Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi yo`nalishi 3-kurs talabasi abdullayeva sarvinoz sherzodovna


Download 1.36 Mb.
bet2/8
Sana02.05.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1422587
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yaqqol tasviriy ifodalar

Mavzuning dolzarbligi: Tasvirlarni yaqqol namoyish etish va chizmachilik orqali geometrik xususiyatlarini tasvirlash usullari yordamida ularning shakllari, o‘lchamlari va o‘zaro joylashishlari hamda metrik va pozitsion masalalarni yechish algoritmlarini o‘rganadi. Bu bilan talabaning fazoviy tasavvurini kengaytiradi, tasvirlarni yasash va ularni o‘qiy bilishga o‘rgatadi. Chizma geometriya va perspektiva qonunlari yordamida faqat ko‘rinib turgan buyumni emas, balki ijodkor tasavvuridagi narsa yoki shakllarning tekislikdagi tasvirlarini yasash usullarini hosil qilish hamda shakllarning tekislikdagi tasvirlariga ko’ra ularning o‘zaro joylashishlariga oid geometrik masalalarni yechish usullari o‘rganiladi. Bular asosida qurilish chizmachilikka yo‘naltirilgan bilimlar bilan to‘ldiriladi. Yuqoridagi usul va bilimlar yordamida ortogonal va markaziy proeksiyalash usullariga asoslanib narsalarning tekislikdagi chizmalari xosil qilinadi. Bu chizmalar yordamida me’moriy yodgorliklar, binolar va ularning qismlari loyihalanadi.
Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o‘rganish jarayonida talabalar nafaqat ma’lum hajmdagi ilmiy ma’lumotni o‘zlashtirishlari, balki fan 5 uslublari haqida yetarli darajada aniq tasavvurga ega bo‘lishlari hamda qiyosiy tahlilni zarurligidan kelib chiqqan holda, talabalarni qurilish chizmalarining mohiyati, vazifasi va xususiyatlari bilan tanishtirish lozim. Har bir arxitektor-mutaxassis chizma geometriya qoidalari va chizmachilik standartlarining talablariga asosan buyumning chizmasini mustaqil tuzishi va uni to‘g‘ri o‘qishi, chizmalardan mohirona foydalanib, o‘z fikrini bayon eta olishi lozim.
Muammoning oʻrganilganlik darajasi. Yaqqol tasvirlar va ularning qiyosiy tahlili hamda uning sirtlarni nazariy asoslarini oʻrganish darajasi koʻpchilik adabiyotlarda chuqur tahlil qilinmagan. Yaqqol tasvirlarni har tomonlama oʻrganib, ulardan kelib chiqadigan umumiy xollarni va ularga tegishli boʻlgan xususiy holdagi chiziqli qiyosiy tahlilni muammosini еchish maqsadga muvofiq boʻladi deb oʻylaymiz. tasvirlar parallelism tekisligiga ega boʻlgan va vint sirtlariga tegishli chiziqli sirtlarni turli hollarini oʻrganish qoʻyilgan mavzuda yoritiladi. Sirtlarni xulosa qilish va berilgan texnik yoki qurilish shartlariga asosan ularni amaliyotda va oʻquv jarayonida qoʻllanilishi keltiriladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling