Tavakkalchilik va aniqmaslik sharoitida yechim qabul qilish
Download 159.69 Kb.
|
Tavakkalchilik sharoitida qaror qabul qilishning tajribaviy berilganlaridan foydalanish
1.2-jadval
Murakkab yozishlardan qutilish maqsadida wij = w(αi, θj), i = 1, 2, ..., m, j = 1, 2, ..., n belgilashni kiritamiz. U holda 1.1- jadval ham mos ravishda o‘zgartirib yoziladi (1.2-jadval). Bundan keyin W = (wij) jadvalning elementlari yechim qabul qiluvchining yutug‘ini(foydasini) bildirsin. Yutuqning matematik kutilmasini maksimumlashtirish usuli− Agar tabiat keltirib chiqaradigan θ1, θ2, ..., θn holatlarning ro‘y berish ehtimolliklari ma’lum bo‘lsa, u holda yutuqni o‘rtacha ma- tematik kutilmasini aniqlash imkoni bo‘ladi. Tabiat tomonidan θj holatni keltirib chiqarish ehtimoli pj aniqlangan bo‘lsin. U holda Σ n pjwij (1.1) j=1 − soni yechim qabul qiluvchi tomonidan αi strategiyani qo‘llagandagi, uning o‘rtacha yutug‘ini bildiradi. Ravshanki (1.1) soni, albatta, yechim qabul qiluvchi tomonidan tanlangan αi strategiyaga bog‘liq. Shu sababli, yechim qabul qiluvchi shunday αi strategiyani tanlaydiki, natijada (1.1) soni eng katta bo‘lsin. Albatta, bunda (1.1) sonini eng kattasini aniqlab beruvchi strategiya yechim qabul qiluvchi tomonidan tanlab oli- nadi. Bu strategiya yutuqning matematik kutilmasi kriteriyasiga nisbatan optimal hisoblanadi. Demak, bu kriteriyani qo‘llashda θ1, θ2, ..., θn holatlarning ro‘y berish ehtimolliklari p1, p2, ..., pn larning berilishi muhimdir. 1-masala. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarning nuq- sonliklari 8, 10, 12 va 14 foiz bo‘lib, ularning ro‘y berish ehtimol- liklari mos ravishda 0,4; 0,3; 0,25 va 0,05 ga teng. Ishlab chiqa- ruvchi A, B va C iste’molchilar bilan aloqa qilib, shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan nuqsonlar mos ravishda 8, 12 va 14 foizdan osh- masligi shart ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. Mabodo, nuqsonlar foizi ortib ketsa, har bir foiz uchun, 1 million so‘m jarima to‘lanadi. Ammo nuqsonlarning foizini 1 birlikka kamaytirish uchun, ish- lab chiqaruvchi qo‘shimcha 500000 so‘m sarflashi zarur. Qaysi iste’molchining boshqalarga nisbatan mahsulot olish imkoniyati katta? Ushbu masalada uchta turli yechimlar bor: mahsulotlarni A, B va C iste’molchilarga jo‘natish, bular mos ravishda α1, α2, α3 yechimlarga mos keladi. Xuddi shunday to‘rtta holat bor: θ1 = 8, θ2 = 10, θ3 = 12 вa θ4 = 14 foiz nuqsonli mahsulotlar ishlab chiqarish. Endi xarajat jadvalini tuzamiz. α1 yechimni qabul qilish 8 foizli nuqson bilan iste’molchiga — × — × — × mahsulotni jo‘natishni bildiradi. Shu sababli, agar mahsulot nuq- soni ham 8 foizni tashkil etsa (θ1 holat), unda zarar (8 8) 1000000 = 0 so‘mga teng. Agar mahsulot nuqsoni 10 foizni tash- kil etsa (θ2 holat), unda zarar (10 8) 1000000 = 2000000 so‘mga teng. Agar mahsulot nuqsoni 12 foizni tashkil etsa (θ3 holat), unda zarar (12 8) 1000000 = 4000000 so‘mga teng. Agar mahsulot nuqsoni 14 foizni tashkil etsa (θ4 holat), unda zarar (14 − 8) × 1000000 = 6000000 so‘mga teng. — × — × — × — × α2 yechimni qabul qilish 12 foizli nuqson bilan iste’molchiga mahsulotni jo‘natishni bildiradi. Shu sababli, agar mahsulot nuq- soni 8 foizni tashkil etsa (θ1 holat), unda zarar (12 8) 500000 = 2000000 so‘mga teng. Agar mahsulot nuqsoni 10 foizni tash- kil etsa (θ2 holat), unda zarar (12 10) 500000 = 1000000 so‘mga teng. Agar mahsulot nuqsoni 12 foizni tashkil etsa (θ3 ho- lat), unda zarar (12 12) 1000000 = 0 so‘mga teng. Agar mahsulot nuqsoni 14 foizni tashkil etsa (θ4 holat), unda zarar (14 12) 1000000 = 2000000 so‘mga teng. Xuddi shunday α3 yechimni qabul qilish 14 foizli nuqson bilan — × × − — × iste’molchiga mahsulotni jo‘natishni bildiradi. Shu sababli, agar mahsulot nuqsoni 8 foizni tashkil etsa (θ1 holat), unda zarar (14 8) 500000 = 3000000 so‘mga teng. Agar mahsulot nuqsoni 10 foizni tashkil etsa (θ2 holat), unda zarar (14 10) 500000 = 2000000 so‘mga teng. Agar mahsulot nuqsoni 12 foizni tashkil etsa (θ3 holat), unda zarar (14 12) 500000 = 1000000 so‘mga teng. Agar mahsulot nuqsoni 14 foizni tashkil etsa (θ4 holat), unda zarar (14 − 14) × 1000000 = 0 so‘mga teng. Bu sonlar yordamida quyida xarajat jadvali tuzilgan. Ammo θ1, θ2, θ3, θ4 holatlar mos ravishda 0,4; 0,3; 0,25 va 0,05 ehtimollik- lar bilan ro‘y berishligi sababli o‘rtacha xarajat α1, α2, α3 yechim- larni qabul qilinishiga qarab mos ravishda 0 · 0, 4 + 2000000 · 0, 3 + 4000000 · 0, 25 + 6000000 · 0, 05 = 0 + 600000 + 1000000 + 300000 = 1900000, 2000000 · 0, 4 + 1000000 · 0, 3 + 0 · 0, 25 + 2000000 · 0, 05 = 800000 + 300000 + 0 + 100000 = 1200000, · · · · 3000000 0, 4 + 2000000 0, 3 + 1000000 0, 25 + 0 0, 05 = 120000 + 600000 + 250000 + 0 = 2050000, sonlariga teng bo‘ladi. Demak, eng kam xarajat (1200000) B iste’molchiga mahsulotni jo‘natish orqali erishilar ekan.
Quyida ko‘riladigan kriteriyalarda bunday imkoniyat (pj ehti- molliklarni aniqlash) yo‘q deb faraz qilinadi. Bu esa kriteriyalar tuzishdagi aniqlikning yo‘qolishiga olib keladi. Shu sababli, bun- day vaziyatlar uchun, turli kriteriyalar taklif etilgan bo‘lib, ular- ning qaysi birini qo‘llash, butunlay yechim qabul qiluvchining ixtiyorida bo‘ladi. Download 159.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling