Tavakkalchilik tushunchasi, uni baholash va boshqarish usullari
Download 80.5 Kb.
|
Tavakkalchilik tushunchasi, uni baholash va b~
Bunday tavakkalchilik turlarini korxona boshqaruvchilari doimiy ravishda kuzatib borishlari va ular natijasida yuzaga keladigan zararlarni pasaytirish tadbirlarini belgilab borishlari mumkin. Tashqi omillar natijasida yuzaga keladigan tavakkalchilik turlari korxona boshqaruvchilari yoki xodimlarining xatti-harakatlariga bog`liq bo`lmay, ko`pincha tabiiy (favqulodda) shart-sharoitlar ta’sirida yuzaga keladi. Har qanday qishloq xo`jaligi korxonasi tavakkalchilik bilan bog`liq faoliyat olib borar ekan, doimiy ravishda tavakkalchilik turlarini aniqlaydi, ma’qul bo`lgan tavakkalchilik chegarasini belgilaydi hamda uning keskin oqibatlaridan o`zini himoyalash yo`llarini qidiradi. Tavakkalchilikdagi xavf darajasini aniqlash, uning oldini olish yo`llarini izlab topish va uning oqibatida yuz berishi mumkin bo`lgan zararlarni pasaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid faoliyat tavakkalchilikni boshqarish tizimi deb ataladi. Tadbirkorning tavakkalchilikni boshqarish doirasidagi faoliyati o`z korxonasini uning daromadligiga tahdid soluvchi tavakkalchiliklar ta’siridan himoya qilishga yo`naltirilgan. Tadbirkor uchun taxminiy paydo bo`layotgan tavakkalchilikni bilish zarurdir, lekin buning o`zi yetarli emas. Muhimi, tavakkalchilikning aniq turi korxona faoliyatiga qanday ta’sir ko`rsatayotganligi va qanday oqibatlarni olib kelishi mumkinligini aniqlab, uni to`g`ri baholay bilish va shundan so`ng korxonaning iqtisodiy samaradorligiga ta’sirini hisoblab topishdir. Tavakkalchilikni oqilona boshqarish korxonaning uzoq muddatli istiqbolda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshiradi, uning moliyaviy holatini yomonlashish xavfini bir muncha bo`lsa-da kamaytiradi. Tavakkalchilikni boshqarishda eng avvalo yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tavakkalchilik turlarini aniqlanadi, ular tahlil etiladi va mumkin bo`lgan zarar darajasini belgilanadi. Keyingi bosqichda tavakkalchilikning oldini olish, ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlarni pasaytirish yoki sug`urtalash tadbirlari ishlab chiqiladi va uni boshqarish usullari tanlanadi. Oxirgi bosqichda ko`rilgan zararlarni qoplash, oqibatlarini tahlil etish va bartaraf etish choralari ko`riladi. Umuman olganda, tavakkalchilikni boshqarish tadbirkorga resurslardan yanada oqilona foydalanish, javobgarlikni taqsimlash, firma faoliyati natijalarini yaxshilash va tavakkalchilik ta’siridan uning xavfsizligini ta’minlash imkonini yaratadi. Tavakalchilikni boshqarish bir-birini to`ldirib boruvchi bir nechta bosqichlardan iborat bo`ladi (32-chizma). Tavakkalchiliklarni boshqarish jarag`nida asosiy e’tibor tadbirkorlik tavakkalchiligini baholashga qaratiladi. Download 80.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling