Tasviriy san’at” kafedrasi
Plenerda naturani yaxlit idrok qilish va rang munosabatlari bilan ishlash usuli
Download 390.11 Kb.
|
KURS ISHI METODIKA
Plenerda naturani yaxlit idrok qilish va rang munosabatlari bilan ishlash usuli.
Xaqqoniy tasvirlash etyudning rangdorlik qatorining qurilishiga, naturaning rang munosabatlari mutanosibligiga asoslanadi. Rang munosabatlarini aniqlanishi bir vaqtning o‘zida manzara obyektlarini yaxlit taqqoslashda amalga oshiriladi. Shuning uchun plenerda ishlashdan oldin yetiborni mavjud ko‘rinishning hammasini yaxlit idrok etishga yo‘naltirish muhim. Faqat shunday yaxlit ko‘rish manzaraning asosiy obyektlari (osm on, yer, suv, old va uzoqdagi ko'rinishlari) orasidagi ranglar farqini aniqlashga imkoniyat tug‘diradi. Manzaraning (osmon, yer, daryo va h.k) barcha obyektlarini ishlash vaqtida birdaniga yahlit ko‘rish qiyin. Manzaraning barcha obyektlarini yaxlit idrok qilish uchun ancha kengroq ko‘rish maydonini talab qiladi. Naturani yaxlit qabul qilishda yordam beradigan mashqlarga intererdagi natyurmortni bajarish, keyin esa, ayvonda yoki ochiq deraza tokchasida turgan gullar dastasini tasvirlashni maslahat beramiz. Mashqlarni bajarishda natyurmort. interer, gullar dastasi, deraza pardasi, deraza orqasidagi shahar ko‘rinishlarini ham birdaniga idrok qilib ko‘rish juda muhim. Asosiy ran g m u n o sab atlarn i idrok qilish va tasvirlash Har qanday tasvir mayda qismlardan emas, yahlitlikdan boshlanadi. Dastlab katta umumiy shakl topiladi, keyin esa mayda bo‘laklari ishlanadi. Shu munosabat bilan tasvirlash jarayoni qoidasi mavjud: um um iydan-m ayda bo‘laklarga va yana umumlashtirishga. Manzara etyudini ishlash yahlit asosiy munosabatlarni qurishdan manzaraning asosiy obyektlari (osm on, yer, suv, old, o ‘rta va olisdagi ko'rinishlari bilan) orasidagi rang farqlaridan boshlanadi. Manzaraning obyektlaridagi asosiy munosabatlarning to‘g‘ri olinishi keyingi rang qurilishi, mayda bo‘laklarni tasvirlashda ishni osonlashtiradi. Agarda asosiy rang munosabatlari noto‘g‘ri topilgan bo’lsa, reflekslar va ranglardagi nozik farqlar, mayda qismlarni qanchalik sinchiklab (astoydil) bajarilmasin, mazmunli tasvir hosil bo‘lmaydi. Plenerda boshlang‘ich ishlar jarayonida kichik etyudlar (15 x l0 sm ) bajarish zarur. Q o‘yilmadagi keskin kon 0‘.Tansiqboyev. «Sirdaryo». trastlar (tusli va rangdorlik) ko‘rish taassurotlari bo‘yicha taqqoslanadi. Birinchi navbatda old ko'rinish munosabatlari olisdagiga nisbatan aniqlashtiriladi. Qoida bo‘yicha kichik o‘lchamdagi etyudlarda maydalangan qismlarni idrok etish mumkin emas. Yosh rassom naturani aynan "ko'chirmasdan", balki yaxlit rang munosabatlarida tasvirlaydi. Tus va rang munosabatlari metodi bilan etyudni bajarish aslida naturadagi och -to‘qlik, intensiv va to ‘q rang dog‘larni aniqlashdan boshlanadi. Ular oraliqdagi tus va rang dog'larini kuchi jihatdan taqqoslanadi. Manzarada, masalan, quyosh nuri bilan yoritilgan yashil yalanglik eng yorug‘ va rang bo'yicha yorqin boMishi, to‘q tusda esa old ko‘rinish. Manzaraning umumiy rang munosabatlarini topish maqsadida talaba vazifani yetarli darajada savodli uddalay olmasa qisqa vaqtli etyudlami ko‘p marta takrorlash zarur. Dastlab tasvirlash uchun uncha murakkab bo'lmagan yopiq kenglikli syujetlar (masalan, qisman hovlili uyni va h.k.), obyektlar bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Keyin vazifani biroz murakkablashtirib, bir nechta ko‘rinishga (old, o ‘rta va uzoq) ega bo‘lgan ochiq kenglikdagi manzarani tanlash zarur. Bu etyudlarda esa e’tiborni havoyi perspektivaga, osmon rangi, manzaraning barcha obyektlarini nozik farqlari bo‘yicha och -to‘qligi va to‘yingan ranglarining o ‘zgarishlariga qaratish kerak. Ularni baravar idrok qilishda manzarani barcha ko'rinishlarini taqqoslash y o ii bilan sezish mumkin. Masalan, old ko‘rinishdagi daryo qirg‘og‘ini ikkinchi va yiroqdagi ko'rinishlari bilan bir vaqt o ‘zida osmonning suvdagi aksi bilan ham qiyoslanadi. Etyudning rangdor munosabatlari yaxlit belgilanmaguncha uning bir qismini tugatish mumkin emas. Har bir etyud 30 daqiqadan 1 soatgacha davom etadi. Y oritilishning umumiy va rangli holati Manzara etyudida yechiladigan muhim vazifa — turli ob-havoda, kunning istagan vaqtini, yoritilgan holatini tasvirlashdir. Professional tilda buni umumiy tus va rang holatini ko‘rsatishga aytiladi. Xoxlagan etyudning rang qatori faqat narsalarning ranglaridagi tus va rang munosabatlariga mos bo‘lmasligi kerak. Etyudning rang farqlari, albatta, naturaning yoritilgan holatini hisobga olib qurilishi zarur. Bulutli kunda ko'katlar rangi ancha quyuq (qoramtir) va kam to'yingan bo‘ladi. Qosh qorayganda hamma narsalar to‘qlashadi, qizil, zarg‘aldoq va sariq ranglar to‘yinganligi jihatidan xiralashadi, yashil bilan zangori rang esa faollashadi. Shuning uchun bunday holatlarni hisobga olmasdan manzarani tasvirlab bo‘lmaydi. Running istalgan vaqtida yoki turli ob-havo sharoitida tasvirlangan etyudlar, umumiy tus va rang jixatdan bir-biridan farq qilishi lozim. "Manzarada — deydi R. Falk, — asosiysi — havoyi muhitning rangli holatidir". Manzara ko‘rinishlarini yuqori yoki past darajada yoritilgan holatini tasvirlash uchun to‘liq diapazonli och - to‘q, yorqin va qoramtir bo‘yoqlardan rassom har doim ham foydalana olmaydi. Ishni boshlashdan oldin rassom etyudda naturaning eng yorqin va intensiv qismlarini qanchalik yorug’ va rang kuchlariga ega ekanligini aniqlaydi. Quyoshli kunda etyud bajarishda palitradagi yorqin va jozibali diapazonini to‘liq ishlatadi. Kechqurin yoki bulutli kunda etyuddagi rang munosabatlari to‘qroq va kam to'yingan bo’yoqlar bilan ifodalanadi. Rangtasvirchi shunday qilib tus va rang ko‘lamini saqlab qoladi. Masalan, I. Repinning "Kursk gubemiyasida cherkov namoyishi” kartinasida ranglar nihoyatda jozibali. U asarda quyosh nurini sezdira olgan. Uning "Targ'ibotchining hibsga olinishi" kartinasi qoramtir va quyuq bo'yoqlar bilan tasvirlangan. Manzara etyudining yoritilishi holatini puxta o ‘rganish uchun bulutli, quyoshli kunda, yoz va qishda aynan bir mavzuni tasvirlash juda foydali. Qator bajarilgan etyudlarni solishtirib, manzaraning turli holatini jozibali xususiyatlarini sczish mumkin: barcha etyudlarda eng yorqin va ravshan dogiar palitraning yorqin to'yingan bo‘yoqlarida tasvirlangan. Manzara obyektlarida kolorit birligi va yoritilish rangi Manzarani munosabatlar metodi bilan tasvirlash jarayonida yosh rassom tabiatning haqiqiy bo‘yoqlarini tushunishga, ularning asl rangini umumiy tusi bilan mosligini ko‘rishga birdaniga erishmaydi. Tabiatdagi bo‘yoqlami noto‘g‘ri tahlil etish natijasida rassom rang va tus munosabatlarini adashtirib etyudni jozibali chiqishiga erisha olmaydi. Ayniqsa tajribasiz rassom yoritilishning umumiy rangi ta'sirida tabiatdagi o'zgargan ranglarni yaxshi sezmaydi. Ertalabki quyosh barcha narsalarga va manzara obyektlariga pushti — sariq nozik rangni, kunduzgi quyosh esa — oltinsim on, kechqurungisi — to ‘q sariq yoki qizil rangni baxsh etadi. Tungi oy yorugiigi narsalar rangini ko'kimtir yashil tomonga o'zartiradi. Elektr chirog‘ida narsalar ochto‘q sariqni, sham esa — to‘q sariq bo'yoqni xadya etadi. Demak, yoritilishning o'zgaruvchan sharoitida narsalar rangi yoritilish manbai ta'sirida boiadi. Yoppasiga bulutlar quyuni bilan qoplanib yorugiigi tarqatilgan osmonda narsaning shaxsiy rangi — ko‘proq namoyon bo’ladi. Bulutli kunning yengil tekis yorugiigi narsalarning shaxsiy ranglaridagi xarakter va xususiyatlarini aniqlashga imkon tug'diradi. Manzaraning turli yoritilgan holatdagi etyudlarni bajarish uchun bulutsiz quyoshli kun, bulutli osmondagi quyosh yoru giigi, kunbotar vaqt, bulutli kun, qoshqoraygan paytlarni tanlash mumkin. Bunday yoritilgan sharoitlarda mashqlarni bajara turib barcha e'tiborni tabiatdagi umumiy tus va rang holatining o ‘zgarishlariga qaratish lozim. Manzara etyudlarida'- tus va rang yaxlitligi va birligini yo‘qligi ranglarning maydalanishiga va pala-partishlikka yo’l qo‘yilishi ishning sifatini buzadi. Bunday etyud ifodali bo’la olmaydi va tomoshabinga nozik ta’sir etmaydi. M.A. Vrubelning "Nastarin" va I.N. Kramskoyning "Oydin kecha” mavzuidagi asarlari rang jozibasi hamda asarning yaxlit topilishi bilan tomoshabinni o‘ziga maftun eta oladi. Manzarada mayda bo’laklarni tasvirlash. Mazmun jihatdan ancha murakkab va uzoq davomli manzara etyudlarini ishlashga o'tishdan oldin, naturaning umumiy ranglar munosabatini tasvirlashga qisqa vaqtli etyudlarni bajarish bilan, masalan, arralangan daraxt tanasining bir bo'lagi yoki bir necha toshlar, osmondagi bulutlar to'plami kabilarni ishlash zarur. Ranglar dog‘ o‘z - o‘zidan narsa yoki obyektning aniq shakllarisiz bezakli tasvirdan boshqa hech narsani ifodalamaydi. "Tabiatni to‘laqonli tasvirlash va uning go‘zalligini ko‘rsatish uchun — deydi T. Russo — daraxtlar yerda mustahkam turishi, ularning shoxlari esa oldinga intilishi, qolgan qismi polotno ichiga kirib ketgandek tuyulishi, xuddi tomoshabin daraxtni atrofida aylanib o ‘ta oladiganday tasavvur qilishi kerak. Har bir bo‘yoq surtmasi shunchaki yuzaki qo‘yilmasdan, xar bir surtma yaxlit bo‘lishi va biron-bir narsani aniq ifodalashi kerak". Etyudda aniq obyektlarni tasvirlash ishi naturadagi manzara va muhit detallaridagi asosiy rang munosabatlarini aniqlashdan boshlanadi. Keyin esa obyekt shakli, uning hajmi va h.k. astoydil ishlab chiqiladi. Bularning hammasi yoritilishning umumiy kolorit holatini to'g'ri hisobga olib rang bilan hal qilinadi. Manzarani tasvirlashda tabiatni sinchiklab o'rganishni talab qiladi. Har bir daraxt alohida o ‘zining xarakterli tuzilishiga ega. Tabiatni turli holatlarda, ko'katlar bilan butalar, har xil daraxt turlarining xarakterli xususiyatlarini rang bilan tasvirlashni o'rganish uchun naturadan juda ko‘p etyudlar bajarish kerak. Manzaraning obyektlarini bo‘yoqlar orqali tasvirlash bilan barobarida qalam bilan ularning murakkab shaklini chizish ham zarur. Manzaraning alohida obyektlarini va mayda bo‘lak ishlanmalariga qaratilgan mashqlarni bajarish bilan bir qatorda ochiq havoda qator natyurmortlar bajarilsa yaxshi boiadi. Plenerda (quyoshda, soyada va h.k.) yoritilish sharoitiga qarab natyurmortni joylashtirib, qator mashqlarni bajarish maqsadga muvofiqdir. Daraxt soyasiga qo'yilgan natyurmort osmon va daraxt yaproqlari reflekslari ta’sirida o‘zgacha ko‘rinadi. Yashil yaproqlar va ko‘k osm on — bu ikki rang natyurmortning barcha ranglar qatorini belgilaydi. Bunday natyurmortga misol tariqasida A.A. Plastovning "Yoz" kartinasini ko'rish mumkin. Daraxt soyasida qiz bilan ayol tasvirlangan. Osmondan kumushsimon sovuq rang, soyalari esa yashilroq ranglarga ega. Ko‘pgina aks va shu’lalar mavjudligi tufayli bulutli ob-havoda yorug‘ - soyalar o‘z kontrastligini yo‘qotadi va yengil tashqi ko'rinishlari va yumshoq soyalari bilan fazoviy muhitni yaratadi. Shakllarni modellash shunday amalga oshiriladiki, har bir narsa hajmini va materialligini umumiy yoritilish va muhit ta'siri natijasida paydo bo’lgan nozik ranglar bilan ko'rsatiladi. Bulutli ob - havoda koloritni xarakterli holatini A.A. Plastovning "O‘rim" kartinasining natyurmort qismida ko‘rish mumkin. Kartinadagi voqea bulutlar bilan qoplangan tush vaqtida sodir boigan. Nartyurmortdagi narsalarning yorug‘-soyasi bir-biridan kam farqlanadi. Kechki yoritilish holatidagi natyurmort rangtasviri misolida rassomni boshqa "Traktorchilarning kechki ovqati" asarida ko‘rish mumkin. Narsalarning yoritilgan qismi qizil, to‘q sariq ranglar bilan, soyalari esa quyuq to‘q ranglarda tasvirlangan. Kartinada keskin ranglar gammasi o ‘yini tasvirlangan bo’lib, asar nihoyatda jozibali yaratilgan. Manzarada kenglik. Manzarali rangtasvirning keyingi bosqichida ko‘p seansli davomli etyud mashqlari bo’lib ilgari o'zlashtirilgan nazariy qoidalarni eslash, amaliy ko‘nikmalarni qo‘llash hamda yangilarini o ‘zlashtirish kerak. Uzoq vaqtli etyudlarda shakllar puxta ishlanishi bilan farqlanishi kerak. Ularni bajarish vaqti 2—4 soatdan (bir seansli) bir necha o ‘n soatgacha (ko‘p seansli), davom etishi mumkin. Ko‘p seansli etyud quyoshda ham, bulutli ob-havoda ham belgilangan bir vaqtda bajarilishi lozim. Manzara mazmuni uning hayotiy mavzusi naturaning yaxlit ko‘rinishi plastik-kom pozitsiya munosabatlarida ham, koloritda ham asosiy aniqlash kom pozitsiyaning ajralmas qismidir. Shuning uchun davomli etyud bajarish jarayonida kompozitsiya syujetini puxta o‘ylash, tahlil etish va uni tasvirlash muhimdir. Tasvirlash tekisligida obyektlar va narsalar joylashuvini mukammal tasavvur qilish zarur. Manzara obyektiga yaqinlashib yoki uzoqlashib joy xususiyatlarini o‘rganish, ko‘rish nuqtasini topish mumkin. Kompozitsiyada osm on bilan yer va boshqa obyektlar orasidagi munosabatlarni aniqlash juda ham muhimdir. Naturadan manzara kompozitsiyasini yaratish, natyurmort qo‘yilmalari uchun narsalar tanlash bilan ayrim o ‘xshashlikka egadir. Etyud kompozitsiyasini yaratishda rassom chuqur fikrlashi, joyni tanlay bilishi, perspektiva qoidalariga amal qilishi va eng muhimi fazoviy kenglikni mohirona tasvirlay olishi zarur. Manzara mavzusini tanlashda did, badiiylik va kompozitsiyani asarda maromiga yetkazib tasvirlash, rang va tus munosabatlarida ishni yaxlit yakunlay olish rassomning professional mahoratiga bog‘liq. Ma’lumki, narsalar katta masofada hajmliligini, relefligini yo‘qotib siluetli tekislik xarakteriga ega bo’ladi. Old ko‘rinishdagi narsalar ancha hajmli, soya-yorugi kontrast bo’lib ko‘rinadi. Yaqinda joylashgan yashil dala masofa uzoqlashgan sari yashil rangdor bo‘yog‘i asta-sekin moviyga o ‘tadi. Olisdagi to‘q narsalar ochroq va ko‘kimtir bo’lib ko'rinadi. Quyosh nurida bulutlar va uzoqdagi qorli tog‘ cho'qqilari ham qizil to'qsariq ranglarga kiradi. Turnan, chang yoki tutun bilan to‘yingan fazoda narsalarning siluet aniqligi pasayadi. Toza havoda masofadagi shaklning aniq tashqi ko‘rinishining ozigina o‘zgaradi. Old ko‘rinishlarni tasvirlashda narsalarning shaxsiy ranglari uzoqdagilarda esa — shartli rang muhim o‘rinni egallaydi. Havoyi muhitda shartli ranglar narsalarni uzoqlashtiradi va aksincha, shaxsiy narsalarning rangi ularni xuddi old ko'rinishga olib kelayotganday tuyuladi. Ish jarayonida old ko'rinishga biron-bir narsani "yaqinlashtirish" zaruriyati b o isa uncha lokallik (narsa) mohiyatini rangga qaratish lozim . Etyudning qandaydir qismini "uzoqlashtirish" zaruriyati tug‘ilsa unda shartli ranglarni qo'llash kifoya. Fazoviy sifatlarni aniqlashda zarur mashqlar bo‘lib mavzuli manzarani ochiq fazoviy olislari bilan tasvirlash, masalan, tog‘lardagi ko‘p ko‘rinishli dara yoki egribugri ariqli vodiy va old ko‘rinishda daraxtli o'rmon va bir necha daraxtlar ko‘rinishi bilan o'tloq (ko‘kalamzor) xizmat qiladi. Uzoq ko‘rinishdagi o ch -to ‘qligi va rang tusini to ‘g ‘ri aniqlash uchun hammasini yaxlit ko‘rib mayda qismlarga e'tibor bermasdan qarash muhimdir. Faqat shundagina old, o ‘rta va olis ko‘rinishdagi rang farqlarini to ‘g ‘ri aniqlab tasvirlash mumkin. "Havoni tasvirlashda, — deydi A.A. Deyneka — ayniqsa old ko‘rinishni uzoqdagiga nisbatan munosabatlarini aniqlab va to‘g‘ri yetkazilishi muhimdir, shundagina rangtasvir o‘z yechim ini topadi, asarda havoyi muhit holatini to‘g‘ri tasvirlashga erishiladi". Plener rangtasvirining boshlang‘ich ta’lim bosqichida qisqa vaqtli va uzoq davomli etyudlar bajariladi. Keyinchalik esa manzara etyudlari ishlash jarayonida tabiatning nozik holatini tasvirlashga harakat qilish zarur. Tasvirlash mobaynida rassom tabiatning nozik o ‘zgarishlarini kuzatar ekan o ‘z hissiyotini b o ‘lajak asarda ko'rsatishga harakat qiladi. Demak, naturada asosiy rang dog‘larni umumiy va katta rang munosabatlarini to‘g ‘ri topish va mohirona tasvirlay olish rangtasvirning muhim asosidir. Shular asosida manzara obyektlarining mayda bo'laklarining nozik farqlanishlari amalga oshiriladi. Tabiat bo'yoqlari haddan tashqari rang-barang o‘t – o‘lanlar, ko‘kat va daraxtlar yashil rangda. Lekin tabiatdagi bu ranglar turli-tuman tuslarga ega o’tloqda o‘sayotgan maysalar, kuzgi bug‘doy ekinlari, sabzavotlar, daraxtlarni har xil turlari — hammasi ham o ‘ziga xos yashil rangdagi tusga ega. Tabiat o‘ta nozik, ana shu o‘ziga xos xususiyatlarni manzara etyudida tasvirlay bilish rassomdan juda katta bilim, malaka va tinmay izlanishni talab etadi. AMALIY MASLAHATLAR: 1. Etyud bajarish vaqtida rassom yorqin ranglarda kiyingan bo‘lsa palitra va kartina tekisligiga kuchli reflekslar tushishi aniq. Kuchli quyoshli yoritilishda bu ranglar, reflekslar palitradagi bo‘yoqlarni to‘g‘ri qabul qilishni qiyinlashtiradi va etyudning rangli gammasini o‘zgartirib yuboradi. Bunday holatda etyud kiyim rangiga qo‘shimcha umumiy rangni orttiradi va albatta, naturani haqqoniy tasvirlashga xalaqit beradi. Shu sababli etyudlarni daraxt soyasi yoki devor yonida tasvirlash m um kin emas, chunki palitraga, qog‘oz yoki matoga osmonning ko‘kimtir yoki daraxt yaproqlaridan yashil ranglar tushib ishni o ‘zgartirib yuboradi. Quyoshli kunda etyudni soyabon tagida bajarish lozim. Mato va palitraga quyosh nurlari tushmasligi kerak. 2. Oq nur bilan yoritilgan qizil buyum quyosh nurining qisqa to’lqinli qismini o'ziga yutadi, o‘zi aks ettirgan qizil rangga tegishli to‘lqinlar bundan mustasno. Qizil yorug‘lik bilan yoritilgan qizil buyum, intensiv qizil b o‘lib qabul qilinadi. Bu narsa qizildan tashqari,boshg‘a rang bilan yoritilsa, xir a - zarg‘aldoq , jigarrang yoki qoramtir bo’lib qabul qilinadi. Kumushsimon rangdagi manzarani (ayniqsa zangori rangdagini) sovuq tusdagi yoritilishda nam oyish qilish mumkin. Impressionistlarning nozik-zangori ranglari bunday yoritilishda ancha to ‘qroq va neytral bo‘lib ko‘rinadi. 3. Etyudda rang va tus munosabatlari masalasini aniqlashda tayanch b o ‘lib xizmat qiluvchi dastlabki moybo‘yoq variantlari yoki akvarel bo‘yoqlari aralashmasi yordam berishi mumkin. Manzaraning asosiy obyektlariga m a ’lum tus va rang munosabatlariga mos bo‘yoqlar aralashmasini palitrada tayyorlab olinadi. Bu esa o‘z navbatida etyudda umumiy yaxlit koloritning oson topilishiga zamin hozirlaydi. N .N . Volkov naturadan katta o‘lchamdagi qog'ozga etyudni akvarel bo‘yoqlari bilan bajarish tajribasini quyidagicha yozadi: "Men tutunsim on sariq uzuq-yuluq osm onni va quyuq to‘q yashil suvni tasvirladim. Asosiy masala uchta rangni tanlab olish: suv, narsalar va osmon. Tanlov kuchli uchlikni yaratsa-yutuq. Tanlangan uchlikka bo‘yoqlarni kosachalarda g‘amlash kerak. Bo‘yoqni biroz ko‘proq tayyorlash zarar qilmaydi. Chunki qayta tayyorlangan bo‘yoq xuddi o‘ziday bo‘lmaydi". I.E. Repinning o‘quvchisi M . N . Toidze ustozini libossiz qiyofasi etyudini ishlashi haqida o ‘zining hotiralarida shunday yozadi: "U birdaniga asosiy to ‘q tusda ishni boshlardi: " Bo‘yoq bilan emas, balki gavdani "dog‘chalar" bilan tasvirlash zarur deb uqtirardi". Uning palitrasida o‘rtacha quyuqlikdagi asosiy qorishma yarim tus bo‘lardi. Zaruriyat tug‘ilishi bilan unga goh qizilni, goh boshqa bo‘yoqlarni aralashtirib ishni davom ettirar edi". K.A. Korovin ham asosiy ranglarni palitrada oldindan aralashtirib so‘ng ularni matoga oltkazardi. "Ishni eng toza to‘q joylaridan boshlashni yaxshi ko‘raman", — derdi u. Bu esa ishda oq rangni ko‘p ishlatishga yo‘l qo‘ymaydi. Korovin ustaxonasida o‘quvchilari baxmal matoda yalang‘och modelni tasvirlash mashg’ulotlarida qatnashgan B.V. Iogan son shunday eslaydi: palitrada qora bahmal tusini qoraroq qilib tayyorlagan: toza holatda berlin lazuri, to‘q kraplak va hind sariq bo‘yog‘iga o‘xshash tiniq bo‘yoq lok ular tarkibiga kiradi. Keyin esa palitrani o‘zida u qora barxatni atrofidagi barcha tuslarni topayotib turli materialni soyadagi qismlarini va sochning soya b o‘lagini topganki u kamerton kabi rang palitrasida jamlangan..." XULOSA Rangtasvirda xuddi qo‘shiq san'atida ovoz sozlash kabi, mohirona ko‘z qarash ham juda muhimdir. Rassomga o‘ta zarur bo‘lgan bu malaka negizini ko‘rib chiqamiz. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, rangtasvir etyudini ishlashda ranglar munosabati naturadagi buyumlarning ranglarini uch xil xususiyatini solishtirish usuli orqali aniqlanadi: ranglar tusi, yoritilishi va to‘yinganligi. Bu uch xil alomat har qanday rangning to‘liq tavsifi uchun asosiy hisoblanadi. Biroq, naturadagi buyumlarning ranglar munosabatini aniqlash, ularni galma-gal ko‘rish xususiyati bilan mushkullashadi va shu bilan birga qarash, nazar yo‘naltirilgan buyumga nisbatan "aniqlikka" moslashadi. Ko‘z qorachig‘i shunday tuzilganki, u buyumdagi ingichka va yo‘g‘on chiziqlarni, tusni va kontrastlarni yaqqol ko'radi. Masalan, buyumlar guruhini ikki ko‘rinishda joylashtirib, diqqat bilan birinchi ko'rinishdagi buyumlarga razm solsak, ikkinchi ko'rinishdagi buyumlar noaniq va xiraroq yoki aksincha, agar ikkinchi ko‘rinishga diqqat bilan qarasak ulardagi rang, yorug‘-soya kontrasti hamda mayda bo’laklari aniqroq ko‘rinadi. Natura qo‘yilmasida tus va ranglar munosabatini haqqoniy tasvirlash uchun naturadagi hamma jismlarga barobar qarashni bilish muhimdir. Agar ochiq deraza oldida turgan guldastani tasvirlamoqchi bo‘lsak, bir vaqtning o‘zida ham gullarni, ham deraza pardasini va deraza ortidagi shahar ko‘rinishini ham kuzata bilishimiz zarur. Manzara rangtasvirini ishlash jarayonida har bir bo‘lak joy tusini alohida emas, aksincha yaxlit tusda ko‘ra bilish hamda ularning munosabatini ham sezish: eng ochi osmon, eng to‘qi balkim yer, ularning orasidagi suv. Bo’laklar ustida ish olib borilayotgan jarayonda predmetlar guruxini yoki butun predmetni yaxlit ko‘rish zarur. Naturaning alohida qismlarini yaxlit ko'rmasdan turib, yakka ko'rish mumkin emas. Naturadagi rang munosabatlarini faqat bir butun ko‘rish orqali ularni matoda to‘g‘ri ifoda etish mumkin. Naturani yaxlit idrok etish to‘g‘risida ingliz rassomi D. Reynolds jumladan shunday degan: "Agar rassom predmetlarga yaxlitlikda qarashni odat qilmas ekan, u qalamli tasvirda ham, rangda ham yuksak darajaga hech qachon erisholmaydi"1. "Odatda biz rang deb ataganimiz, — deb tushuntiradi R. Falk, — predmet bo‘yog‘idan o ‘zga narsa emas, u bizning yaxlit ko‘rish sharoitidagi narsa ham emas. Shu tariqa biz uchun yangi ranglardan, yangi shakl va munosabatlardan tashkil topgan yangi bir dunyo paydo bo‘ladi... Asarni alohida buyumlar emas, aksincha o‘zaro bir-biriga bog‘liq buyumlar, ular turgan muhit va siz ko‘rayotgan joy yaratadi. Asar mana shu o‘zaro bir-biriga bog’liqlik natijasida yaratiladi, u bamisoli tovushlari sozlangan musiqa kabidir. Umumiy ko'rish — ya’ni, siz tasvirlamoqchi bo‘lgan buyumlar guruxini yaxlit ko‘rishga harakat qilish zarur. Qarshingizda turgan natyurmort, biz uchun bir asar bo‘lib ko‘rinishi kerak. Buning uchun vaqtinchalik bu kub, bu anor, olma ekanligini yoddan chiqarib turish lozim. Bular qarshingizdagi rangli asaming rangli bo‘laklaridir. Asarning kuchi-uning bir butunligida, rang-barang oxangdorligida, ya’ni xuddi turli asboblar ishtirokidagi orkestr kabidir". O‘zining rangtasvir usuli haqida K.A. Korovin shunday degan: "Men aniq bo'lishga, juda to‘g‘ri va juda yaxlit ko'rishga harakat qilaman". B.V. loganson quyidagi usul bilan yaxlit ko‘rishdagi munosabatlar bilan ishlashning ma’nosini ochib berdi: Bizni doimo solishtirishga va doimo farqlarni aniqlagan holda ishlashga, aynan bir rangning yorug'lik kuchi va yengil rang turi bo‘yicha boshqalardan farqlanishini hamda naturadan ana shu farqlarni "ajratib olish"ga o'rgatishgan... Hamma narsani bir joyga jamlab qaraganda, rassom to'satdan birinchi ovozga intilayotgan yorqin bir aniqlikni va unga jo‘r bo‘layotganlarni sezib qoladi; qaysidir kombinatsiya o’zining birinchilik mohiyatini bildirmoqda. Download 390.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling