Tavsiya asosida qabul qilingan talabani oʻqishni tugatgandan soʻng ishga taqsimlangan joyda kamida besh yil majburiy ishlab berishi toʻgʻrisida


Download 77 Kb.
bet2/4
Sana20.09.2023
Hajmi77 Kb.
#1682298
1   2   3   4
Bog'liq
Polvonov

2. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI:
Andijon davlat universiteti (oliy ta’lim muassasasi)ning majburiyatlari:
2.1. Suhbat natijalari boʻyicha Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida istiqomat qilayotgan abiturentni, keyinchalik mutaxassisligi boʻyicha Farg‘ona viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasida kamida 5 yil muddatga ishlab berish sharti bilan tavsiya kantrakt-toʻlov asosida oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish;
2.2. Tanlangan mutaxassislik oʻquv reja va dasturlari asosida talabaga yetarli nazariy va amaliy bilimlar hamda koʻnikmalar berish;
2.3. Oʻquv rejasidagi mavjud fanlarni oʻqitish uchun malakali oʻqituvchilarni oʻqitishga jalb etish;
2.4. Mutaxassislik boʻyicha egallanishi lozim boʻlgan bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash;
2.5. Talabalarga oʻqish davrida orttirgan bilim va koʻnikmalarini amaliyotda qoʻllashlarini ta’minlash maqsadida, belgilangan tartibda amaliyotlarni tashkillashtirish. Ta’lim muassasasidan amaliyot rahbarlarini tayinlash va ularga quyidagi vazifalarni yuklatish:
-korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birgalikda amaliyotning ish dasturini tuzish;
-yakka tartibdagi topshiriqlarni ishlab chiqish;
-talabalarni mutaxassisliklar boʻyicha taqsimlashda yoki ularni ish turlari boʻyicha bir joydan ikkinchi joyga oʻtkazishda qatnashish;
-amaliyot davrida talabalar mehnatidan toʻgʻri foydalanishini nazorat qilish;
-talabalar tomonidan yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarishda va diplom loyihasi (ishi)ga materiallar toʻplashda ularga uslubiy yordam koʻrsatish;
-talabalar tomonidan amaliyot natijalarini baholab borish.
Farg‘ona_viloyati_yoshlar_siyosati_va_sport_boshqarmasining_majburiyatlari'>3. Farg‘ona viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasining majburiyatlari:
3.1. Andijon davlat universiteti (OTM)ni maqsadli toʻlov-kantrakt asosida muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilarni mazkur shartnomaga binoan ishga joylashishi uchun sharoitlar yaratilishiga koʻmaklashish va uning bajarilishini ushbu shartnomada koʻrsatilgan muddatda doimiy nazoratga olish.
3.2. Maqsadli toʻlov-kantrakt asosida oʻqishni tugatgan talabani Farg‘ona viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasida kamida besh yil muddatga ishlab berish sharti bilan mehnat shartnomasini tuzishni tashkillashtirish va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarga ega boʻlishini nazorat qilish.
3.3. Maqsadli toʻlov-kantrakt asosida tahsil olayotgan talabani oʻqish davrida qonun hujjatlarida man etilmagan holatlarda moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash.
3.4. Maqsadli toʻlov-kantrakt asosida tahsil olayotgan talabaning malakaviy va pedagogik amaliyotlari Farg‘ona viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasida tashkil etilgan hollarda ularga yoʻl-yoʻriqlar berilishi va amaliyotiga rahbarlikni tashkil etilishi, amaliyotga boshqarmadan umumiy rahbar tayinlanishi, talabaga amaliyotini oʻtashda yordam koʻrsatish uchun shart-sharoitlar yaratilishini tashkillashtirish va nazorat qilish.
3.5. Zarur hollarda talabani amaliyot oʻtaydigan joyga yetkazishni va u yerdan olib kelishni ta’minlanishini tashkillashtirish va nazorat qilish.
3.6. Amaliyot tugagach talabaga uning amaliyot davridagi ishlarining sifati, erishgan natijalari, ishga munosabati va boshqalar yuzasidan tegishli tafsifnomalar berilishini nazorat qilish.



Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling