Tatu rektorining 2020 yil “ 12 ” ноябрь dagi 1149 buyrug„iga 1-ilova
Download 92.88 Kb. Pdf ko'rish
|
d8DSRNI7FrGp3tLff6g6Gq7iMBXbFWAl
Rahbar:
manfaatlar to„qnashuvining oldini olish va ularni tartibiga solish yuzasidan o„z vaqtida chora-tadbirlar ko„rish; korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish choralarini ko„rish; jamoa a‟zolarini samarali boshqarish, o„ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag„larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo„lishi shart. Rahbar o„ziga bo„ysunuvchi, xizmatdagi xulq-atvor prinsiplari va Qoidalarni buzayotgan jamoa a‟zoilarning xatti-harakatlariga (harakatsizligiga) yo„l qo„yilmasligi uchun javob beradi. 12. Jamoa a‟zolari o„zlarining xizmat vazifalariga bo„lgan munosabati bilan jamoada ishchanlik, o„zaro xayrixohlik va amaliy hamkorlik muhitini qaror toptirishga intilishlari kerak. Jamoa a‟zolari xushmuoamala, iltifotli, odobli, e‟tiborli, fuqarolar va hamkasblari bilan o„zaro munosabatda sabr-toqatli bo„lishi, ularni hurmat qilishi shart. Jamoa a‟zolari o„ziga bo„ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo„pollik qilmasligi, odamlarning sha‟ni va qadr- qimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz psixologik va jismoniy ta‟sir ko„rsatish holatlariga yo„l qo„ymasligi kerak. Xizmat vazifalarini bajarish chog„ida ish shartlari va xizmat tadbirlarining shakliga bog„liq holda jamoa a‟zolarning tashqi ko„rinishi fuqarolarning davlat organiga nisbatan hurmat bilan munosabatdan bo„lishga yordam berishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo„lishi, ular rasmiyligi, vazminligi va tartibliligi bilan boshqalardan ajralib turishi kerak. 13. Jamoa a‟zolari xizmatdan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishlari, g„ayri ijtimoiy xatti-harakatlarga yo„l qo„ymasligi karak. Jumladan, hamjihatlik, o„zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g„amxo„rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a‟zolarining o„zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir. o„zaro munosabatlarning asosiy tamoyili – bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lozim, jumladan, jamoa a‟zosining so„z erkinligi unga birovga tuhmat qilish, uni haqorat qilish, o„zaro munosabatlarda umum e‟tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi behayo so„zlardan foydalanish huquqini kafolatlamaydi, e‟tiqod erkinligi diniy marosim liboslarida universitetga kelish huquqini kafolatlamaydi, kiyinish erkinligi ta‟lim maskanida tarbiya jarayoniga salbiy ta‟sir qilish huquqini kafolatlamaydi va hokazo. Jamoa a‟zolarining universitetga odamlar diqqatini tortadigan tanani shaffof ko„rsatib turadigan, yelka, ko„krak va qorin, shuningdek, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, to„g„nog„ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi ta‟qiqlanadi. Jamoa a‟zolari OTMga orasta bo„lib, unga monand kiyimda kelishi lozim. Jamoa a‟zosining sha‟ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi hamda xalqimizning ma‟naviy merosini avaylab asrash maqsadida jamoa a‟zolari bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo so„zlar ishlatishi qat‟iy ta‟qiqlanadi hamda universitetda o„zaro “Siz” deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim. jamoa a‟zolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yig„ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlarda) so„zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo„lishi, maishiy tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq o„z so„zini tugatib, boshqasi so„z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqtida zaldan chiqib ketish mumkin. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo„lmagan yoki universitetning ichki muammolariga taalluqli masalalarni Internet tarmog„iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo„lida foydalanish ta‟qiqlanadi. Kompyuterlarda universitetga tegishli bo„lmagan ma‟lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma‟lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ„ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ„ib etish qat‟iyan man etiladi. O„quv mashg„ulotlariga va ishga hamda jamoa a‟zolarining osoyishtaligiga halaqit beradigan xatti-harakatlar (radiopriyomnik, televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan maqsadsiz foydalanish) sodir etish ta‟qiqlanadi. TATU jamoa a‟zolari dars mashg„ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga ko„ra o„z vaqtida kelishlari shart. Universitetda har qanday huquqbuzarlik sodir etish ta‟qiqlanadi, shu jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa a‟zosiga ma‟naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo„lgan ma‟lumotni tarqatish, tan jarohati yetkazish, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish qat‟iyan man etiladi. 14. Professor-o„qituvchilar va talabalarning ta‟lim-tarbiya jarayonidagi o„zaro Download 92.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling