Tayanch iboralar: Antik davr, xitoy, eron, arab sayyohlari, mahalliy olimlar, temuriylar davri, rus olimlari, xx-asrning ikkinchi yarmi, mustaqillik yillari


Download 1.66 Mb.
bet1/7
Sana21.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1105768
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Geografiya tarixi . Toshxo\'jayev J


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Yo’nalish: Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.

Fan: GEOGRAFIYA TARIXI.

Mustaqil ish mavzusi: O’rta Osiyoning geografik o’rganilish tarixi.


Bajardi: Toshxo’jayev Jahongir.


Tekshirdi: Djumabayeva Salomat.


Reja:
1. Antik davrdagi (VII asrdan milodning V asrigacha) O‘rta Osiyo tabiati haqidagi ma‘lumotlar.
2. O‘rta asrlarda (V asrdan XVI asr oxirigacha) xitoy, arab va eron sayyohlarining O‘rta Osiyo tabiati haqidagi ma‘lumotlari.
3. O‘rta asrlarda (V asrdan XVI asr oxirigacha) O‘rta Osiyo tabiatini mahalliy qomusiy olimlar tomonidan o‘rganilishi.
4. O‘rta Osiyo tabiati haqidagi geografik bilimlarning XIII-XVII asrlarda rivojlanishi (Temuriylar davri).
5. O‘rta Osiyo tabiatini (XVII asrdan hozirgi kungacha bo’lgan davrlarda) rus olimlari va O’rta Osiyolik olimlar tomonidan o‘rganilishi.

TAYANCH IBORALAR: Antik davr, xitoy, eron, arab sayyohlari, mahalliy olimlar, temuriylar davri, rus olimlari, XX-asrning ikkinchi yarmi, mustaqillik yillari.
1. Antik davrdagi (VII asrdan milodning V asrigacha) O‘rta Osiyo tabiati haqidagi ma‘lumotlar. Tarixiy manbalardan ma‘lumki, O‘rta Osiyoda madaniy hayot erta boshlangan. Binobarin, bu o‘lka ibtidoiy odamlar yashagan manzilgohlarga boy hududlardan birn hisoblanadi, Arxeologik manbalarga ko‘ra paleolit, mezolit, va neolit davrlariga tegishli qadimiy odamlar yashagan manzilgohlar Farg‘ona vodiysida, Shurxondaryoda, Chirchiq -Ohangaron vodisida, Quyi Amudaryo, Kopetdog‘ etaklarida, Sayram vodisida, Vaxsh vodiysida va boshqa joylarda mavjud.
O‘rta Osiyoda miloddan avvalgi 5000—3000 yillarda aholi chorvachilik, ovchilik va dehqonchilik, ovchilik bilan shug‘ullanganlar, to‘g‘on qurib, ariq qazib yerlarni shug‘orib xar xil ekinlar ekkanlar. Ko‘rinib turibdiki, sug’orish inshootlarini qurish, dehqonchilik bilan shug‘ullanish o‘sha davr odamlarining atrof-muhit tabiat haqida ma‘lum darajada bilimga ega bo‘lganliklaridan dalolat beradi.
O‘lka hududida o‘sha davrda yashagan aholi chorvachilik, ovchilik va shug‘orma dehqonchilik ishlari bilan birga o‘ziga xos me’morchilikka oid qurilishlar hamda hunarmandchilik bilan ham shug‘ullanganlar. Ular har xil mehnat qurollari va zebi-ziynat buyumlarini yasash uchun tog‘ jinslarini eritib, oltin, mis, qalay, qo‘rg‘oshin kabi metallarni ajratib olganlar. Bular, o‘z navbatida, o‘sha davr odamlarida O‘rta Osiyo tabiati haqida eng dastlabki geografik tasavvurlar paydo bo‘lganligi haqida ma‘lumot beradi.
O‘lka hududida antik davrda jamiyatning rivojlanishi, mehnat qurollarining takomillashishi, ayniqsa, hunarmandchilik va sug‘orma dehqonchilikning o‘sishi geografik tasavvurlarning takomillashib borishiga sabab bo‘ldi. Bu davrga kelib o‘lka hududining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Xususiy mulkchilik paydo bo‘lib, quldorlik jamiyati vujudga keladi. Hukmron sinf hisoblangan quldorlar manfaatini himoya qiluvchi dastlabki davlat uyushmalari vujudga keladi. Jumladan, miloddan avvalgi VII—V asrlarda o‘sha davrda Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarini o‘z ichiga oluvchi So‘g‘diyona, Quyi Amudaryo va Orol bo‘ylarida Xorazm, Amudaryoning o‘rta oqimida Baqtriya, Murg’ob havzasida Marg‘iyona kabi ilk davlat birlashmalari paydo bo‘ladi. Bular o‘z navbatida bu hududda qishloq va shaharlar bunyod bo‘lishiga, sug’orish inshootlarini qurish, chorvachilik va hunarmandchilikning rivojiga ta‘sir etdi. Oqibatda O‘rta Osiyoda yashovchi xalqlarning tabiatga ta‘sir etish doirasi kengayib, yashab turgan hudud tabiati haqida, jumladan, yer usti tuzilishi, iqlimi, suvlari, tuproq-o‘simlik qoplami hamda hayvonot dunyosi haqidagi bilimlari yanada kengayib, takomillashib boraverdi. Buni o‘sha davrda bunyod etilgan sug’orish inshootlari (to‘g‘onlar, ariqlar, hovuzlar, karizlar), ko‘hna Afrosiyob kabi shaharlar, Farg‘ona vodiysidagi Elaton va Buzilmas qal’a, Tojikiston hududidagi Qabadiyon, Qal’aimir, Turkmanistondagi G‘ovurqal’a kabi qal’a xarobalari to‘la tasdiqlaydi. Ammo o‘lka hududida miloddan avvalgi asrlarga xos geografik ma‘lumotlar (tabiati, xo‘jaligi, xalqlarning urf-odatlari) xorijiy bosqinchilar (eropliklar va yunonliklar) tomonidan yo‘q qilinganligi sababli deyarli saqlanmagan.
O‘rta Osiyo tabiati, xo‘jaligi, xalqlarning urf-odati haqidagi eng sodda ma‘lumotlar zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» da qayd etilgan. Bu kitobda O‘rta Osiyoda paydo bo‘lgan qadimiy davlatlarning (Xorazm, So‘g‘diyona, Baqtriya) boyligi, yaylovlari, vohalari, sersuv daryolari haqidagi ma‘lumotlar bayon etilgan. Antik davrga xos bo‘lgan o‘lka tabiati va xo‘jaligi xaqidagi dastlabki geografik ma‘lumotlar yunon olimi Gerodotning «Tarix» asarida uchraydi. Unda Movarounnahr tabiati, xususan, relyefi, daryo va ko‘llari, aholisi haqida qisqacha ma‘lumot beriladi.
Antik davrda o‘lka geografiyasi haqidagi nisbatan to‘laroq ma‘lumotlarni yunon va rim olimlari Kvint Kurqiy Ruf, Strabon, Arrian, Ptolomey va boshqalariing asarlarida uchratish mumkin. Ularning yozib qoldirgan ma‘lumotlarida So‘g‘diyona davlatining sodda orografik tizimi va gidrografik obyektlari ko‘rsatilib, unda Sirdaryo — Yaksart, Zarafshon — Politimet, Amudaryo — Oks deb berilgan.
Milodning I asrida yashagan Qvint Kurqiy Ruf, Politimet -Zarafshoq daryosi tog‘lik qiemida tog‘ va chuqur o‘zanda shiddat bilan oqishini ta‘riflasa, milodimizning I asri oxiri va II asr boshlarida yashagan Arrian esa Zarafshon daryosi sersuv bo‘lishiga qaramay, qumlar orasiga singib ketishligini qayd etgan. U yana bu yerda (O‘rta Osiyoda) katta va sersuv boshqa daryolar ham cho‘llarda tugaydi degan ma‘lumotni beradi.
Milodning I asrida yashagan Strabon O‘rta Osiyo cho‘llari va vohalarining geografik o‘rni va tabiatining asosiy xususiyatlari, ularning o‘zaro tafovutlarini ko‘rsatadi. U Tajan va Murg‘ob daryolari havzasidagi voxalarning obodligi haqida ham ma’lumot beradi.
Milodning II asrida yashagan geograf Klavdiy Ptolomey 8-jildli “Geografiya” deb atalgan asarning 6-jildida O’rta Osiyo o’lkasining tekislik qismi tabiati, aholisi, yirik shaharlari va karvon yo’llari haqida ma’lumot beradi. Ptolomey yana “Dunyo atlasi”ni tuzib,undagi 23 xaritada Osiyo qit’asining 810-1470 sharqiy uzunlik va 350-630 shimoliy kenglik orasidagi qismi haqida to’laroq ma’lumot berdi. Bu xaritada ham Sirdaryo-Yaksart, Zarafshon-Politimet, Amudaryo-Oks, Tajan-Marg, Murg’ob-Ox tariqasida ifodalangan.

1-rasm. Klavdiy Ptolemey.
Ptolomey o‘zining xaritasida O‘rta Osiyodagi yirik daryolar suvini Kaspiyga quyadi deb noto‘g‘ri ma‘lumot beradi. Buning ustiga Kaspiy dengizining shaklini ham noto‘g‘ri berib, g‘arbdan sharqqa cho‘zib ko‘rsatgan. Shuningdek, xaritada hozirgi Orol dengizi o‘rnida «Oks» ko‘li ham tasvirlangan.
O‘rta Osiyo haqidagi birmuncha ilmiy-geografik ma‘lumotlarni xitoy sayyohi Chjan Szyan (miloddan avvalgi II asrda yashagan) asarlarida ham uchratish mumkin. U o‘zining O‘rta Osiyoga qilgan 13 yillik sayohati davomida (miloddan avvalgi 138—126 yillar) Ili vodiysi Issiqko‘l atrofi, Qirg‘iziston hududidagi tog‘ va vodiylarda, Qozog‘iston dashtlarida,, Zarafshon vodiysida, Quyi Amudaryoda bo‘lib, o‘sha hududlarning tabiati va tarixi, aholisi va xo‘jaligi haqida ma‘lumotlar to‘plagan, So‘ngra Chjan Szyan va boshqa xitoy sayyohlari to‘plagan ma‘lumotlar asosida O‘rta Osiyoga oid geografiya xaritalari yaratildi. Bu xaritalarda Qirg‘iziston, Talas Olatovi, Kokshag’altov kabi tog‘ tizmalari, Balxash va Issiqko‘l, Chuv, Zarafshon kabi vodiylar, bir necha shahar va qishloqlar ko‘rsatilgan.
Chjan Szyan sayohatlari davrida to‘plagan ma‘lumotlarida dalolat berishicha, Xitoy o‘z tovarlarini, xususan, ipak, ipak gazlamalar, chinni, choy va boshqalarni O‘rta Osiyo orqali O‘rta dengiz bo‘yidagi mamlakatlarda sota boshlaydi. Darhaqiqat, O‘rta Osiyo hududining G‘arb bilan Sharqini bog‘lovchi «Buyuk ipak yo‘li» nomi bilan dunyoga mashhur bo‘lgan bu savdo yo‘lining o‘lka markazidan o‘tganligi gsografik bilimlarning to‘planishiga sabab bo‘ldi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling