatomiya, perspektiva, nursoya nazariyasiga oid muhim tadqiqotlar qilindi. Moybo‘yoq texnikasi mukammallashdi, ijodkorlar antik sanʼat anʼanalariga tayangan holda Uyg‘onish davri insonparvarlik g‘oyalarini moddiylashtirishga harakat qildilar.

17—19-asrlarda Tasviriy sanʼat uslub jihatidan rang-barang, milliy mahalliy maktablar rivoji bilan sanʼat olamining kengayishi boshlandi. Bu davrda, ayniqsa, monumental sanʼat o‘zining haqiqiy gullash davrini boshidan kechirdi, rassomlar, meʼmorlar, haykaltaroshlar, hunarmandlar sanʼatlar sintezining ajoyib namunalarini yaratdilar. Bu yutuqlarda rassom va haykaltaroshlarning o‘rni alohida. Tasviriy sanʼat tur va janrlari ko‘paydi, realistik yo‘nalishdagi janrlar (portret, manzara, natyurmort, maishiy janr) yetakchi o‘ringa chiqa boshladi. Uyg‘onish davri Tasviriy sanʼatiga xos bo‘lgan vazminlik, chiziq, rang, faktura mutanosibligi o‘rnini jo‘shqin shakl va ranglar o‘yini egallab bezakdorlik xususiyatlarining ortishi kabilar kuzatiladi. 17-asrdan Tasviriy sanʼatda klassitsizm yo‘nalishi hukm surgani holda borliqni o‘ziga o‘xshash shakllarda aks ettiruvchi asarlar yaratilishi ortib bordi. Akademik taʼlim tizimining yo‘lga qo‘yilishi professor sanʼat maktablarining taraqqiyotini taʼminladi. Mumtoz (klassik) realistik (akademik) sanʼat uslublaridan chekinish, noanʼanaviy uslublar izlashga intilish boshlandi. Bu hol impressionizm, postimpressionizm va boshqa uslublarning shakllanishi va rivojlanishida o‘z ifodasini topdi.


20-asr Tasviriy sanʼati murakkab va ziddiyatli. Bir tomonda klassik realistik sanʼatning talab va uslublari saqlangani holda uni ifodaviyligiga eʼtibor qaratilishida, ishlangan har bir obrazni chuqur majoziy mazmunlar bilan to‘ldirishga intilish kuzatilsa, aksincha noanʼanaviy Tasviriy sanʼat uslubida yangi ifoda va tasvir vositalarini topishga, butunlay yangicha sanʼat yaratishga intilish harakati kuchliligi namoyon bo‘lmoqda.
tasviriy san`at rivojlanishiga xissa qo’shgan rassomlar familiya ismi va ijod yillarini yo’zing. 2ball

Abdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich (1918.30.12, Turkiston shahri) – rangtasvir ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1968), Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi faxriy a’zosi


Chingiz Gabdurahmonovich Ahmarov (1912.18.8, Troitsk shahri, hozirgi Chelyabinsk viloyati – 1995.13.5, Toshkent) – monumentalist rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi
Hakimov Jalil (1920. 16.5 - Toshkent — 1980.29.10) — naqqosh. Toshkent naqqoshligining yirik vakili; Oʻzbekiston xalqrassomi
Vladimir Aleksandrovich Riftin (1903.1(13).1, Sarapul sh., Udmurdiya — 1987.2.1, Toshkent] — teatr rassomi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1950).
Boris Aleksandrovich Kim (1922. 10.10, Vladivostok — 1996.3.6, Buxoro) — teatr rassomi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1970).
Choriyev Roʻzi Choriyevich (1931.28.8, Sherobod tumani, Poshxurd qishlogʻi — 2004.18.9, Toshkent) — rang-tasvir ustasi. Oʻzbekiston BA faxriy akademigi (1997). Oʻzbekiston xalq rassomi (1987).
Cheprakov Konstantin Pavlovich (1907.13.9, Ukraina, Berdyansk shahri — 1972.31.5, Toshkent) — moyboʻyoqchi rassom, grafik. Oʻzbekston xalq rassomi (1967).
Neʼmat Mirzaboyevich Qoʼziboyev (1929.20.7, Fargʻona — 2004.14.5, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1970).
Nikolay Grigoryevich Karaxan (1900.17.5, Togʻli Qorabogʻ muxtor viloyati — 1970.18.6, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1950)
Ortiq Fayzullayev (1933.1.5, Toshkent) — yogʻoch va suyak oʻymakori, Oʻzbekiston BA akad. (1999). Oʻzbekiston xalq rassomi (1997).
Vladimir Yelpidiforovich Kaydalov (1907.27.7, Barnaul — 1985.21.4, Tosh-kent) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1957).
Anvar Mirsoatov (taxallusi Mirzo Anvar, 1939.13.2, Toshkent) — manzarachi rassom, rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2001).

  1. “Mаktаbgаchа tа`lim tashkilotlаrning "Ilk qadam" o`quv dasturida tasviriy, faoliyatning o`rni ” mavzusi asosida tayyorlangan savollarga javob bering. 2ball

Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati


Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni
qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun
maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi.
Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi
rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning
rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim
muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil
qilishi mumkin:
• ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga
olish;
• ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
• ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
• ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash.
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda
foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba,
bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos
hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish
mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan
bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.

  1. “Mаktаbgаchа yoshdаgi bоlаlаrni tаsviriy qоbiliyati vа ijоdkоrligini rivоjlаntirish” mavzusi asosida 6 ta so`zdan iborat krossvord tuzing. 2ball







Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling