Taxminan 1997-1999 yilda Farg'ona vodiysida vujudga kelgan ushbu diniy-siyosiy harakat vakillari Allohgagina e'tiqod qiladilar va Payg'ambarga iymon keltirmaydilar


Download 17.1 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2023
Hajmi17.1 Kb.
#1763509
  1   2
Bog'liq
Акромийлар


Taxminan 1997-1999 yilda Farg'ona vodiysida vujudga kelgan ushbu diniy-siyosiy harakat vakillari Allohgagina e'tiqod qiladilar va Payg'ambarga iymon keltirmaydilar. Akromiylar bugungi mavjud barcha tuzumlarni tan olmaydi, davlatga, qonun-qoidalarga ham, ota-onaga ham emas, faqat oqim sardorlariga bo'ysunish lozim deb hisoblaydilar. Uning asoschisi I960 yilda Andijon shahrida tug'ilgan Yo'ldoshev Akrom Sotvoldiyevich hanbaliy mazhabi vahhobiylik oqimi ta'limotiga tayanib 1992 yilda 12 darsdan iborat «Imonga yo'l» deb nomlangan dasturni ishlab chiqqan. Ushbu dasturda oqimning pirovard maqsadi islom davlatini barpo etishdan iborat ekani ta'kidlangan. O'z harakatlariga nomzodlarni tanlab olish va ularni tayyorlashda quyidagi shartli ravishda nomlangan 5 bosqichdagi maqsadli dastur orqali amalga oshiradilar:
1. «Sirli» yoki «maxfiy» deb nomlangan bosqichda diniy taassubga moyilligi bor, ta'sirchan, beriluvchan, shuningdek, rahbarlik, notiqlik va tashkilotchilik qobiliyati bor hamda hayotdan xafa-norozi bo'lib yurgan shaxslar o'rganiladi, so'ng o'z taraflariga og'dirish bo'yicha harakatlar olib boriladi.
2. «Moddiy» guruhga yangi kirgan a'zolarning moddiy hayotini ta'minlashga asosiy e'tibor qaratiladi, ularni moddiy manfaatdorlik yuqori bo'lgan vazifalarga ishga joylashtirib, topgan daromadning 1/5 qismini «baytul mol»ga, ya'ni umumiy maqsadlar uchun soliq ajratish majburiy hisoblanadi.
3. «Ma'naviy» bosqichda guruh a'zolari g'oyaviy-siyosiy jihatdan qayta tarbiya etiladi, mavjud hokimiyatni ag'darib tashlash yo'llari va ekstremizm, terrorizm ruhidagi adabiyotlar bilan tanishtiriladi.
4. «Uzviy maydon» har jihatdan tayyor bo'lgan, harakat peshvolarining topshiriqlarini so'zsiz bajaradigan a'zolarni davlat va jamoat tashkilotlari tarkibiga kiritish orqali o'z nufuz-larini oshirib, kengqamrovli faoliyat tashkil etishga harakat qiladilar.
5. «To'ntarish» — so'nggi bosqichda akromiylar asl va asosiy maqsadi ari — mavjud konstitusiyaviy tuzumni ag'darib tashlab, o'zlarining hokimiyatlarini o'rnatish yo'lida faoliyat olib boradilar.
Mazkur bosqichlar maxfiy ravishda, ketma-ketlik saqlangan tartibda va ijro muddati qat'iy belgilanmagan holda amalga oshirilishi ko'zda tutiladi.
Andijon viloyati va Qo'qonda ularning ta'siri kengroq sezilgan.
Oqim vakillari hozirgi kunda musulmonlarga namoz ham, ro'za, zakot, haj ham farz emas, chunki biz kufr davlatida yashamoqdamiz deb e'tiqod qiladilar. Islom tarixidan ma'lumki, Makka davri, ya'ni Muhammad Payg'ambar to Madinaga ko'chib o'tgunga qadar, 13 yil davomida kishilar faqat Alloh va oxiratga iymon keltirishga da'vat qilinganlar. Namoz, ro'za, haj, zakot kabi ibodatlar Madina davrida farz bo'lgani uchun to islom davlati qurilmaguncha mazkur ibodatlarni bajarish shart emas deb qaraydilar, sigareta va spirtli ichimlik ichish hamda shariat tomonidan ta'qiqlangan «muvaqqat nikoh» (vaqtinchalik, ya'ni ma'lum muddat - 1 soat, kun va h.k)ga ruxsat beriladi.
Islom ulamolari bu borada aniq misollar keltirib har qanday davlat va hukumat qo'l ostida bo'lishdan qat'iy nazar shariatning inson shaxsining o'zigagina bog'lik bo'lgan ko'rsatmalari hech qachon amalda to'xtashi mumkin emasligini aytadilar.
4. «Акромийлар» асосчиси –Акром Йўлдошев (1963 йили Андижон шаҳрида туғилган) «жиҳодчилар»нинг ғоявий раҳнамоси Абдували Мирзаев шогирдларидан бўлиб, 1990-йилларда «Ҳизбут таҳрир»нинг маҳаллий раҳбаридан сабоқ олган. «Акромийлар»нинг асл ғояси – исломий бошқарув шаклидаги давлатни барпо этиш ҳисобланиб, бунинг учун босқичма-босқич ҳаракат қилиш, аввал Фарғона водийсида халифалик тузуми барпо этиш ва кейинчалик уни минтақанинг бошқа ҳудудларига ёйиш мақсад қилинган. «Акромийлар» «воситалар» (корхона, дўкон ва ҳ.к.) ва ташкилот аъзолари ойлик даромадининг 20 фоизига тенг бадали ҳисобига жамғарма («бойтулмол») ташкил этган. Жамғарманинг асосий қисми «биродарлар» сафини кенгайтиришга сарфланган. Ушбу ташкилотнинг террорчилик моҳият-мазмуни 2005 йилнинг май ойида Андижонда рўй берган воқеаларида тўла фош бўлди.

Download 17.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling