Tayanch harakat sistemasi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana05.05.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1427993
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TAYANCH HARAKAT SISTEMASI

^ Muskullar va ularning
funksiyasi
Muskullarning turlari. Ya'ni
ichki organlar va qon
tomirlari devorini
tashkil
etuvchi
silliq
muskullar, o'ziga xos tuzilishga ega bo'lgan ko'ndalang yo'lli yurak
muskullari va ko'ndalang yo'lIi skelet muskullari. Mazkur mav¬zuda
tayanch-harakatlanish sistemasining tarkibiy qismi bo'lgan ko'ndalang
yo'lIi
skelet
muskullari
va
ularning
funksiyasi
haqida


tushuncha beriladi. Odam tanasi skelet muskullari¬ning oldingi va orqa
tomonidan ko'rinishi 11a va 11b- rasmlarda ifoda¬langan. Skelet
muskullari tayanch-harakatlanish sis¬temasining faol qismi hisoblanadi.
Muskul qis¬qarishi suyaklarni harakatga keltiradi va odamning qo'l-
oyoqlari ma'lum, ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko'tarish,
ovqatlanish, so'zlash, yozish va hokazo) . Muskullar harakatini nerv
sistemasi boshqaradi. Muskullar harakatini ta'¬minlovchi nerv
hujayralari motoneyron deb ataladi. Ular harakatlanuvchi nerv
hujayralari bo'lib, orqa miyada hamda bosh miyaning uzunchoq va o'rta
miya qismlaridajoy¬lashgan. Miya markazlari¬dagi motoneyronlarning
uzun tolalari, ya'ni ak¬sonlari tananing turli qis¬mlaridagi muskul
tolalari bilan tutashadi. Bitta nerv hujayrasining uzun o'simtasi bir
nechta mayda tolalarga bo'linib, yuzlab muskul tolalari bilan bog'langan.
Ana shu bitta nerv hujayrasi uzun o'simtasining mayda tolalari bilan
tutashgan.
12-rasm.
Skelet
muskullarining
shakli.
A- duksimon; B- yarim patsimon; 4 V- ikki tomonlama patsimon;


G¬ikki boshli muskul; D- serbar mus¬kul; E- ikki qorinli muskul; J-
pa¬rallel tolali uzon muskul; 1- muskul¬niog payi; 2- muskulning bosh
qismi; 3- muskulning qorin qismi; 4- mus¬kulning tanasi; 5- muskulning
payli
belbog'lari.
yuzlab muskul tolalarining jami nerv-muskul harakat birligi deb ataladi.
Muskullar harakatini ta'¬minlovchi motoneyronlarning orqa miya,
uzunchoq va o'rta miyadagi markazlarining funk¬siyasi bosh miya
yarim sharlari po'stloq qismining oldingi markaziy egatida joylashgan
nerv hujayralari harakatlanish oliy nerv markazlari tomoni¬dan
boshqariladi. Agar bosh miya po'stlog'idagi nerv markazla¬rining ishi
buzilsa, markaz boshqaradigan muskullar falaji yuzaga keladi. Bunda
ularning tarangligi ortadi, shol bo'lgan qo'l-oyoq tarashadek qotib qoladi.
Bu bosh miya shikastlanganda yob miyaga qon quyilganda yuzaga
keladi. Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buzilganda,
ular boshqaradigan muskullarda periferik falajlik yuzaga keladi. Bunda
ulaming tonusi pasayib, shol bo'lgan qo'l yoki oyoq harakatsizlanib,
osilib qoladi. Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bo'lib,
ular tana massasining o'rtacha 40% ini tashkil etadi. Jismoniy mehnat va
sport bilan shug'ullanuvchilarda muskullar yaxshi rivojlangan bo'lib,
ular tan a massasining 50% ini va undan ko'prog'ini tashbl etadi. Skelet
muskullarining shakli xilma-xil: uzun, kalta, keng, rombsimon,
trapetsiyasimon, piramidasimon, uchburchak, tish¬simon, duksimon,


patsimon va yarim patsimon ikki boshli, ikki qorinli, tasmasimon, aylana
va hokazo bo'ladi (12- rasm). Uzun muskullar asosan qo'l va oyoqlarda,
kalta muskullar qovurg'alar orasida, keng muskullar ko'krakda, qorin
devorlarida, aylana muskullar og'iz, ko'z atrofida joylashgan. Har bir
muskulning paylardan tashkil topgan bosh va dum qismi bo'ladi. Muskul
tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa parda bilan
o'ralgan bo'lib, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya bilan muskulning
paylari orasida harakatni qulaylashtiradigan sinovia! suyuqlik bo'ladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling