Tayanch kompetensiya elementlar: Kommunikativ kompetensiya
Dars turi : yangi tushunchalarni shakllantiruvchi Dars jihozi
Download 0.69 Mb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning shiori
Dars turi : yangi tushunchalarni shakllantiruvchi
Dars jihozi: “Boburnoma”, buklet, portret, noutbuk, boshqotirma, oq qog’oz Dars usuli: guruhlar bilan ishlash, aqliy hujum,sahna ko’rinishi ,klaster, test Darsning shiori:Bilim ol,bilma tinim, Odam bo’l, olib ilm. Darsning rejasi: 1.Tashkiliy qism 3daqiqa 2.Siyosiy va ma’naviy bilimlarni tekshirish 5daqiqa 3. O’tilan mavzuni mustahkamlash 10daqiqa 4. Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa 5. Mustahkamlash. 5daqiqa 6. Darsni yakunlash 2daqiqa 7.Uyga topshiriq 3daqiqa Darsning borishi I.Tashkiliy qism:O’qituvchi sinf xonasiga kirib, salomlashadi. O’qituvchi:Assalomu alaykum,o’z maqsadi sari dadil intilayotgan aziz o’quvchilar. O’quvchilar:Vaalaykum assalom, ustoz, Xush kelibsiz. O’qituvchi: Bugungi darsimiz… O’quvchilar:Adabiyot -hayot darsligi. O’qituvchi:Navbatchimiz kim ekan? Navbatchi o’quvchi:Bugun mendir navbatchi Ustoz, sizga yordamchi. Pok tutaman xonani Hamda yozuv taxtani. Bugun darsga hamma tayyor Savollaringizga xushyor. O’qituvchi:Rahmat.Aziz o’quvchilar, shunday yorug’va shinam xonalarda dars o’tib,bilim olishimizning asosiy sababi ozod va bag’ri keng Vatanda yashayotganli- gimizdir . Zero,Vatan va ota-ona insonda bitta bo’ladi. O’qituvchi: Paydo bo’libdiki, bu ko’hna dunyo Zamin-u falakda yangrar bir nido. Olam tuslanar, u tuslanmas aslo, Vatan yagonadir! Vatan yagona. 1-o’quvchi:U sening mujgoning,qarog’ing , ko’zing, Orzuying, armoning,u-aytar so’zing. Imoning, vijdoning,u- sening o’zing. Bobong-u, momong-u, u-munis ona, Vatan yagonadir! Vatan yagona. o’quvchi:Kimki kop Vatanni qilibdi da’vo, Imon-e’tiqoddan bo’libdi judo. Uning vatani yo’q! U-vatangado! Vatangadolarga Vatan begona Vatan yagonadir! Vatan yagona! O’qituvchi: O’quvchilar,biz yer yuzida tengi yo’q jannatmakon O’zbekistonda yashayapmiz.Birimiz til o’rgansak,birimiz hunar o’rganishga ahd qilganmiz.Ke- ling Vatan,ona tili so’zlarining xorijiy tillarda qanday atalishini esga olamiz. (O’quvchilar ingliz va rus tillarida Vatan ,ona tiliso’zlariningatalishini aytib o’tadilar) O’quvchilarning kayfiyatlari ,o’z oldilariga qo’ygan maqsadlari aniqlangach,bugungi siyosiy voqealar so’raladi.O’qituvchi 666, 74, 8 raqamlari yozilgan oq qog’ozlarni yozuv taxtasiga iladi.O’quvchilar bu raqamlar bilan bog’liq ma’lumotlarni aytib o’tadilar. Ta’lim sohasiga oid muhum voqealar aytiladi.
O’tilgan mavzu Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti bo’lganligi uchun dastlab o’quvchilarga “Bobur” videofilmidan lavha namoyish qilnadi.(Bobur va Mohimning suhbati) Lavhadan so’ng o’quvchilarni uch guruhga bo’lib,o’tilgan mavzu mustahkamlanadi.Bobur ijodiga xos tushunchalar asosida guruhlar nomlanadi. “Mehr” “Diydor” “Soginch” Dastlab guruhlar o’rtasida tezkor savol-javob o’tkaziladi. “Mehr” guruhiga Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlarini ayting. (adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid) Asli Andijonlik bo’lib,Hind o’lkasida hukmronlik qilgan shoh kim? (Bobur) Nosuriddin To’qbug’a iltimosiga ko’ra yaratilgan asar... (“Qissasi Rabg’uziy”) G’azal janri haqida uchta ma’lumot ayting. (G’azalning birinchi bayti matla’, oxirgi bayti maqta’ deyiladi.G’azal arabcha so’z bo’lib,oshiqona so’z degan ma’noni bildiradi) Umarshayx Mirzoning nechta o’g’il va nechta qiz farzandi bo’lgan? (3o’g’li va 5 qizi bo’lgan) Boburning hozirgacha topilmagan asarlari qaysi? (“Harb ishi”, “Musiqa ilmi”,”Kobul devoni”) Bobur tarjima bilan shug’ullanib ,kimning qaysi asarini tarjima qilgan? (Xo’ja Ahrorning “Volidiya “asarini) “Diydor” guruhiga Badiiy asarlar qanday maqsadda yaratilishiga va nimani ifoda etishiga ko’ra necha turga ajratiladi? (lirik,epik, dramatik) Darsligimizda berilgan “Alpomish”dostoni qaysi Baxshi tomonidan mukammal kuylangan? (Fozil Yo’ldosh o’g’li tomonidan) 3.”Boburnoma”da yozilish tarixi berilgan g’azal qaysi? (Topmadim radifli g’azal) 4.”Muxtasar viloyattur,oshliq va mevasi faro- von. Girdo-girdi tog’ voqe bo’libtur.” Ushbu par- cha qaysi shahar tasviridan olingan? (Andijon tasviri) 5.Borurdan bizgacha qancha she’r yetib kelgan? (400 dan ortiq) 6.Farhodga hunar o’rgatgan ustozlarini ayting. ( Moniy, Boniy, Qoran) 7.Sendek menga bir yori vafodor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas. Gazalning radifini toping. (Topilmas) “Sog’inch” guruhiga Gulgun laqabli ot mingan qahramon… (Shirin) Favqulodda xususiyatlarga ega qahramonlar- ning boshidan o’tgan qaltis voqealar she’r va nasriy yo’lda aralash tasvirlangan yirik hajmli , muallifi noma’lum epik asar nima? (Doston) 3.”Elining orasida husn xayli bordur. Yusuf Xoja- kim musiqiyda mashhurdur, Andijoniydur.” Qaysi shahar ta’rifidan olingan? (Andijon) 4.Qahramonlarning o’y- mulohazalari, nisbatan tinch ruhiy holati tasviri, o’zaro so’zlashuvi necha bo’g’inli she’r bilan berilgan? hijoli)
5.Mo’g’ul va turk ulusi Samarqandni qanday ata- gan? (Semizkand) 6.Bobur Samarqandning tabiatini tasvirlar ekan, Uning obodligiga hissa qo’shgan qaysi shaxslarning yaratuvchanlik qirralariga urg’u beradi? (Amir Temur va Ulug’bek) 7.Bobur ruboiylaridan birini ayting. Guruhlar ikkinchi shartda Bobur hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar asosida boshqotirmani yechadilar. Uchinchi shartda guruhlar ortasida ifodali o’qish musobaqasini o’tkaziladi. Guruhlar rag’batlantirilib,o’qituvchi o’tgan mavzuni yakunlaydi va yangi mavzu bilan tanishtiradi. Yangi mavzu bayoni. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling