Tuesday, 2023 yil 13-June
Download 187.26 Kb.
|
1 2
Bog'liq13-MA\'RUZA yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Impulsli va raqamli ABS haqida tushuncha. (Vlasovdan)
13-Ma’ruza.Diskret avtomatik boshqarish sistemalari va uning xususiyatlari. Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Kvantlash va modulyatsiyalash turlari. Kotelnikov — Shennon teoremasi Reja: 1.Diskret ABS haqida tushuncha 2. Kvantlash va modulyatsiyalash turlari (buni Voronov 2-tomdan olinadi) 3. Kotelnikov — Shennon teoremasi (Osnovi teorii TsSU) Impulsli va raqamli ABS haqida tushuncha. (Vlasovdan) ABS ning ikkita uzluksiz bo’g’ini orasidagi signallarni uzluksiz emas, balki uzlukli shakllantirilsa bu ABS ni diskret ABS sinfiga kiritiladi. Diskret ABS larning o’zi yana ikkiga ajratiladi: nochiziqli diskret ABS va chiziqli diskret ABS. Agar ABS tarkibida raqamli hisoblash qurilmasi bo’lsa, yani maxsus boshqaruvchi EHM yoki umumiy ishlatishga mo’ljallangan EHM yoki avtomatikaning mikroprotsessorli qurilmasi mavjud bo’lsa , bu ABS diskret ABS bo’lib qoladi va signallarni kvantlash zaruriyati paydo bo’ladi. Uzluksiz signalni diskret signalga aylantirish jarayonini kvantlash (diskretlash) deyiladi. Kvantlshning asosan uchta turi mavjud: Vaqt bo’yicha kvantlash. Vaqt bo’yicha kvantlashda x(t) signalning qiymatlarini ajratish vaqtning ma’lum teng oraliqli momentlarida sodir bo’ladi: t = nT, bu yerda T – vaqt bo’yicha kvantlash davri (qadami); n = 1, (1-rasm). ABS da signal vaqt bo’yicha kvantlansa bu ABS ni impulsli ABS deyialadi. Agar impulsning u yoki bu parametri x(t) signalning kattaligiga proportsional bo’lsa, kvantlashning bu turi signalni chiziqli diskretlash sinfiga taalluqli bo’ladi. Sath bo’yicha kvantlash. Sath bo’yicha kvantlashda x(t) signalning kattaligi x(t) kvantlashning xi sathlarining biri orqali o’tganida sodir bo’ladi (2-rasm). (xi – xi-1) ayirma kvantlashning x qadami deyiladi. Kvantlashning bu turi releli elementlarda, masalan, uch pozitsiyali xalqasiz xarakteristikali elementlarda, o’rinli bo’ladi. Bunday elementlardan foydalanuvchi ABS larni nochiziqli ABS lar sinfiga kiritiladi va releli ABS lar deyiladi. Bir vaqtda ham vaqt bo’yicha kvantlanish (VBK), ham sath bo’yicha bo’yicha kvantlanish(SBK). Bunday kvantlanishda x(t) signal vaqtning teng oraliqli diskret momentlarida fiksirlanadi, ammo, ularning kattaligi eng yaqin xi sathgacha yaxlitlanadi (3-rasm). Kvantlashning bu turidan foydalanuvchi ABS larni raqamli yoki releli-impulsli ABS lar deyiladi. 1-rasm Vaqt bo’yicha kvantlash. 2-rasm. Sath bo’yicha kvantlash. 3-rasm. Bir vaqtda ham vaqt bo’yicha kvantlanish, ham sath bo’yicha bo’yicha kvantlanish. Dastlabki xulosalar: Vaqt bo’yicha kvantlash (VBK) va sath bo’yicha kvantlash (SBK) turlicha natija beradi. Xususan, sistemada faqat VBK mavjud bo’lsa bu sistema chiziqli bo’lib qolaveradi. SBK - nochiziqli operatsiya, shuning uchun SBK effekti hisobga olinadigan sistemalar nochiziqli bo’ladilar. Ta’rif: Ham vaqt bo’yicha kvantlanishli, ham sath bo’yicha bo’yicha kvantlanishli boshqarish sistemasi - diskret (raqamli) sistema (nochiziqli diskret sistema). Faqat VBK li boshqarish sistemasi - impulsli sistema. Oddiy differentsial tenglamalar bilan tavsiflanuvchi bo’g’inlardan tashqari signalni vaqt bo’yicha chiziqli kvantlovchi bo’g’inga ega sistemani chiziqli impulsli ABS deyiladi (chiziqli diskret sistema). Ta’kidlab o’tamiz: raqamli boshqarish sistemalarini o’lchov qurilmasining xatoligi bilan solishtirarli bo’lgan kvantlashning kichik qadamida SBK langanda impulsli boshqarish sistemasi deb qaralishlari mumkin. Binobarin, bunday (raqamli) sistemalarga impulsli sistemalar uchun ishlab chiqilgan dinamik rejimlarni tadqiq etish metodlarini qo’llash mumkin. Inertsiyali sistemalar uchun, agar, rostlovchi organni ko’chishini uzluksiz emas, balki impulsli (diskret) amalga oshirilsa, impulsning ta’siri natijalarini pauza vaqtlarida kuzatib, rostlash jarayoni sezilarli yengillashishi sezilgan. Impuls parametrlarining o’zgarishi rostlovchi organning ko’chishini o’rtacha tezligini o’zgarishiga olib keladi, bu esa shu organning uzatish koeffitsienti o’zgarishiga ekvivalentdir. Bundan tashqari, impulsli sistemalar boshqarishning ko’p kanalli sistemalarini (radiolokatsiya va b.) realizatsiyalashga imkon beradilar. Impulsli boshqarishni kiritishning asosiy mohiyati regulyatorning o’lchovchi qurilmasini chiqshdagi yuklamadan ozod etishdir. Bu ancha aniqroq va nozikroq o’lchovchi qurilmani qo’llashga imkon beradi, shu bilan bir vaqtda boshqaruvchi ta’sirning yetarlicha quvvatini ta’minlaydi. Download 187.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling