“ Ta’limni rivojlantirish – davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida”
Download 59.91 Kb.
|
Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan.
- Ma’ruzada ko’riladigan masalalar
- Ma’ruza muloqot tarzida o’tkaziladi va unda videoproyektor, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallardan foydalaniladi.
- 2.2. Uzluksiz ta’lim tizimining o’rni va ahamiyati
- 2.3. Ta’limni kelajakda yangi bosqichga ko’tarish masalasi.
- Foydalanilgan adabiyotlar
2-mavzu: “ Ta’limni rivojlantirish – davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida” “Yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo’lgan intilishlarini ro’yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, o’rta va oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o’quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak” (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan. 2018 yil 28 dekabr) Ma’ruzaning maqsadi: tinglovchilarga mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishda yangi bosqichning boshlanishi, ushbu yo’nalishdagi ustuvor vazifalar, ularning o’ziga xos xususiyatlari, pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, pedagogik mahoratni yuksaltirish vazifalari haqida tasavvur berish. Ma’ruzada ko’riladigan masalalar: 2.1. Ta’lim sohasidagi islohotlar, modernizasiyalash va integrasiyalash jarayonlari. 2.2. Uzluksiz ta’lim tizimining o’rni va ahamiyati 2.3. Ta’limni kelajakda yangi bosqichga ko’tarish masalasi. Tayanch iboralar: ta’lim, islohot, modernizasiya, integrasiya, uzluksiz ta’lim, “uzluksiz ta’lim” konsepsiyasi, uzluksiz ta’lim tizimi, ta’lim shakllari, hayot davomida ta’lim olish, innovasion jamiyat, “El-yurt umidi” jamg’armasi. Ma’ruza muloqot tarzida o’tkaziladi va unda videoproyektor, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallardan foydalaniladi. Ma’ruzaning qisqacha mazmuni quyidagilardan iborat. 2.1.Ta’lim sohasidagi islohotlar, modernizasiyalash va integrasiyalash jarayonlari. Global o’zgarishlar davrida ta’lim-tarbiyaga extiyoj ortib boradi. Chunki hayot o’zgarish sur’atlari tezlashadi. Bu bir tomondan, turli xalqlar hayot soxalarida imkoniyat doirasida umumiy jihatlarni, qulayliklarni yaratib bersa, ikkinchi tomondan axborot makoni kengayadi. Turli maqsad va manfaatlarga yo’naltirilgan har xil g’oya, qarashlar, uni targ’ibot qilish texnologiyalari ijtimoiy ong va tafakkuriga ta’sir ko’rsatish maqsadida “jozibador”ligini oshirgan xolda samaradorlikka erishish uchun harakat qiladi. Ta’lim-tarbiyaning “sovetcha” modeli o’rnida yangi, ya’ni hozirgi zamonda ta’lim-tarbiya soxasida dunyoda erishilgan yutuqlarga, axborot kommunikasiya tizimi, pedagogik texnologiyalarni joriy etgan xolda ta’limni amalga oshirishga, ta’lim soxasiga yangi innovasiyalarni joriy etishga davlat siyosati darajasida e’tibor berilmokda. Uning yutuqlarini esa dunyo e’tirof etmoqda. Masalan, ta’lim sohasida innovasiyalarni joriy etishga bo’yicha O’zbekiston Respublikasini ikkinchi o’rinni olganligi ham bunga dalildir. Mustaqillik yillarida “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi3, Kadrlar tayyorlash milliy modeli ishlab chiqilib, yangicha dunyoqarash, g’oya va mafkuralar xilma-xilligiga asoslangani shaxsning ta’lim darajasi va salohiyatini oshirishga, mustaqil fikrlaydigan, ijodiy yondoshuv madaniyatiga ega bo’lgan, yangi avlod kadrlarini tayyorlash ta’lim-tarbiya soxasida muhim o’rin to’tadi. Bu borada e’tibor berilishi zarur bo’lgan vazifalar sifatida qo’yidagilarni aytib o’tish mumkin.
Umuman olganda globallashuv davrida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon kuyayotgan talablarga javob berishi, undan orqada kolmasligi muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qo’rish vazifalarini amalga oshirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta’lim soxasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo’lsa, tarbiya soxasidagi o’ziga xoslik O’zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo’lidan rivojlanishini kafolatlab beradi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o’rin egallashi tabiiydir. Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun o’y-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo’yicha boshlangan ishlarimizni yangi yuksak bosqichga ko’taramiz. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bug’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” deb alohida ta’kidladilar. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev o’zining “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” asarida ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar axvoli Tanqidiy tahlil qilib, bir qator vazifalarni amalga oshirishga e’tibor qaratdilar. Birinchi vazifa - maktabgacha ta’lim soxasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim soxadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Ushbu soxada bolalarni kamrab olish 27 foizni tashkil etadi. Tasdiklangan dasturga ko’ra, bu yo’nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan xolda, o’quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko’rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli soxalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha murakkab vazifalar turibdi. Ikkinchi vazifa - umumta’lim maktablari, lisey va kasb-xunar kollejlari, shuningdek, oliy o’quv yurtlaridagi o’qitish sifati bilan bog’liq. Zamonaviy o’quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas. Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jaxon sivilizasiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o’rgatish vazifalari xali sifatli va to’liq xolda yechilgani yo’q. Yana bir muammoni xal etish ham o’ta muhim xisoblanadi: bu - pedagoglar va professor-o’qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy- ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol kumak beradigan muhitni yaratish zarur. Uchinchi vazifa - ta’lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soxa va har bir xududning zarur mutaxassislarga bo’lgan talabini to’g’ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir. To’rtinchi vazifa - nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o’quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish. Bu o’rinda ikkita asosiy vazifani xal etish zarur: birinchi - ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg’or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofik sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning extiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart; ikkinchi - akademiklarni har taraflama qo’llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag’batlantirish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Beshinchi vazifa - kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni xal qilishdir. Bu o’rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o’rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish, jaxon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda. Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur. Ana shu vazifani xal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida idoralar o’rtasidagi o’zaro kelishmovchilik, afsuski, jiddiy tusik bo’lmoqda. Shu o’rinda hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan masala, ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo’lgan muxabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi. 2.2. Uzluksiz ta’lim tizimining o’rni va ahamiyati Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta’lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo’lgan munosabat o’zgardi. Ta’lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e’tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo’lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda ta’lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Jahon iqtisodiyotida globallashuv va keskin raqobatchilik kuchayib borayotgan sharoitda insonning oldingi davrdagi butun hayot uchun ta’lim olish emas, balki butun hayoti davomida uzluksiz ta’lim olish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Ba’zi bir manbalarga ko’ra, ta’limning uzluksizligi to’g’risidagi ilk g’oyalarni ba’zi bir G’arb tadqiqotchilari hatto Suqrot, Aflotun, Aristotel va Senekanning insonning doimiy ravishda ma’naviy takomillashuvi haqidagi diniy-falsafiy tasavvurlarida va ilmiy asarlaridan hamda bunga o’xshash g’oyalarni muqaddas islom dinimizda ham uchratishimiz mumkin. Uzluksiz ta’lim g’oyasining paydo bo’lishi o’z navbatida, bir tomondan pedagogik konsepsiya sifatida, boshqa tomondan esa, amaliyotning natijasida paydo bo’lgan. Umuman, bugungi kun tushunchasidagi kattalar ta’limi rivojlanishi XIX asrdagi sanoat inqilobi natijasida fan, texnika, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o’zgarishlar oqibati bilan bog’liq. “Uzluksiz ta’lim” konsepsiyasi birinchi marta YuNESKOning 1965 yildagi forumida taniqli nazariyotchi P. Langrand tomonidan o’rtaga tashlanib sezilarli darajada nazariy va amaliy rezonansga sabab bo’ldi va natijada o’tgan asrning 60 yillari oxiriga kelib mazkur ibora ilmiy tahlilning maxsus predmetiga aylandi. Uzluksiz ta’limni xalqaro darajada o’rganishning ustuvorliklari o’z ichiga ta’lim tizimining uzluksizligini ta’minlovchi uzluksiz kasbiy ta’lim, qo’shimcha ta’lim, kattalar ta’limi, aholining himoya qilinmagan qatlami ta’limini va iqtisodiy modellarni qamraydi6. Uzluksiz ta’lim tizimining rivojlanishi, uning o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishga sezilarli darajada hissa qo’shgan MDH olimlaridan S.G.Vershlovsiy, N.V.Vasilenko, S.M. Vishnyakova, V.I.Ilina, O.M. Nikandrov, V.I. Podobeda va boshqalarning nomlarini keltirib o’tish mumkin. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda uzluksiz ta’lim borasida bir-biridan farqlanuvchi bir necha nuqtai nazarlarni uchratish mumkin. Ulardan eng ko’p uchraydiganlari: “uzluksiz ta’lim-butun hayot davomida egallaydigan ta’lim”, “uzluksiz ta’lim - kattalar uchun ta’lim”, “uzluksiz ta’lim - bu uzluksiz kasbiy ta’lim” kabi iboralar qo’llanilsa, jahon pedagogikasida uzluksiz ta’lim bir nechta atamalar bilan izohlanib ular ichida “davom etuvchi ta’lim”, “hayot davomida o’qish”, “doimiy o’qish” iboralari keng qo’llaniladi. O’tkazilgan tahlillarga ko’ra, davlat uchun uzluksiz ta’lim har bir shaxsning kasbiy va umumiy rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni ta’minlash borasidagi ijtimoiy siyosatning yetakchi sohasi hisoblansa, jamiyat uchun esa, uzluksiz ta’lim ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning muhim sharti, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini tezlashtiruvchi hamda uning kasbiy va madaniy salohiyatini oshirib boruvchi mexanizm hisoblanadi. Jahon hamjamiyati uchun uzluksiz ta’lim xalqaro hamkorlik asosida milliy madaniyatlarni va umuminsoniy qadriyatlarni saqlash, rivojlantirish va o’zaro boyitish usuli hisoblanadi. Bu, eng avvalo, bilimlarni egallash va o’rganib olishni talab etadi. YuNESKOning “Ta’lim – yashirin xazina” (“Learning: The Treasure Within”) deb nomlangan XXI asr uchun ta’lim bo’yicha xalqaro komissiyasining ma’ruzasida ilmiy taraqqiyot hamda iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatning yangi shakllari butun hayot davomida o’qishni talab etayotgani alohida ta’kidlanadi. Ma’ruzada butun hayot davomida ta’lim olish to’rt ustunga tayanishi lozimligi ta’kidlanadi: 1. Bilishga o’rganish. Bu shaxsning keng umumiy madaniyatini fanlarning cheklangan sohasida bilimlarni chuqur egallashni nazarda tutadi. Shaxsning umumiy madaniyati ta’lim olishni rag’batlantiradi, uning bilimini muttasil oshirib borishga o’rgatadi. Bu, shuningdek, uzluksiz ta’lim tug’dirgan imkoniyatlardan foydalangan holda o’qishni o’rganishni ham ko’zda tutadi. 2. Ishlashni o’rganish. Har bir shaxs faqat kasb malakasini egallabgina qolmasdan, ayni paytda turli vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish va jamoa bilan birga ishlay olish ko’nikmalarini shakllantirgan kompetentlikka ega bo’lishi kerak. Shuningdek, shaxs hayoti davomida duch keladigan turli ijtimoiy yoki ishlab chiqarish muhitida mehnat faoliyatini amalga oshirishga ham o’rganishi kerak. 3. Birgalikda yashashga o’rganish. Umumiy loyihalarni amalga oshirish, hur fikrlilik, o’zaro anglashuv, kelishish qadriyatlarini hurmat qilgan holda mojaroli vaziyatlarni hal qilishda bevosita ana shu fazilat asqotadi. 4. Yashashni o’rganish. Bu o’z shaxsini kamol toptirish, mustaqil fikrga ega bo’lish, shaxsiy mas’uliyat demakdir. Shuning uchun ta’limda insonning ushbu fazilatlarini rivojlantiradigan barcha vositalardan: xotira, mushohada yurgizishga qodirlik, estetik did, jismoniy imkoniyatlar, aloqa qilishga qodirlik va hokazolardan samarali foydalanilishi lozim. Umuman olganda, uzluksiz ta’lim shaxs va jamiyatning mos ehtiyojlari davlat va jamiyat institutlari va tashkiliy ta’minlovchi tizim orqali shaxsning butun hayoti davomidagi ta’lim (umumiy va kasbiy) salohiyatining o’sish jarayoni bilan kechadi. Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, kreativ, ma’naviy boy shaxsni shakllantiruvchi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda oldinda borishlik uchun zarur sharoitlar yaratadi. Ta’limning turlariga o’z navbatida maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar qayta tayyorlash va malakasini oshirish va maktabdan tashqari ta’limni kiritish mumkin. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin jahon hamjamiyatinining teng huquqli subyekti va ajralmas bir qismi sifatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, strategik rivojlanish, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni ta’minlaydigan demokratik kuchli huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda. 1997 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mamlakatda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashning huquqiy asoslarini yaratdi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitusiyaviy huquqlaridan biri bo’lgan bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo’yicha mehnat qilish huquqi ro’yobga chiqariladi. Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o’zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo’li bilan boshqarib boriladi. O’zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg’or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo’lib, uning rivojlanish omillaridan biridir. O’tgan yillarda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonida respublikamizda mustahkam huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik baza yaratildi, bu intellektual salohiyati yuqori va barkamol yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashning mazmunini yangilashga ko’maklashdi. Mustaqillik yillarida respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishlari darajasiga ko’tarildi. Biroq, o’tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko’rsatdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni o’rganish natijalariga ko’ra, bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta’lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Oliy ta’lim tizimida o’z yo’nalishlari bo’yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o’tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti. Tahlillarning ko’rsatishicha, oxirgi yillarda o’qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko’rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo’lib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda. Ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Mutaxassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo’layotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari talablari bilan yetarli darajada bog’lanmagan. Aholi turli toifalarini “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi bo’yicha kasbga tayyorlash tizimining yetarli rivojlanmaganligi aksariyat katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida keraksiz bo’lib qolishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, islohotlar amalga oshirilgan yillarda umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, 12 yillik majburiy ta’limga o’tish natijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi bugungi kun talablariga javob bermasligini va tubdan isloh qilishga muhtoj ekanligini ko’rsatdi. Umuman olganda, kasb-hunar ta’limining obro’si hamda o’qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Oliy malakali kadrlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorgarligining sifatini nazorat qilish hamda baholash tizimi hozirgi zamon talablari darajasida emas. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o’zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida samarali o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali integrasiyaning yo’qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi. Respublikamiz ta’lim tizimi amaliyotidagi mavjud muammolar hisobga olingan holda hamda ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o’rta ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini belgilangan rejalar amalga oshirish maqsadida. 2018 yil 17 iyul kuni O’zbekiston Prezidenti huzurida ta’lim tizimi rahbarlari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda inson resurslarini rivojlantirish poydevori bo’lgan, yoshlarda bilim, dunyoqarash va ma’naviyat asoslarini shakllantiruvchi umumiy o’rta ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda respublikada 9,7 ming maktabda jami 5,2 million o’quvchi ta’lim olmoqda. Bu aholining 16 foizini tashkil etadi, o’quv-tarbiyaviy va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qilmoqda. Biroq so’nggi 20 yilda asosiy e’tibor kollej va liseylarga qaratilib, umumta’lim maktablari faoliyatini zamon talablariga javob beradigan yaxlit bir tizimga aylantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar qoniqarsiz bo’lgan. Yig’ilishda maktablarni moliyalashtirishga ikkinchi darajali masala sifatida qaralib, ushbu tizimga byudjet mablag’lari «qoldiq» usulida ajratib kelinganligi, ayniqsa xalq ta’limi tizimi xodimlari yillar davomida o’z faoliyatiga xos bo’lmagan boshqa ishlarga muntazam jalb qilinib, tom ma’noda «tekin xizmatkor» ga aylanib qolganligi keskin tanqid qilindi. Bu kabi holatlar maktablarda erkak o’qituvchilarning kamayishiga ham sabab bo’lib, hozirgi kunda maktablarda erkak o’qituvchilar 30 foizni, Toshkent shahrida esa 10 foizni tashkil qilishi qayd etildi. Shuningdek, o’qituvchilar o’z ustida ishlab, bolalarni fanlarga qiziqishini oshirish o’rniga, maktabning kam-ko’stini yopish uchun o’quvchilar ota-onalaridan pul yig’ish, tinimsiz tekshirishga kelayotgan turli komissiyalarni «tinchitish» bilan ovora bo’lib qolganligi, maktablarda davomat tushib ketishi, o’quvchilarning ko’cha-ko’yda qarovsiz holda yurishi, hattoki bezorilarga va turli zararli oqimlarga qo’shilishi holatlariga olib kelganligi tanqidiy muhokama qilinib, ta’sirchan chora-tadbirlar belgilash bo’yicha topshiriqlar berildi.
Prezident dunyoda ilmiy-texnik rivojlanish va ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashish darajasi oshayotgani sababli past malakali ishchi kuchiga ehtiyoj kamayib borayotganligini, jumladan, Xitoy ham aynan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’limga qattiq e’tibor qaratib, katta sarmoyalarni yo’naltirayotganligini alohida ta’kidladi. Sababi jahon va mamlakatimizda ro’y berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlar va innovasion o’zgarishlarning rivojlanishi mos ravishda jamiyatda ta’lim jarayonlarini modernizasiyalashni talab etadi. Uzluksiz ta’lim butun ta’limdagi o’zgarishlarni shakllantiruvchi tizim sifatida, mehnat bozorida mutaxassislarning malakasi va kasbiy kompetensiyalarining rivojlanishini belgilovchi va umuman iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanish darajasini oshiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Uzluksiz ta’limning rivojlanishi shuningdek, ilmiy-texnik jarayonlar, informasion texnologiyalarni joriy etish va innovasion o’zgarishlar bilan izohlanadi. Innovasion jamiyatning o’ziga xos xususiyati o’zida har xil yosh kategoriyasidagi insonlar bilimini doimiy tizimli ravishda to’ldirib borish va kengaytirishni ta’minlaydigan hayot davomida va bosqichma-bosqich jarayondan iborat bo’lgan uzluksiz ta’lim hisoblanadi. Uzluksiz ta’limning maqsadi bilimlar iqtisodiyotining innovasion rivojlanish bo’g’inining ajralmas bo’g’ini sifatida insonning o’zgarishlarga va iqtisodiyotni modernizasiyalashga, kasbiy hayot, madaniyat, jamiyat va hokazolarga moslashish qobiliyatini mustahkamlash sifatida namoyon bo’ladi. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizasiya qilish, zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan jihozlash bo’yicha Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko’tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o’quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi. Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda erishilgan sur’atlar oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi ilg’or amaliyotini hisobga olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda. Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va undan respublikaning innovasion rivojlanishida samarali foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Respublikada ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o’quv-metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash bo’yicha keng ko’lamli choralar ko’rilmoqda. Ta’lim sohasini isloh etish borasida 2016-2018 yillarning o’zida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasiga doir yetmishdan ortiq farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilindi. Ushbu g’oyat muhim huquqiy hujjatlar mamlakatimizda ta’lim tizimini tom ma’noda sifat jihatdan tubdan o’zgarish va yangilashlar jarayonlari uchun asos bo’ldi.
Ta’lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko’tarish maqsadida 2018 yil 5 sentyabr kuni davlatimiz rahbarining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni16, shuningdek, qator qarorlari qabul qilindi. Xujjatda, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish xalq ta’limi tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan:
Prezident Farmonida xalq ta’limi tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari etib qo’ydagilarni belgilab berilgan: - umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash; - ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo’nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish; - rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg’or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo’li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish; - xalq ta’limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikasiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash, barcha foydalanishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish; - xalq ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish; - zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo’li bilan umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko’rsatishga oid faoliyat bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar tarmog’ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish; - xalq ta’limi tizimiga ilg’or xorijiy tajribani, o’quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovasion usullarini joriy etish, o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish. Bundan tashqari, 2018 yil 1 sentyabrdan maktablarda faoliyat olib borayotgan 450 mingdan ziyod pedagog va rahbar xodimlarning maoshi oshirildi. Xalq ta’limi xodimlariga uy, yer, maishiy texnika, chorva va mashina sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish tizimi joriy etildi. Ular uchun maxsus davlat mukofoti ta’sis qilindi. O’qituvchilarni boshqa ishlarga jalb etish, maktablarda asossiz tekshiruvlar o’tkazish amaliyotiga chek qo’yildi. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida xalq ta’limi tizimi joriy yilda 16 ming nafar oliy ma’lumotli yosh kadr bilan to’ldirildi. Qariyb 13 ming nafar erkak o’qituvchi maktablarga qaytdi. Keyingi yillarda ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Prezident qarori bilan 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 2018 yilda mamlakatimizda 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etildi. Fanlar akademiyasi va Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlari boshlandi. Albatta, bunday e’tibor yaqin kelajakda o’z samarasini beradi. Lekin barcha sohalarda jadal islohotlar olib borilayotgan bir paytda shu sur’atga mos ilg’or kadrlar mamlakatimizga bugun kerak. Hozirgi tizimli o’zgarishlar jarayonida aksariyat mutaxassislarning bunga tayyor emasligi, ularning bilimi, malakasi va ko’nikmasi zamon talabiga javob bermasligi ayon bo’lib qoldi. Masalan, xorijda doktorantura va magistraturada o’qitish, malaka oshirish va stajirovkani tashkil qilish bo’yicha dastlabki ehtiyoj 3,5 mingdan ortiq. Yurtimizda xalqaro ilmiy va amaliy tajriba ega 600 nafardan ziyod vatandoshlarimizga ehtiyoj mavjud. 1000 ga yaqin xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etishga talab bor. Ya’ni, bugun kechiktirib bo’lmaydigan, oddiy ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyoj 5 mingdan ziyodni tashkil etadi. Agar ishlab chiqarishdagi talab ham inobatga olinsa bu raqam kamida 50-100 baravarga oshadi. «Bu hali bugungi ehtiyoj. Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan bizga qaysi soha uchun qanday mutaxassis kerak bo’ladi? Shuni hozirdan chuqur o’ylashimiz, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiyalashimiz kerak. Bu masala bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 25 sentyabrdagi Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi tashkil etilgan edi. Jamg’arma oldiga o’zbekistonlik iqtidorli yoshlarni doktorantura va magistratura dasturlari bo’yicha o’qitish, turli soha mutaxassislarining malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish, xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy muloqot o’rnatish, ularni mamlakatimizda bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga jalb qilish, chet eldagi universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo’mak berish vazifalari qo’yilgan. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2019 yilda davlat byudjetidan 45 milliard so’m ajratilishi rejalashtirilgan. Prezidentimiz ko’rsatmasiga muvofiq, bu mablag’ yanada oshiriladigan bo’ldi. Vazirlar Mahkamasiga “El-yurt umidi” jamg’armasi bilan birgalikda barcha vazirlik va idoralar kesimida xorijda kadrlar tayyorlash, stajirovkasini tashkillashtirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo’yildi.
Jamg’arma Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda xorijda qimmatli tajribaga ega bo’lgan vatandoshlarimiz to’g’risidagi ma’lumotlarni shakllantirib borishi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatlar va mutaxassisliklar kesimida vatandoshlar to’g’risida ma’lumotlar reyestrini tezroq ishga tushirishi zarurligi qayd etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga jalb etilayotgan har qanday xorijiy investisiyaning ma’lum bir qismini malakali mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirish kerakligini alohida ta’kidladi. Yig’ilishda yana bir masala – istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish, ularning kasb malakasini uzluksiz oshirib borishga ko’maklashish masalalari ham ko’rib chiqildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida respublika bo’yicha vazirlik, idora va tashkilotlarda rahbar kadrlarga bo’lgan ehtiyojni qoplash maqsadida tanlov o’tkazish belgilangan edi. Tanlovning dastlabki bosqichidan so’ng 8 ming 334 talabgordan 3 ming 825 nafari keyingi bosqichlarga tavsiya etildi. Yakunda 50 nafar yuqori malakali kadr tanlab olinadi. Davlatimiz rahbari tanlovning final bosqichi ishtirokchilarini qisqa muddatli kurslar orqali malakasini oshirish kerakligini ta’kidladi. Tanlov g’oliblarining stajirovkasi qaysi rivojlangan mamalakatda, qaysi tashkilotlar va qanday mezonlar asosida o’tkazilishini aniq belgilash bo’yicha topshiriqlar berildi. Ta’lim sifatini yangi bosqichga ko’tarish masalasida bir ahamiyatli xujjatga e’tibor bersak, bu Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori. Hujjat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining: a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish: Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) - boshlang’ich 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash uchun; Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 va 8-sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’zlashtirish darajasini baholash uchun; The Programme for International Student Assessment (PISA) - 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun; The Teaching and Learning International Survey (TALIS) - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitish va ta’lim olish muhitini hamda o’qituvchilarning ish sharoitlarini o’rganish uchun; b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini tashkil etish to’g’risidagi takliflariga rozilik berildi. Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi: - xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O’zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish; - ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovasion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish; - ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va o’tkazishda ishtirok etish; - ta’lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o’tkazish; - ta’lim sifatini baholash bo’yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo’llab-quvvatlash; - umumiy o’rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash; - O’zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash; - xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo’yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg’or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo’llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish; - o’qitishning innovasion usullaridan foydalangan holda o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlar bo’yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo’yicha o’quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash. Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo’lsak, hozirgi davrda har bir mamlakat raqobatbardoshligi avvalo, uning ta’lim va fan darajasiga bog’liq. Iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining zamonaviy holati inson faoliyatining kasbiy va kasbiy tayyorgarlik sifati darajasiga har qachongidan ham ko’proq talablar qo’ymoqda. Zamonaviy xodimning ma’lum bir ish faoliyatiga moslik darajasini baholash borasidagi talablar doimiy ravishda o’zgarib va kuchayib bormoqda. Bunda “Kasbiy kompetentlik” sifatida uning nafaqat kasbiy bilimlari, malaka va ko’nikmalari, balki mantiqiy fikrlashi, tashabbuskorligi, uddaburonligi, guruhda ishlash va hamkorlik qilishga bo’lgan qobiliyati, ma’lumotliligi va boshqa sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
1. “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”ning mazmun-mohiyatini ochib bering? 2. O’zbekistonda ta’lim sohasidagi islohatlar jarayonida Fanlar Akamiyasining o’rnini ochib bering? 3. “Uzluksiz ta’lim” konsepsiyasi birinchi marta kim yoki qaysi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan? 4. Uzluksiz ta’lim tizimining rivojlanishi, uning o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan qaysi olimlar yondashkanlar? 5. YuNESKOning “Ta’lim – yashirin xazina” dasturining mazmun-mohiyatini ochib bering? 6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi Farmonning asosiy mazmun-mohiyatini aytib bering? 7. O’zbekiston Prezidenti huzurida umumiy o’rta ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalalari bo’yicha yig’ilish muhokama qaysi sana bo’lib o’tdi. 8.Respublikamizda ta’lim sifati bo’yicha qanaqa xujjatlar ishlab chiqildi?
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida” gi PF-4958 sonli Farmoni. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli Qarori. 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli Qarori. 4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5198-sonli Farmoni. 5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi «Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-5313-son Farmoni. 6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga ShARH// http://uzlidep.uz/positionparty/82 7.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi «Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3755-sonli Qarori. 8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF-5538 sonli Farmoni. 9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 sentyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha «El-yurt umidi» jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi PF-5545-sonli Farmoni. 10.Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli Qarori 11. Andreyeva A.S. Formirovaniye sistemы professionalnogo vospitaniya obuchayuщixsya v usloviyax neprerыvnogo obrazovaniya// Ustoychivoye razvitiye nauki i obrazovaniya. 2016. № 3. S.34-38. 12. Anoshkina V. L., Rezvanov S. V. Obrazovaniye. Innovasiya. Buduщyeye. 2001. Razdel. 3. Stadii stanovleniya konsepsii neprerыvnogo obrazovaniya. URL: sbiblio.com/biblio/archive/ resvanov_obrasovanie/ 13. Axmedov A.E., Smolyaninova I.V., Shatalov M.A. Sistema neprerыvnogo obrazovaniya kak drayver sovershenstvovaniya professionalnыx kompetensiy// Professionalnoye obrazovaniye i rыnka truda. 2016. №3. S.26-28. 14. Obrazovaniye: sokrыtoye sokroviщye. Osnovnыye polojeniya Doklada Mejdunarodnoy komissii po obrazovaniyu dlya XXI veka // http://www.ifap.ru/library/book201.pdf. Download 59.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling