Taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug


Download 53.07 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi53.07 Kb.
#1047020
Bog'liq
sdsdddz - Vikipediya (2)



Forobiy


Farobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Farob shahri — 950, Damashq) — Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun „al Muallim assoniy“ („Ikkinchi muallim“, Aristoteldan keyin), „Sharq Arastusi“ nomlariga sazovor boʻldi. Farobiy Sirdaryo sohilidagi Farob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng, oʻqishini Toshkent, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Farobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻl-yoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olim-u fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870—940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, Farobiy 70 dan ortiq tilni bilgan.

اﻟﻔﺎراﺑﻲ ﻣﺤﻤﺪ ﻧﺼﺮ أﺑﻮ (Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy; Forobiy)





Tavalludi

10-yanvar 873-yil, Forob

Vafoti

taxminan 12-yanvar 951-yil (77 yoshda), Damashq

Fuqaroligi

Abbosiylar

Qiziqishi

tibbiyot, [lkimyo]], astronomiya, falsafa, islomshunoslik, mantiq, matematika, fizika, nazm, teologiya

Koʻrsatgan taʼsirlari

Al-Beruniy, Umar Xayyom, al-Gʻazzoliy, Averroes, Nosir al-Din Tusiy, Ibn al-Nafis, Averroizm, Sxolastitsizm, Albertus Magnus, Duns Scotus, Thomas Aquinas, Buridan, Benedetti, Galileo, Harvey

Olgan taʼsirlari

Arastu, Galen, Plotinus, Aflotunchilik, Muhammad, Vosil ibn Ota, al-Kindiy, Abu Ali ibn Sino, al-Roziy, al-Beruniy







Only two pages were converted.


Please Sign Up to convert the full document.


www.freepdfconvert.com/membership
Download 53.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling