Tayanch iboralari. Vaqt, kvant, porsiya, kod, diskret, xatolik, Birlik impuls
Download 26.59 Kb.
|
Analog raqamli o\'zgartgichlar
Anologli signallarni diskretlashtirish Reja.
2. Raqamli tizimlarda kvantlash 3. Birlik impuls 4. Kotelnikov-Shennon teoremasi Tayanch iboralari. Vaqt, kvant, porsiya, kod, diskret, xatolik, Birlik impuls. 1. Analog siqnallarni diskretlashtirish bosqichi Analog siqnallarni diskretlashtirish uchta asosiy bosqichda amalga oshiriladi. Bular: - diskretlash; - kvantlash; - kodlashtirish. Diskretlash analog signalni (amplituda – impulsli modulyatsiyasi) AIM yordamida diskret holatda ko’rsatishdan iborat. Birinchi amalda analog signal vaqt bo’yicha diskretlanadi. Bu degani signal uzluksiz vaqt funksiyasi ko’rinishida emas, balki signal amplitudasi oniylik qiymatiga teng impulslar ketma-ketligiga almashtiriladi. Ikkinchi amalda signal amplitudasi bo’yicha kvantlanadi. Bunda signalni bir zumlik qiymatiga to’g’ri kelgan impuls amplitudasining aniq qiymati emas, balki impuls chuqqisi joylashgan interval raqami uzatiladi. Uchinchi amalda har interval raqami kodlashtiriladi. Bu bosqichlarga to’xtalib o’tamiz. Analogli signal uzluksiz chizig’idan vaqt momentlari bo’yicha ixtiyoriy va tartiblangan nuqtalar ajratamiz. Bu ikkita sonli ketma – ketliklarda ifodalanadi. Birinchi holatda va ikkinchi holatda ko’rinishdagi ketma – ketliklardan iborat bo’ladi (1-rasm). 1-rasm. a - ixtiyoriy qadamli diskret vaqt momenti bo’yicha (ti), b - oz’garmas qadamli diskret vaqt momenti bo’yicha (Tn, n=0,1,..., T=const). Modulyator spektri, analog spektr polosasini qoplab qo’ymaslik uchun Naykvis mezoni bajarilishi kerak. Bunda diskretlash chastotasi (fmax = 3400 Gs qabul qilingan). Telefoniyada fmax = 4000 Gs ishlatiladi. Agar bo’lsa, bu holda signalni to‘liq tiklash mumkin emas. Axborotlarni sifatli uzatish uchun telefoniyada standart qabul qilingan, ya’ni bunda fs – diskretlash chastotasi fs = 8 kGs. Diskretlashdan oldin analog signal chastotasi 4 kGs bo’lishi kerak, buning uchun diskretlash qurilmasidan oldin KChF qo‘yiladi. Download 26.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling