3-mavzu. OʻQuvchilarning botanikadan bajaradigan yozgi topshiriqlarining mazmuni va uning ta’lim- tarbiya jarayonida tutgan oʻrni. Mashg’ulotning maqsadi


Download 221.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.02.2023
Hajmi221.92 Kb.
#1167001
  1   2   3


3-MAVZU.OʻQUVCHILARNING BOTANIKADAN BAJARADIGAN 
YOZGI TOPSHIRIQLARINING MAZMUNI VA UNING TA’LIM-
TARBIYA JARAYONIDA TUTGAN OʻRNI. 
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga oʻquvchilarning botanikadan bajaradigan 
yozgi topshiriqlarining mazmuni va uning ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan  oʻrnini
tushuntirish. 
Mashg’ulotni o’tish tartibi: 
1.VI sinf uchun mo’ljallangan materiallari mazmunidagi asosiy biologik, jumladan 
sisмавзуtik tushunchalarni aniqlash.
2.VI sinf o’quvchilarini taksonomik tushunchalar bilan tanishtirishni mo’ljallangan 
kirish darsi metodikasini muhokama qilish. 
3.VI sinf o’quvchilarini o’simliklar oilasining tipik vakillari bilan tanishtirishni 
mo’ljallangan dars metodikasini muhokama qilish.
VI sinf asosiy biologik, jumladan sisмавзуtik tushunchalar. V1 sinf
o’quvchilar gulli va sporali o’simliklarning turli-tumanligi va klassifikatsiyasi, ular 
tuzilishining farqlanishi va evolyutsiya protsessida muraqqablashib, muhitga 
muvofiklashib borganligi bilan tanishadilar. Gulli o’simliklarning turli-tumanligini 
o’rganish ekinlarni ko’zdan kechirish bilan boshlanadi. Bu qiskacha obzor shuni 
ko’rsatadiki, VI sinf «O’simliklar» bo’limining mazmunini sisмавзуtika, ekologiya, 
evolyutsiya tushunchalari tashkil qiladi va ular kursning yetakchi hamda asosiy 
biologik tushunchalari hisoblanadi. «Kirish» мавзуsidan keyin «Yopiq urug’li 
o’simliklar bo’limi»ni o’tilishi VI sinfda sisмавзуtik tushunchalarni o’rganishga 
jiddiy e’tibor berilganligidan dalolat beradi.
«Kirish» мавзуsida o’quvchilar sisмавзуtika to’g’risida umumiy tasavvo’rga ega 
bo’ladilar. Bunda ular sisмавзуtikaning asosiy kriteriyalari: tur, avlod, urug’, oila, 
sinf, bo’lim to’g’risidagi tushunchalarni o’zlashtirib oladilar. «Yopik urug’li 
o’simliklar bo’limi» мавзуsida esa gulli o’simliklarning turli-tumanligi bevosita 
konkret o’simliklar namunasida o’rganiladi. Programma talabiga ko’ra ikki pallali 
o’simliklar sinfidan krestguldoshlar, ra’noguldoshlar, dukkakdoshlar, tomadoshlar, 
muraqqabguldoshlar oilalari o’rganilishi kerak. Biroq, programma ko’rsatilgan 


oilalardan 1—2 tasini maxalliy sharoitda keng tarqalgan va muhim ahamiyatga ega 
bo’lgan boshqa o’simliklar oilalari bilan almashtirish imkoniyatini beradi. 
Chunonchi O’zbekiston maktablari sharoitida gulxayridoshlar oilasini o’rganish 
maqsadga muvofikdir. Bir pallali o’simliklar sinfidan lolaguldoshlar va ralladoshlar 
oilalarini o’rganish mo’ljallangan.
O’simliklarning xar bir oilasi o’rganilganda ularning o’ziga xos belgilarini, 
biologik xususiyatlarini va halk xo’jaligidagi ahamiyatini yoritish talab qilinadi. 
Shuningdek, gulli o’simliklarning xilma-xillashishida inson faoliyatining ta’siri, 
gulli o’simliklarning nodir turlarini muhofaza qilish masalalari ham o’rganilishi 
kerak.
Sisмавзуtik tushunchalar «O’simliklarning asosiy bo’limlari» мавзуsida o’z 
rivojini topadi. Bunda o’simliklar olamining asosiy bo’limlari: suv o’tlari, moxlar, 
paporotniksimonlar, ochiq urug’lilar va yopik urug’lilar evolyutsion tartibda 
o’rganiladi.
Shuni nazarda to’tish keraqqi, har bir sisмавзуtik tushuncha asosan morfologo-
anatomik va qisman fiziologo-ekologik tushunchalar zaminida hosil qilinadi hamda 
rivojlantiriladi.

Download 221.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling