Тату нинг Радиотехника, радиоалоқа ва телерадиоэшиттириш факультети рт ва ра кафедраси катта ўқитувчиси И


Download 42 Kb.
Sana15.08.2023
Hajmi42 Kb.
#1667354
Bog'liq
рагачурина


TATU ning Radiotexnika, radioaloqa va teleradioeshittirish fakulteti RT va RA kafedrasi katta o‘qituvchisi N.A.Ragachurinaning “Elektronika va sxemalar 2” fanidan “Istok qaytargich sxemasini tadqiq etish” mavzusidagi ma’ruzasiga


TAQRIZ
Laboratoriya 19.04.2023 yil da 2-juftlikda 333- auditoriyada, CAE201-L3 guruhida bo‘lib o‘tdi. Darsda 1 ta talaba qatnashmadi.
Ragachurina N.A talabalarni davomatini tekshirib o‘tilgan mavzu bo‘yicha qisqacha savol javob o‘tkazdi, asosiy ma’lumotlar va ta’riflar haqida talabalarni tayyorgarligini tekshirdi. So‘ngra yangi laboratoriya mavzusini e’lon qildi. O‘qituvchinig yangi mavzu bo‘yicha barcha hujjatlari mavjud. Mavzu kalendar reja asosida olib borildi. O‘qituvchi o‘tiladigan mavzuni oldingi mavzularga bog‘lab uning ahamiyati to‘g‘risida qisqacha to‘xtilib o‘quv rejalarini talabalarga yetkazdi. Mavzuning dastlabki qismida metalll dielektrik yarimo‘tkazgichli (MDYa) tranzistorlari to‘g‘risida gapirdi. Shundan so‘ng istok qaytargich sxemasini tadqiq etish laboratoriya mavzusi bo‘yicha ma’lumotlar va ularning sxemalarini ishlash prinsiplarini batafsil tushintirdi. Dars jarayonida o‘qituvchi talabalarda mavzu bo‘yicha qiziqish uyg‘ota bildi, dars talabalar bilan muloqat sifatida bo‘lib o‘tdi.
Ragachurina N.A darsni mavzu rejasi asosida tushinarli o‘tdi.
Kamchiliklar: Dars davomida animatsion materiallardan unumli foydalanilmadi. Oldingi o‘tilgan mavzu bo‘yicha talabalarga qisqa testlar berib, ularni o‘zlashtirishini tekshirib reyting baholash olib borilmadi.
Taklif: Laboratoriya darsida talabalarning faolligini oshirish maqsadida qisqa testlar olib borish va animatsion taqdimotlardan unumli foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Yuqoridagi kamchiliklarga qaramasdan N.A.Ragachurina tomonidan mavzu to‘liq tushuntirib berildi.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU


“Elektronika va Radiotexnika”
kafedrasi katta o‘qituvchisi X.X. Shoyusupova

E’LON
2022 yilning 28 oktabr kuni soat 1000 da 327-auditoriyada “Elektronika va radiotexnika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Q.Xolmonovning “Kombinatsion turdagi raqamli sxemalar. Shifrator va deshifratorlar. Multipleksor va demultipleksorlar” mavzusida ochiq darsiga taklif etamiz!

TATU ning Radiotexnika, radioaloqa va teleradioeshittirish fakulteti RT va RA kafedrasi katta o‘qituvchisi I.R Foziljonovning “Elektr aloqa nazariyasi” fanidan “Davriy bo‘lmagan signallarning spektrlari. Delta impuls mavzusidagi ma’ruzasiga




TAXLILI

Ochiq ma’ruza darsi 7.02.11 da 2-juftlikda 327- auditoriyada 1 ta potokdan iborat Tu 410-09,411-09,412-09, 430-09 Tu guruxlariga o‘qildi. Potokda 85 ta talaba bo‘lib, shundan 2 tasi darsga qatnashmadi.


O‘qituvchi yangi mavzuni o‘tishdan avval oldin ma’ruza darsida o‘tilgan davriy signallarni sharti va asosiy tushinchalari to‘g‘risida savol javob o‘tkazdi, so‘ngra yangi mavzuni yorita boshladi.
Mavzuda davriy bo‘lmagan signallarni turlari va asosiy tavsiflarini keltirdi. Davriy bo‘lmagan signallarga misollar keltirib, davriy signallar bilan farqini tushintirdi.So‘ngra asosiy e’tiborni davriy bo‘lmagan signallarning spektrlarini aniqlash usullari grafiklari bilan tanishtirdi, Furening kompleks ifodasini keltirib, misolllar ko‘rib chiqdi. Ushbu mavzu talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘tilgan mavzuni kerakli joyini talabalar konspekt kilishdi. Meni fikrimcha o‘tilgan mavzu tarkibiga kiruvchi davriy bo‘lmagan signallarning spektrlarini taxlilini yanada chuqurroq o‘rganish uchun talabalarga misollar uyga vazifa sifatida berilsa maqsadga muofiq bo‘lar edi.
O‘tilgan dars nuqsonsiz va tushinarli o‘tganligini darsni oxirida talabalarning bergan savollaridan ma’lum bo‘lib turdi.
Katta o‘qituvchi Faziljanov I.R. tomonidan o‘tilgan ma’ruza darsi xozirgi zamon talabiga javob bera oladigan bo‘lib, men bildirgan taklif ma’ruza darsini yanada boyitadi.
Katta o‘qituvchi Faziljanov I.R. ning o‘zi esa talabalarga namuna bo‘ladigan xulqli va uz fanini chuqur biladigan o‘qituvchi ekanligiga ishonch xosil qildim.
TDTU
EA KT va R kafedrasi
dos. Movlonov Sh.A
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling