Tavil va ariz bahrlari tavil bahri


Labing marjon, tishing dur, xating rayhon, xading gul


Download 0.52 Mb.
bet2/3
Sana19.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1032746
1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-Aruz nazariyasi-1

Labing marjon, tishing dur, xating rayhon, xading gul,

Soching anbar, yuzung hur, menging moʻlton, yuzung mul

baytini misol qilib keltiradi. Bu bayt shoirning “Devon”ida uchramaydi, mazkur holat Boburning yuqoridagi baytni shunchaki tajriba uchun, tahlil qilinayotgan vaznga misol sifatida yozganligini koʻrsatadi. 

  • Ariz bahrining arizi musammani maqbuz (ruknlari va taqtiʼi: mafoilun fauvlun mafoilun fauvlun V–V–| V–– | V–V–| V–– ) vazni uchun esa Toriy taxallusli shoirning
  • Sangaki bargi guldin libos qilsa boʻlgʻay,

    Gule bu gulshan ichra qiyos qilsa boʻlgʻay

    bayti keltirilgan, afsuski bu turkiyzabon shoir haqida hozircha manbalarda biror maʼlumot yoʻq.

  • Diqqatni tortadigan jihati, shu oʻrinda arizi musammani musabbagʻ vazni uchun misol sifatida Alisher Navoiydan ham bir bayt keltirilgan. Kuzatishlarimiz asosida maʼlum boʻldiki, ushbu misol shunchaki bir baytli parcha boʻlmay, “Xazoyin ul-maoniy”dan oʻrin olgan gʻazal matlaʼsi ekan. Bobur keltirgan ushbu bayt quyidagicha:
  • Sanoyi zoting ichra topib ajz, ahli idrok,

    Gahi louhsi aytib zamone “mo arafnok”

    Mazkur matlaʼ “Navodir ush-shabob” devoniga 322-raqam bilan kiritilgan boʻlib, mavzusiga koʻra hamd gʻazal hisoblanadi:

    “Sening zoting va maqtoving taʼrifida ahli idrok ham zaifdirlar, “biz seni yetarlicha anglay olmadik” degan son-sanoqsiz eʼtiroflar senga atalgandir”.

  • Yaratganning buyukligi va bandaning ojizligi bayoni aks etgan ushbu matlaʼ iqtibos sanʼati vositasida ziynatlanib, shohbayt darajasiga koʻtarilgan.
  • Gʻazal matlaʼsini taqtiʼ asosida koʻradigan boʻlsak, quyidagi manzara hosil boʻladi:
  • Sanovu zoting ichra topib ajz, ahli idrok,

    V–– – | V–– | V–– – | V–~

    Gahi louhsi aytib zamone mo arafnok.

    V–– – | V–– | V–– – | V–~

    Darhaqiqat, ushbu taqtiʼ gʻazalning arizi musammani musabbagʻ (ruknlari va taqtiʼi: mafoiylun fauvlun mafoiylun fauvlon) vaznida yaratilganligini koʻrsatadi.

  • Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon”da aruzshunoslikda mavjud boʻlgan anʼanaviy 19 bahr haqida maʼlumot berar ekan, ariz bahriga toʻxtalib oʻtmaydi. Lekin bu Alisher Navoiy mazkur bahr bilan tanish boʻlmagan, degani emas. Chunki Navoiy “Mezon ul-avzon”ning kirish qismida oʻzi istifoda etgan manbalar qatorida Nosiriddin Tusiyning “Meʼyor ul-ashʼor” asarini ham eslab oʻtadi. Tusiyning asarida esa ariz bahri “maqlubi tavil” nomi bilan keltirilgan.
  • Shu oʻrinda savol tugʻiladi: nima uchun Alisher Navoiy bu bahr haqida “Mezon ul-avzon” asarida maʼlumot bermagan? Gap shundaki, ariz bahri mafoiylun asl rukni va uning fauvlun tarmogʻiga tarkib jihatdan oʻxshash ruknlardan tuzilgan. Shundan kelib chiqib, mumtoz aruzshunoslikda mazkur bahrga alohida bahr sifatida emas, balki hazaj tarkibidagi vaznlardan biri sifatida qarash ham mavjud boʻlgan. “Mezon ul-avzon”dan bir oz ilgariroq yaratilgan Jomiyning “Risolai aruz” asarida ham bu bahr alohida keltirilmaydi. “Mezon ul-avzon” uchun Jomiy asarini tayanch manba sifatida olgan Alisher Navoiy ustozi Jomiy izidan borib, mazkur bahrga alohida toʻxtalib oʻtmagan. Endi mulohaza tugʻiladi: modomiki, tavil bahri hazaj bahri singari fauvlun va mafoiylundan tarkib topgan boʻlishiga qaramay, aruzshunoslikka doir barcha manbalarda alohida bahr sifatida keltirilar ekan, nega aynan shu ruknlarning oʻrin almashinuvidan hosil boʻladigan ariz bahrini mustaqil bahr sifatida keltirish mumkin emas? “Funun ul-balogʻa” muallifi ham, Bobur ham aynan shuni eʼtiborga olib, ariz bahrini alohida bahr sifatida keltiradilar. Bobur hatto mazkur bahrni alohida doira – “Doirai muxtalifa” tarkibiga ham kiritadi.
  • Ushbu bahrning ohang xususiyatlariga eʼtibor qaratsak, alohida bir jihatga guvoh boʻlamiz: har bir misrada birinchi va ikkinchi ruknlar, yaʼni fauvlun mafoiylundan soʻng ritmik pauza keladi va bu pauza misrani teng ikki boʻlakka boʻladi:

  • Download 0.52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling