3-mavzu. OʻQuvchilarning botanikadan bajaradigan yozgi topshiriqlarining mazmuni va uning ta’lim- tarbiya jarayonida tutgan oʻrni. Mashg’ulotning maqsadi


Taksonomik tushunchalar bilan tanishtirishni muljallagan kirish darsi. Bu


Download 221.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.02.2023
Hajmi221.92 Kb.
#1167001
1   2   3
Taksonomik tushunchalar bilan tanishtirishni muljallagan kirish darsi. Bu 
VI sinfda «kirish» мавзуsi bo’yicha o’tiladigan ikkinchi dars hisoblanadi. U 
sisмавзуtikaning asosiy taksonomik birliklarini va o’simliklar klassifikatsiyasi 
to’g’risidagi dastlabki tushunchalarni shakllantirishi kerak. 
Birinchi kirish darsida yozgi topshiriqlarning bajarilishiga yakun yasaladi. Bunda 
V sinf bilimlari umumiy tarzda esga olinganligini nazarda tutib, ikkinchi darsni 
yangi мавзуni o’rganish bilan boshlash maqsadga muvofik bo’ladi. 
O’qituvchi dastlab o’quvchilar e’tiborini yer yuzidagi tirik organizmlarning, 
jumladan o’simliklarning g’oyat xilma-xilligiga qaratadi. Bunda o’quvchilarning 
geografiya kursidan biosfera, tabiatshunoslik kursidan tirik organizmlarning turli-
tumanligi to’g’risidagi bilimlari esga olinadi. 


Keyin suhbat tarzida gulli o’simliklar ildiz sisмавзуsi, barglari, poyasi, meva va 
urug’lariga qarab qanday gruppalarga (ikki pallalilar va bir pallalilarga) bulniganligi 
aniqlanadi.
Tushuntirish davomida o’qituvchi gulli o’simliklarning hozirgi vaqtda 200 
mingdan ortiq turi mavjudligi, shulardan 1,5 ming turi madaniy o’simliklar 
ekanligini va ularni tartibga solmasdan, ya’ni sisмавзуlashtirmasdan turib, o’rganish 
mumkin emasligini ta’kidlaydi, sisмавзуtikaga ta’rif beradi. 
Shundan keyin o’qituvchi asosiy taksonomik birliklar: tur, avlod, urug’, oila, sinf, 
bo’lim kabilarni ta’riflaydi va ularni ikkita konkret oila o’simliklari misolida 
tushuntiradi, shu o’simliklarni ko’rsatadi.Bunda shunga erishish keraqqi, tur 
sisмавзуtikada dastlabki birlik ekanligini o’quvchilar tushunib olsinlar. 
Shuningdek, o’qituvchi o’simlik turlarini ko’shalok nom bilan atalishini ta’kidlab, 
sisмавзуtikaning vujudga kelish va rivojlanish tarixini qisqacha hikoya qiladi. 
Shved botanigi K. Linney (1707—1778) birinchilardan bo’lib, o’simliklarni 
morfologik belgilariga qarab gruppalashtirganligi va binar nomenklaturani 
qo’llaganligi, o’simlik gruppalari nomlarini latin tilida atashni joriy qilganligi 
o’qituvchi hikoyasida o’z ifodasini topadi. 
Nikoyat o’qituvchi gulli o’simliklarni morfologik belgilariga qarab 
gruppalashtirish va ularni aniqlash uchun morfologik tahlil o’tkazish zarurligini 
ta’kidlaydi. Biror o’simlikni, masalan, surepkani stollarga tarqatib, uni tahlil qilish 
bo’yicha laboratoriya ishi o’tkazadi. Bunda o’quvchilar o’simlikning asosiy 
belgilarini aniqlaydilar va quyidagi jadvalni tuldiradilar.(3-jadval) 
O’simliklar oilasining tipik vakillari bilan tanishtirishni mo’ljallagan dars. 
Namuna sifatida «krestguldoshlar oilasi» мавзуsidagi dars haqida fikr yuritamiz. 
O’quvchilarni krestguldoshlar oilasiga kiradigan o’simliklarning harakterli 
xususiyatlari bilan tanishtirish asosida ularda sisмавзуtik tushunchalarni 
rivojlantirish mazkur darsning asosiy vazifasidir. Binobarin uni o’simliklar 
klassifikatsiyasining prinsipi va ahamiyati, sisмавзуtik birliklar hakidagi 
o’quvchilar bilimini tekshirish bilan boshlash maqsadga muvofik keladi.

Download 221.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling