Tavallo (taxallusi; asl ism-sharifi Toʻlagan Xoʻjamyorov)


Download 119.69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.03.2023
Hajmi119.69 Kb.
#1272991
Bog'liq
Tavallo - Vikipediya



Tavallo
Tavallo (taxallusi; asl ism-sharifi Toʻlagan
Xoʻjamyorov) (1883 – Toshkent, Rossiya
imperiyasi — 1937-yil 10-noyabr,
Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — turkistonlik
maʼrifatparvar shoir, publitsist.
Jadidchilik harakati namoyandasi.
Tavallo 1883-yil Toshkentning Koʻkcha
dahasida, Obi Nazir mahallasida
Xoʻjamyor Jiyanboyev oilasida tugʻilgan.
Bolaligi va faoliyati


Avval eski maktabda savod chiqargan,
soʻng Beklarbegi madrasasida va rus-
tuzem maktabida oʻqigan
[1]
.
1900-yil 17 yoshida mol savdosi bilan
shugʻullanuvchi otasining maslahati bilan
Prjevalsk shahriga borib, Usmonbek
Solihjonboyev degan kishining qoʻlida
prikazchik boʻlib ishlagan. 1909-yil
otasining vafotidan soʻng Toshkentga
qaytib, shahar savdo shirkatlaridan birida
ish yurituvchilik qilgan
[1]
.
Tavallo Zuhra ismli ayolga uylangan, ular
Rahbar, Sanobar ismli ikki qiz va Maqsud,
Oilasi


Mahmud ismli ikki oʻgʻil farzand
koʻrishadi
[1]
.
Oʻzbek va fors adabiyoti klassiklarining
ijodini, shuningdek, arab va fors tillarini
oʻrgangan. 1905-yildan „Turkiston
viloyatining gazeti“, „Sadoi Fargʻona“,
„Taraqqiy“ kabi gazeta va jurnallarida
sheʼr va maqolalari bilan muntazam
qatnashgan. 1910-yillardan vaqtli
matbuotda „Tavallo“ taxallusi bilan sheʼr
va maqolalari bosila boshlagan. 1914-yil
30-avgustda Munavvarqori, Abdulla
Avloniy, M. Podshoxoʻjayev, Husanxoʻja
Dadaxoʻja oʻgʻli (yozuvchi Said
Ahmadning otasi), Saidabdullo Saidkarim
Publisistik faoliyati


oʻgʻli Saidazimboyev, Komilbek Norbekov
(jami 12 kishi)lar bilan birgalikda
Toshkentda „Nashriyot“ shirkatini tuzib,
kitob chiqarishni yoʻlga qoʻygan. 1915-
yilda esa Avloniylar tashabbusi bilan
tuzilgan „Turon“ jamiyatida faoliyat
koʻrsata boshlagan. 1918–1919-yillarda
Toshkentning dastlab Eski shahar, soʻng
Yangi shahar ijroiya qoʻmitalarining aʼzosi
boʻlgan. Keyinchalik turli xoʻjalik ishlarida
ishlagan.
Tavalloning ijodkor sifatida
shakllanishida Toshkent adabiy
muhitining roli katta boʻlgan. Unga
sayramlik shoir Yusuf Saryomiy ustozlik
Ijodi


qilgan. Taxallusni ham unga Yusuf
Saryomiy bergan.
Tavallo sheʼrlarida millat va Vatan
tushunchalari keng oʻrin egallagan
(„Yordam etmak kuni yetdi siza Turon
ahli…“). „Ravnaq-ul Islom“ (1916) sheʼriy
toʻplami uning hayotlik davrida chop
etilgan. Toʻplamga 70 ta sheʼr kiritilgan.
Asar turkchilik, islomchilik ruhida. Vazn
va ohang anʼanaviy – aruzda. Ushbu
toʻplam 1993-yili professor Begali
Qosimov tomonidan soʻzboshi va izohlar
bilan qayta nashr qilindi.


Tavallo 1937-yil 14-avgustda Tavallo
aksilinqilobiy „Turon“, „Shoʻroyi islom“
„Ittihodi taraqqiy“, „Milliy ittihod“, „Milliy
istiqlol“ tashkilotlarining aʼzosi,
„Millionerning oʻgʻli“, „sheʼrlarida
millatchilik gʻoyalarini ilgari surgan“likda
ayblanib, qamoqqa olinadi. 1937-yil 10-
noyabrda NKVD qoshidagi uchlik hukmi
bilan otib tashlangan. 1968-yil 18-
oktabrda oqlangan.
1. 
Қосимов, Бегали „Тўлаган Хўжамёров
— Тавалло (1883-1937)“ (https://ziyouz.u
z/ilm-va-fan/adabiyot/milliy-uygonish/beg
Vafoti
Manbalar


ali-qosimov-tulagan-xujamyorov-tavallo-1
883-1937/) . Ziyouz.uz (3-may 2016-yil).
Qaraldi: 8-noyabr 2022-yil.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Tavallo&oldid=3161512" dan 
olindi


Bu sahifa oxirgi marta 8-Noyabr 2022, 16:45 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 119.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling