Tayanch iboralar: Hayol, tasavvur,tushuncha, tafakkur, vaziyat,aktiv hayol,fantaziya,tush r e j a
Download 10.58 Kb.
|
Nomozova Dilnura.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
HAYOLNING TURLARI
Hayol jarayoni natijasida hayol obrazlari yuzaga keladi. Ular ertak, ilmiy fantastik, mistik bo`lishi mumkin. Badiiy obraz yaratilish jarayoni ma’lum texnologiyaga ega bo`lib, avval obrazga asos solinadi keyin u ustida analitik ish olib boriladi, so`ng g`oya amalga oshiriladi.
Xayol yoki fantaziya, tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlariga kiradi va faqat odamlarga xos bo’lgan faoliyatlarda yuzaga chiqadi. Mehnatning tayyor natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo’lmaydi. Fantaziya yordamida kutilayotgan natijani tasavvur qilish - inson mehnatining hayvonlar instinktiv harakatlaridan tubdan farqidir. XAYOL inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo’lib, mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o’z ifodasini topadi. Xayol mehnat natijalarini narsalarda gavdalantirishga undaydi va shuning bilan birga muammoli vaziyat aniq bo’lmagan hollarda ish-harakat programmasini tuzishni ta’minlaydi. Xayol tafakkur singari, muammoli vaziyatda, ya’ni masalani yechishning yangi usullarini qidirib topishda yuzaga keladi. ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin ehtiyojlarni qondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir bo’ladi. Muammoli vaziyatda masalani hal qilish uchun biz tushunchalarga (bilimlarga) va obrazlarga suyanamiz. Ko’pincha bu ikkala vosita ham birgalikda qo’llaniladi. Ammo ulardan qaysi birining ustunligi muammoli vaziyatning xarakteriga bog’liq. Agar muammoli vaziyat ko’p jihatdan o’zining noaniqligi bilan ajralib tursa, dastlabki ma’lumotlarni aniq analiz qilish juda qiyin bo’lsa xayol mexanizmlari ishga tushadi. Xayol o’zining faolligi va aktivligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga xayol kishini faollikka undovchi kuch, turtki sifatida ham ishlaydi. Lekin ayrim hollarda xayol faoliyatning o’rnida, ya’ni soxta faoliyat sifatida harakat qilishi mumkin. Odam og’ir ahvolga tushganda, biror masalani yecha olmaganda, o’z xatolaridan qochishga harakat qilgan kabi hollarda u foydasiz orzularga, real hayotdan uzoq fantastika olamiga kirib ketishi mumkin. Bunday hollarda kishi amalga oshirib bo’lmaydigan ish-harakat rejalarini tuzadi. Xayolning bunday turi PASSIV XAYOL deb ataladi. PASSIV XAYOL IXTIYORSIZ IXTIYORIY Foydalanilgan adabiyotlarG`oziev E. Psixologiya. T. 1994.Granovskaya R. M. Elementi prakticheskoy psixologii. SPb, 1997Karimova V. M. “Ijtimoiy psixologiya asoslari”. – T., 1994Karimova V. M. Auditoriyada bahs-munozarali darslarni tashkil etishning psixologik texnikasi. – T., 2000
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 10.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling