Tatu urganch filiali S961-22 Pochta aloqa texnologiya yo’nalishi talabasi Karimberdiyev Karimberdining O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan taqdimot ishi


Download 152.64 Kb.
bet2/3
Sana28.01.2023
Hajmi152.64 Kb.
#1136880
1   2   3
Bog'liq
TATU Urganch filiali S961 22 Ahmedov Temur

 Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarda o'zlikni anglash, til, madaniyat, tarix va kelajakka teran nazar solish, inson huquq va erkinliklarini har narsadan ustun qo'yishga bo'lgan intilish kuchayib bordi. Farg'ona fojeasi yuz berdi. XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sobiq ittifoqda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz jarayonlari kuchayib, betartiblik . O'z navbatida necha yillar davomida hal etilmagan, xalqning sabr kosasini to'ldirgan muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga sabab bo'ldi. 1989 yilning may oyi ohirlari, iyunning boshlari butun Farg`ona viloyati janjal-to'polonlar alangasi ichida qoldi. Dastlab 23 may kuni boshlangan fojia ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan so'ng Marg`ilon va Qo'qon shaharlariga tarqaldi

Qadimdan o'zining bag`rikenglik, mehmondo'stlik, mehr-shafqatlilik fazilatlari bilan shuhrat qozongan halq hech qachon birovga nisbatan adovatda bo'lmagan, qo'l ko'tarmagan. Biroq, sobiq ittifoqdagi buzg`unchi kuchlar ta'sirida ana shunday favqulodda kutilmagan fojia sodir etildi va begunoh insonlar qurbon bo'ldi, mingga yaqin kishi jarohatlandi, sakkiz yuzdan ortiq uyga o't qo'yildi, davlat va jamoat idoralarining binolariga ziyon etkazildi. Ommaviy chiqish va to'polonlarda o'ttiz mingga yaqin odam ishtirok etib, yetkazilgan ziyon bir necha million rubldan ortib ketdi.

Hukmron partiya va sovet hukumati rahbarlari bo'layotgan bu jarayonlardan manfaatdordek, fojia ildizlarini so'rab-surishtirishni o'ylamas edi. Ular ana shunday betayin pozitsiyasi bilan O'zbekistonda beqaror vaziyatni vujudga keltirish, ohir-oqibatda butun O'rta Osiyoda fuqarolar urushini, qonli fojialarni avj oldirishni ko'zlab yurgan, qizil imperiyani qanday qilib bo'lsa-da saqlab qolishga intilayotgan Markazdagi yovuz kuchlarga yo'l ochib berayotgan edi. Farg’ona fojialari zamirida shovinizmga aloqador sabablar ham bor edi. Bu voqealar, aytish mumkinki, 1986 yili Qozog’iston poytaxti Olmaotada amalga oshirilgan “Metel” operatsiyasining davomi edi


Download 152.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling