Таваллудининг 80 йиллигига бағишланган кимёнинг ривожида фундаментал, амалий


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1031964
  1   2   3   4
Bog'liq
1. Конф.ЎзМУ 2022.09.22 (2)



 



 

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ 
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ 
 
МИРЗО УЛУҒБЕК НОМИДАГИ
ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ 
 
Профессори, кимё фанлари доктори 
АБДУШУКУРОВ АНВАР КАБИРОВИЧ 
 
таваллудининг 80 йиллигига бағишланган 
КИМЁНИНГ РИВОЖИДА ФУНДАМЕНТАЛ, АМАЛИЙ 
ТАДҚИҚОТЛАР ВА УЛАРНИНГ ИСТИҚБОЛЛАРИ 
Мавзусидаги Республика илмий-амалий анжумани 
 
 
 
2022 йил 22-23сентябрь 


 
499 
NEFT SUVLARI TARKIBIDAGI MAVJUD YOD IONLARINI 1,1'-BIFENIL-4,4'-
DIAMIN ASOSIDA AJRATISH VA TAHLIL QILISH 
1
Uralov N.B., 
2
Turayev X.X., 
3
Karimov M.U., 
4
Tillayev X.R. 
1
O`qituvchi, Termiz davlat universiteti.,
 2
Kimyo fanlari doktori, professor, Termiz davlat 
universiteti.,
 3
Kimyo fanlari doktori, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.,
 4
Kimyo 
fanlari falsafa doktori, dotsent., Termiz davlat universiteti 
Ma’lumki, insonlarda yod tanqisligi aniqlangan hududlarda qalqonsimon bez kasalliklari 
keng tarqalgan bo‘ladi, chunki yodsiz bu organ oddiy gormonlarni ishlab chiqara olmaydi. 
Ammo bu moddaning yana bir xavfli tomoni ham bor: organizmda mazkur elementning ko‘pligi 
yod yetishmasligi singari xavfli. Qalqonsimon bez kasalliklari tashxisi qo‘yilgan odamlar, 
ayniqsa, yod miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar iste’molida ehtiyot bo‘lishlari lozim. Yong‘oq, 
dengiz mahsulotlari, dengiz o‘tlari va baliq mahsulotlari yod manbai hisoblanadi. Tanadagi yod 
muvozanatini saqlashning eng oson usuli — oddiy tuz o‘rniga yodlangan tuzdan foydalanishdir. 
Yod elementi mavjud zahiralarining neft suvlari, ba`zi tabiiy sho`r shuvli hududlarda 
tarqalganligi, bulardan unumli foydalanish, ular ustida tadqiqotlar olib borish hamda ishlab 
chiqarish ishlarini amalga oshirish dolzarb muammolardan biri sanaladi.
Neft uyumlari bilan bevosita tutashgan suvlarning minerallashuvi (200 g/l gacha va undan 
ziyod), gazga toʻyinganligi, metan va benzol miqdori oʻziga xos xususiyatlarga ega. Koʻpincha 
neft suvlari shifobaxsh mineral suv sifatida yoki undan yod, brom, bor, radiy, bariy, stronsiy va 
boshqa moddalarni olishda foydalaniladi[1]. 
Yod miqdori kamida 10 -18 mg/l bo'lsa, yod ishlab chiqarish uchun bog'langan suvlar 
istiqbolli hisoblanadi. Yod birikmalarini o'z ichiga olgan yodli er osti sho'r suvlari asosida yod 
olish texnologiyasini ishlab chiqishda bir qator, jumladan, quyidagi yo'nalishlarda ilmiy 
yechimlarni asoslash kerak: -burg'ulashda yod ionlarining kinetikasi va oksidlanish 
mexanizmining optimal texnologik parametrlarini aniqlash. -kislotali muhitda suv; yod 
kontsentratlaridan yodni cho'ktirish uchun oksidlovchi moddalarni tanlash va optimal jarayon 
sharoitlarini aniqlash, shuningdek, molekulyar kristalli yodni ajratish texnologiyasini ishlab 
chiqish [2, 3]. 
Ajratuvchi voronkada fazalarni ajratgandan so'ng, organik qism 0,01 n Na
2
S
2
O
3
bilan 
titrlangan. Respublikamiz hududida, asosan, Fargʻona, Buxoro-Qarshi, Surxondaryo artezianlari 
havzalarida hamda Ustyurt platosida joylashgan bir qancha sanoat yodli yer osti suvlari topilgan. 
Surxondaryo artezian havzasida kuchli vodorod sulfidli va yodli suvlarning 3 ta konlari 
aniqlangan va oʻrganilgan. Ularning hosil boʻlishi neft konlari va neftli jinslar bilan ham bogʻliq. 
Surxondaryo neft konlari suv havzasida 39-76 °C haroratda va pH 5,1-6,7 bo`lganda sho'rlik 
darajasi 142,9-283,0 g/l, ga teng bo`lganda yod miqdori 17,4-24,34 mg/l, brom 313,2-426,4 mg/l 
ekanligi aniqlangan[4]. 
Neft suvlari tarkibidagi yod ionlari bilan 1,1'-bifenil-4,4'-diamin (benzidin) tajribasi 
amalga oshirildi. Dastlab 1,1'-bifenil-4,4'-diaminning infraqizil spektri keltirildi (1-rasm). 


 
500 
1-rasm. 1,1'-bifenil-4,4'-diaminning infraqizil spektri. 
Neft suvlari tarkibida mavjud bo`lgan yod ionlarini qo`shimcha reagentlar sarflamasdan 
organik moddalar bilan birikma hosil qilib cho`ktirgan holda ajratib olish imkoniyati mavjud. 
Buning uchun 1,1'-bifenil-4,4'-diamin bilan yodli eritmasi bilan hosil qilgan cho`kmasini 
keltirish mumkin. 
Ishni bajarishda dastlab 0,184 g 1,1'-bifenil-4,4'-diamin organic erituvchilarda eritib olindi, 
so`ngra konsentratsiyasi 40 mg/l atrofida bo`lgan oksidlovchilar ta`sirida oksidlangan yodli 
eritmadan 1000 gramm olindi va reaksiya xona temperaturasida cho`kma to`liq ajralguncha olib 
borildi. Olingan cho`kma inftaqizil spektri quyida keltirildi (2-rasm). 
2-rasm. 1,1'-bifenil-4,4'-diaminning yodli cho`kmasi. 
Bunda dastlabki olingan spektrlardan biroz farqli holat qayd etildi. Olingan natijalar 
tahliliga ko’ra 3279 sm
-1 
sohada -NH guruhining valent tebranishi polasalari, shuningdek 2735 
sm
-1 
sohada -NH
+
, -NH
2
+
, -NH
3
+
guruhlarining deformatsion tebranishi kuzatilgan. 1531 sm
-1 
sohalarda esa NH
3
+
guruhlari borligi kuzatilgan. Bu ko`rsatkichlardan birikma tarkibidagi 
aminoguruh orqali vodorod yodidli koordinatsion birikma hosil qilganligi taklif qilindi.Tajriba 
xona temperaturasida olib borildi va hosil qilingan cho`kma ba`zi xususiyatlari o`rganilib, 
tegishli xulosalarga ega bo`lindi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling