Tasviriy san'at mashg`ulotlarida qo'llanadigan zamonaviy o'quv qurollaridan, asbob uskunalar, material, vositalar, ulardan foydalanish


Tasviriy san'at o'qitish metodikasidan


Download 105 Kb.
bet2/4
Sana26.01.2023
Hajmi105 Kb.
#1128272
1   2   3   4
Bog'liq
Tasviriy san

Tasviriy san'at o'qitish metodikasidan ma'ruza matni

Mavzu: tasviriy san'at va chizmachilik ta'limida yangi pedagogik

texnologiya. 2 soat

DAVLAT TALABLARI


  • Tasviriy san'at va chzmachilik yo'nalishidagi ilg'or ish tajribalarini bilish va ulardano'z faoliyatida foydalanish;


  • Tasviriy san'at va chizmachilikdan muammolar, yangiliklar, ilmiy izlanishlar haqida ma'lumotga ega bo'lish;


  • Tasviriy san'at va chizmachilikdan ixtisos lashgan maktab yoki sinflarda taTim-tarbiyaning mazmun - mundarijasi, talablari, uni tashkil qilish syakl va usullari haqida ma'lumotga ega bo'lish;


  • O'rta Osiya mutafakkirlarini tasviriy san'at sohasi bo'yicha ma'naviy, ma'rifiy, madaniy meroslarini bilish va taTim tarbiya jarayonida ulardan foydalanish malakasiga ega bo'lish;


  • Mustaqil ravishda o'z malakasini oshirishning yo'l va usularini bilish va egallashi;


  • Tasviriy san'at va chizmachilikdan yo'nalishida iqtidorli o'quvchilarni aniqlash, saralash va ularga tabaqalashgan taTim berish yo'llari, usullari hamda shakllarini bilish.


  • Tasviriy san'at va chizmachilikdan fanlari bo'yicha o'quv xonalari, fan kabinetlari va laboratoriyalarni namunaviy jihozlash ro'yxati, normalarini mukammal bilish, tegishli jihoz, vosita, didaktik materiallardan foydalahngan va ularni ishlatgan holda o'quv mashg'ulotlarni mahorat bilan o'tkazish tajribasiga ega bo'lish lozim.


REJA:



  1. TaTim mazmunini yangilashning hozirgi boshqichdagi yangi pedagogic texnologiyalar ularning mohiyati, dolzarbligi.


  2. taTim tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuv.


  3. O'qitish jarayonini loyihalash.


  4. Tasviriy san'at va chizmachilikda o'qitishda yangipedagogik texnologiyalar.


XXI asr aql - zakovat, ma'naviy va bilimdonlik asri bo'ladi. Shuning uchun ham bu asr jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotida tub o'zgarishlar qilish lozimligini taqozo etmoqda. Bu tub o'zgarishlar avvalo yoshlar tarbiyasiga ularning barkamol avlod bo'lib shakllanishiga qaratilgan. Shu bois "Ta'lim to'g'risida"gi qonunda va kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko'zda tutilgan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bular:


  • Ta'lim tizimini yangilanganligi;


  • Yangilangan uzluksiz ta'lim tizimi uchun DTS ishlab chiqildi va amalda qo'llanilmoqda;


  • Yangilangan ta'lim mazmuni bo'yich DTSga mos o'quv dasturlari va darslilar yaratildi va yaratilmoqda.


  • Ta'lim tarbiya boshqaruvini isloh qilish amalgam oshirilmoqda.


  • O'quvchi yoshlarning intelektual qobiliyatlari, ma'naviy-axloqiy salohiyatiga qo'yiladigan talablar monitoringi olib borilmoqda.


  • TaTimning bozor iqtisodiyotiga mos keladigan mexanizmlari yaratilmoqda.


Shunday qilib ta'lim tizimini yangilanganligi o'qitish mazmunini yangilashga, u esa o'z navbatida ta'lim mazmuni va uni belgilovchi hujjatlar (o'quv dastur, o'quv reja darsliklar)ning yangilanishiga olib keldi. Shunga ko'ra ilmiy texnikaviy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish yangi izlanishlarni yo'lga qo'yish va ishlab chiqarishga joriy etish zaruriyati paydo bo'ladi.

Fan texnikaning jadal rivojlanayorgan axborotning keskin ko'payib borayotgan bir davrda ta'lim tarbiya jarayonini yangicha qurish, aniqroq aytadigan boTsak o'quv tarbiya jarayoniga yangi pedagogic texnologiyalarni qo'llash orqali erishish mumkin bo'ladi. Darhaqiqat ta'lim to'g'risidagi qonunning 3-moddasida "ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashgan yondashuv, yoxud kadrlar tayyorlash tizimining, rivojlanishning asosiy yo'nalishlari" bandida "ilg'or pedagogic texnologiyalar, ta'limning yangi shakl va uslublari, o'quv shu jumladan diferensuyalashgan dasturlar amaliyotga joriy etiladi" deb vazifa qo'yilgani bejiz emas. Masalaga shu nuqtai nazardan qaralganda respublikamizning ta'lim muassasalari, ayniqsa bo'lajak pedagog tarbiyachilarni tayorlayotganda, ularni ilg'or pedagogic texnologiyalarni mohiyat mazmuni bilan tanishtirishni, ularning amalda qo'llanishining amaliy ko'nikma va malakalarni hosil qilishni dolzarb masala qilib qo'yayotganligi ko'zga tashlanadi. Shunga asosan hozirgi davrda oily ta'lim maktablarning bakalavr yo'nalishlarda tayorlanayotgan bo'lajak mutaxasislarga yangi pedagogic texnologiyalar bo'yicha maxsus bilim ko'nikma malakalar bilan qulollantirishni maqsad qilib qo'yadi. Bu maqsad quyidagi masalalarni, vazifalarni echish orqali amalgam oshiriladi:

1. Bo'lajak o'qituvchilarga YAPTlar haqida ma'lumotlar berib


talabalarni bilim ko'nikma malakalarini shakllantirish.


  1. Xorijiy MDH va Respublikamizda YAPTlar tizimini shakllantirish bo'yicha to'plangan tajribalarini o'rganish va ular to'g'risida talabalarga maTumot berish.


  2. Har bir mutaxasislikka doir o'qish jarayonini loyihalashtirishni va ta'lim maqsadlarini deagnostik tahlil natijalari asosida belgilash bo'yicha tushunchalar hosil qilish.




  1. Pedagogik texnologiya, ilg'or PT, YAPT tushunchalari haqida ma'lumot berib ulardan o'quv tarbiya jarayonida unumli foydalangan holda o'quv turlari, shakllarini har - xillash, aniqlashtirish, tartiblashtirish va rejalashtirish bo'yicha talabalarga ma'lumot berish.


  2. Egallangan ilmiy bilimlarni amaliy ko'nikma va malakalarga aylantirish texnologiyasi to'grisida talabalarga tushuncha berish.


6. To'plangan tajribalardan foydalanib talabalarga mustaqil ravishda


test topshiriqlarini ishlab chiqish va amalda qo'llash ko'nikmasini hosil
qilish.

Bilimli bo'lish iste'dodni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni takomillashtirishning yagona yo'li YAPTlardir. Xullas mutaxasis o'zi o'qitadigan o'quv predmeti mashg'ulotlarini YAPT asosida tashkil etib darslarni loyihalashtirsa, t'Hm jarayoni takomillashadi, ijodiy faoliyat yuksalsdi, ilg'or tajriba mukammal o'zlashtiriladi va ularni amalda qo'llash uchun imkon yaratiladi. Xo'sh, pedagogic texnologiya nima, nega bu so'z birikmasiga keyingi vaqtlarda yangi so'zini va lar qo'shimchasini qo'shib YAPT deb aytiyapmiz? Bu kabi savollarga javob berish uchun avvalo texnologiya so'zini mohiyat mazmunini aniqlab olish lozim. Texnologiya so'zi 1872 yilda qo'shma yunoncha ya'ni texnos san'at mahorat va logos-fan so'zlaridan olinib "mahorat fani" ma'nosini o'zbek tilining 1981 yilda nashr etilgan izohli lug'atda esa "ishlab chiqarish proseslari, usulva vositalari haqidagi bilimlar majmui" degan ma'nosini anglatadi. Buni pedagogika faniga ko'chirib "pedagogic texnologiya" deb izohlaydigan bo'lsak, unda "ta'lim tarbiya qoidalari, usullari, shakl va vositalari haqidagi bilimlar majmui" degan ma'no keli chiqadi. Yangi pedagogic texnologiya bilimli bo'lishni, iste'dodni rag'batlantirishni nazarga tutgan, o'quv tarbiya jarayonini san'at, mahorat darajasiga ko'tarishga imkon yaratadigan ta'lim sohasidagi barcha islohotlarning harakatlantirobchi kuchidir.




Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling