O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Himoyaga ruxsat etilsin”
Professional ta’lim fakulteti dekani
M.Qodirov
___ ______2023y”
5110800-Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi yo`nalishi
3-kurs talabasi
ABDULLAYEVA SARVINOZ SHERZODOVNA
“QUVUR REZBALI BIRIKMALARNI BAJARISH”
mavzusidagi
KURS ISHI
Himoyaga tavsiya etaman
Muhandislik va kompyuter grafikasi
Kafedra mudiri________N.E.Tashimov
Toshkent-2023
YAQQOL TASVIR YASASH TURLARI VA ULARNING
QIYOSIY TAHLILI
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………3
I BOB. CHIZMACHILIK FANI AHAMIYATI…………………….………..7
Chizmachilik fani va undagi geometrik aniqliligi…………………….7
Chizmachilik o’rni va ahamiyati…………………………………….11
II BOB. CHIZMACHILIK FANIDA YAQQOL TASVIRLAR YASASH VA ULARNING QIYOSIY TAHLILI…………………………………………..14
2.1. Yaqqol tasviriy ifodalar va qiyosiy tahlili…………………………..14
2.2. Tasviriy ifodalar eskizlari va geometrik aniqliligi…………………..17
XULOSA………………………………………………………………………26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………..28
KIRISH
Chizmachilikda va undagi asosiy qo’llaniladigan tasviriy elementlarni qurilish mutaxassisliklari bo’yiсha biz talabalar o’zlashtirishimiz mumkin. Texnikaning jadallik bilan rivojlanishi yetishib chiqayotgan mutaxassislarning zamonaviy bilim tajribasiga bog‘liqdir. Bu borada arxitektura qurilish oliygohlarida zamon talabiga javob beradigan, har tomonlama yetuk, qobiliyatli mutaxassislar tayyorlanishi lozim. Bo‘lajak arxitektor - quruvchi o‘z kasbi bo‘yicha keng bilimga ega bo‘lish bilan birga boshqa sohadagi muhandislik masalalarini ham chuqur mushohada qilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Har qanday fan bizni o‘rab turgan borliqning qonuniyatlarini o‘rganadi va o‘z izlanishlari bilan tabiat bilimini boyitadi. Texnika qurilish institutida o‘qitiladigan texnika fanlaridan chizma geometriya, perspektiva, qurilish chizmachiligi va chizmachilik fanlari hamda kompyuter grafikasi talabani shunday bilimga ega qiladiki, u arxitekturaga oid amaliy masalalarni mustaqil yecha oladi. Shu o’rinda Muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning biz yoshlarga murojaatini eslab o’tmasak bo’lmaydi:
“Yoshlarimizga munosib taʼlim berish, ularning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini roʻyobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishimiz, oʻrta va oliy oʻquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va oʻquv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak.”1
Shuningdek muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Fan ta’limni rivojlantirish to’g’risidagi “Maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq ta’limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
1. 2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur (keyingi o‘rinlarda — Rivojlantirish dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Rivojlantirish dasturining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
maktab ta’limiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturini to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish;
jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib rag‘batlantirish;
o‘qituvchilarning yoshlarga ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyatini, doimiy kasbiy rivojlanishdagi talabchanligini oshirish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, ilg‘or maktab direktori va namunali o‘qituvchi mezonlarini ishlab chiqish hamda ular asosida rahbar va pedagog kadrlar faoliyatini baholab borish va h.k
Do'stlaringiz bilan baham: |