Tavsifnomalar uchun umumiy zaruriy qismlari: · Tavsifnoma berilayotgan shaxs haqidagi asosiy ma’lumotlar: Ismi,otasining ismi va familiyasi lavozimi; tug`ilgan yili; millati; ma’lumoti


Download 237.5 Kb.
bet4/4
Sana13.05.2023
Hajmi237.5 Kb.
#1455706
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-TAVSIFNOMA

  • Guliston davlat universiteti
  • filologiya fakulteti o`zbek
  • tili yo`nalishi bitiruvchisi
  • Mansurova Malika Askarovnaga TAVSIYANOMA
  • Mansurova Malika filologiya fakultetiga o`qishga kirgan paytdan (2003-yl) boshlab tirishqoq, qiziquvchan, intiluvchan, jamoatchi talaba sifatida tanildi. Men Mansurova Malika Askarovnani fakultet talabalar kasaba uyushmasi byurosi hamda “Kamolot” YIH universitet tashkiloti faollaridan biri sifatida 2004-yildan beri bilaman. U fakultet “Kamolot” YIH tashkiloti, murabbiylar kengashi, guruh rahbari, fakultet xotin-qizlar kengashi, fakultet ma’muriyati, o`zi tanlanma fanlar tinglaydigan amaliy tilshunoslik, o`zbek tili va adabiyoti o`qitish metodikasi kafedrasi professor-o`qituvchilari, ilmiy rahbari tomonidan beriladigan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarib keladi. U har yili universitet talabalarining an’anaviy anjumanida iqtidorli talabalar qatorida o`zbek tilshunosligining dolzarb mavzulari bo`yicha ma’ruzalar qilib kelmoqda. Shuningdek, xabar va lavhalari bilan shahar, viloyat va respublika vaqtli matbuoti sahifalarida ham qatnashib turadi. Hozir u professor I.K.Mirzayev rahbarligida “Alisher Navoiy ijodining o`rta umumta’lim maktablarida o`rganilishi” mavzusida malakaviy-bitiruv ishi yozmoqda. O`tgan shu qisqa davr ichida u o`zining ilmiy kuzatishlar olib borishga layoqatli ekanligini ko`rsatdi. Men yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, bitiruvchi Mansurova Malika Askarovna- ning o`z ixtisosligi bo`yicha o`qishini muvaffaqiyatli davom ettira olishiga ishinch bildiraman hamda uning nomzodini magistraturada o`qishga tavsiya etaman.
  • Fakultet “Kamolot” YIH tashkiloti
  • yetakchisi: imzo MARDONOV B.M.
  • 2007.16.05.

Download 237.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling