Tayanch iboralar: Antik davr, xitoy, eron, arab sayyohlari, mahalliy olimlar, temuriylar davri, rus olimlari, xx-asrning ikkinchi yarmi, mustaqillik yillari


Download 1.66 Mb.
bet7/7
Sana21.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1105768
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Geografiya tarixi . Toshxo\'jayev J

D.Sherbakov, A.E.Fersman 1928-30 yillarda birinchi marotaba O‘rta Osiyoning qumli sahrolarini tekshiradilar. Bu o‘lkaning sahrolarini tekshirishda buyuk olimlar samolyotdan foydalanib, ilk marotaba qumli relyef formalarning hosil bo‘lish qonuniyatlarini aniqladilar.
O‘rta Osiyoning tog‘ muzliklari dastlab N.L.Korjenevskiy (1928), S.V.Kolesnik (1934), K.K.Markov, I.P.Gerasimov (1936-38)lar tomonidan tekshirilib, bu o‘lka tog‘ muzliklarning joylanish qonuniyatlari va tiplarini aniqladilar. Ye.N.Korovin (1934), A.N.Rozanov va boshqalar O‘rta Osiyoning o‘simlik va tuproq qoplamini tekshirdilar. Ye.N.Korovinning 1934 yilda birinchi marotaba O‘rta Osiyo o‘simliklarini umumlashtiruvchi 2-tomli («O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘istonning o‘simliklari») kitobi nashr etildi. Bu O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishdagi eng katta voqealardan biri edi. O‘rta Osiyoning suvlarini o‘rganishni va gidropostlarni tashkil etishni amalga oshirgan olim V.N.Glushkovdir.
O‘rta Osiyodagi foydali qazilmalarni tekshirishda va ularni aniqlashda D.I.Sherbakov, A.E.Fersman, Yu.A.Popov, Yu.A.Skvorsov va boshqalarning xizmati katta. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, XX asrning 30-chi yillarining oxirida va 40-chi yillarning boshida mahalliy xalqdan yetuk yosh olimlar yetishib chiqdi, ular: H.M.Abdullaev, G‘.O.Mavlonov, I.Hamroboev, K.I.Satpaev, Udeshev, P.Baratov va boshqalar. O‘rta Osiyoda keng tarqalgan noyob va ko‘pgina jumboqlarga boy tog‘ jinslaridan biri – lyossdir. Mashhur olim, akademik Vladimir Afanasivich Obruchevning iste’dodli shogirdlaridan biri G‘ani Orifjonovich Mavlonovning ana shu lyoss jinsining kelib chiqishi, tarqalish qonuniyatlari va genetik tipi bo‘yicha qilgan ishlari uni butun dunyoga mashhur qildi.
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin O‘rta Osiyoning geologik va tektonik tuzilishini o‘rganishda va foydali qazilmalarining joylanish qonuniyatlarini ochishda mahalliy xalq vakillaridan juda ko‘p mashhur geolog olimlar: H.Abdullaev, I.Hambrabaev, G‘.A.Mavlonov, O.Akramxo‘jaev, X.Akbarov, A.Sultonxojaev, S.Mirzaev, M.Mamatqulov, Sh.Davlatov va boshqalar yetishib chiqdilar. O‘rta Osiyo o‘lkasining o‘ziga xos geomorfologik xususiyatini o‘rganishda Yu.A.Skvarsov (1949), G‘.A.Mavlonov (1958), S.O.Skvorichevskaya (1965), M.M.Mamatqulov (1972), I.S.Shukin (1983) va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir.
Bu davrda va undan keyin O‘rta Osiyoning iqlim sharoiti va uning shakllanish qonuniyatlarini aniqlashda V.A.Bugaevning (1946, 1957), L.N.Babushkinning (1957, 1961, 1981) ishlarini ta‘kidlash mumkin. Ayniqsa, V.A.Bugaev, V.O.Djordjio va boshqalarning dunyoga mashhur «O‘rta Osiyoning sinoptik jarayonlari» (1957) kitobini eslatib o‘tish lozim. Bu kitobda birinchi marotaba O‘rta Osiyo hududida ob-havo va iqlimning shakllanish qonuniyatlari batafsil yoritilgan. O‘rta Osiyo iqlimining o‘ziga xos xususiyatlarini tasvirlashga Ye.N.Balashova, O.M.Jitomirskaya, O.A.Semenovalarning (1960), O.M.Chelpanova (1963), S.G.Chanqsheva (1966), T.Muxtarov (1999, 2000, 2001, 2002) va boshqalarning ishlarini ko‘rsatish mumkin. O‘lkaning gidrologik sharoitini va suv resurslarini o‘rganishda V.L.O‘ults (1949), (1958, 1959, 1963, 1968, 1969), O.P.Sheglova (1981), E.I.Chembarisov, B.A.Baxritinov (1983) kabi olimlarning xizmati katta.
O‘rta Osiyo o‘simliklarini o‘rganishda Ye.P.Korovin (1961, 1962, ikkinchi nashri), Q.Z.Zokirov (1947, 1955) va boshqalarning xizmatlari kattadir. Q.Z.Zokirov Zarafshon daryosi havzasining o‘simlik dunyosini sinchiklab o‘rgandi va shu hudud misolida O‘rta Osiyo tog‘ va tog‘ oldi o‘simliklarining balandlik bo‘ylab tarqalish qonuniyatini aniqlab, ularni mahalliy Xalq atamalari bilan – «cho‘l», «adir», «tov», «yaylov» deb atashni asoslab berdi. O‘rta Osiyo hududining tuproqlarini o‘rganishda A.N.Rozanov (1951) va A.M.Mamitov (1982), A.Z.Genusov (1983) va hayvonot dunyosini o‘rganishda T.Z.Zohidov, R.N.Meklenburtsov, O.P.Bogdanov (1971) ishlarini alohida ta‘kidlab o‘tish zarur.

Xulosa.
Mavzuyimizni yakunlab xulosa qiladigan bo’lsak, O’rta Osiyo hududida geografik o’rganish ishlarini biz 5-rejaga ya’ni davrga bo’lib o’rgandik. 1-rejamizda antik davrlarda ya’ni,VII-V asrlar oralig’idagi davrlarda olimlar, sayohatchilar tomonidan O’rta Osiyoning o’rganilishi haqida ma’lumotlar keltirib o’tdik. 2 chi va 3 chi rejalarimizda esa O’rta asrlarda O’rta Osiyo hududining o’rganilishini 2 qismga bo’lib, ya’ni 1-qismida arab, xitoy va eron sayyoh va olimlari tomonidan o’rganilishi tog’risidagi ma’lumotlarni keltirdik. Bu yerda biz Syuan Szyan, Ibn Batuta, Al Ma’sudiy kabi mashhur olimlarning o’rgangan ishlari bilan tanishishimiz mumkin. 2-qismida esa o’lkanining mahalliy qomusiy olimlarimiz tomonidan o’rganilishi haqidagi ma’lumotlarga bag’ishladik. Bu qismida biz Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy kabi buyuk allomalarimizning qilgan ishlari bilan tanishamiz. 4-rejamizda O’rta Osiyo hududini XIII-XVII asrlar oralig’ida o’rganilishi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitdik. Bu rejani biz Mog’ular hukumronligi , Temuriylar hukumronligi, Shayboniylar hukumronligi va Ashtarxoniylar hukumronligi davrlariga bo’lib, ushbu davrlarda o’lka hududida geografik tadqiqotlar qanchalik yo’lga qoyilganligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdik. Mavzuyimizning eng oxirgi ya’ni 5-rejasida XVII asrdan boshlab to hozirgi kungacha bo’lgan davrlarda o’lkada geografik kuzatish ishlarining olib borilishi va fanning qay darajada rivojlanganligi va rivojlanishida o’sha davr olimlari tomonidan olib borilgan ishlar bilan tanishib o’tdik.



Foydalanilgan adabiyotlar royhati:

  1. Baratov.P. ,Mamatquloq M , Rafiqov.A. “O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi” T. “O‘qituvchi”, 2022.

  2. Baratov.P, Mamatqulov M. “O’zbekiston tabiiy geografiyasi” T.”O’qituvchi”, 2017.

  3. Baratov.P, Soatov.A. “Umumiy tabiiy geografiya” T. “O’qituvchi”, 2005.

  4. Vahobov H, “Umumiy yer bilimi” T. “Bilim”, 2005.

  5. www.adti.uz

  6. www.arxiv.uz

  7. www.geografiya.uz

  8. www.ziyonet.uz

  9. www.pedagogika.uz

  10. www.Chdpu.uz

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling